Mariya montessori metodikasida maktabgacha yoshdagi
www.scientificprogress.uz
Download 415.08 Kb. Pdf ko'rish
|
mariya-montessori-metodikasida-maktabgacha-yoshdagi-bolalar-aqliy-tarbiyasining-o-ziga-xos-xususiyatlari
www.scientificprogress.uz
Page 177 mahorati shundaki, bolalarga yetkazishni zarur deb bilgan mashg`ulotlarni bolalarning diqqat bilan tinglashlaridir». Aytilgan bu so’zlar ayni haqiqat. Xo’sh, bular boshlang’ich maktabga tegishlimi yoki bolalar bog’chasiga aloqador? Bolani shaxsiy intellekt maktabiga joylash bilan biz uning turini muqarrar o’zgartiramiz; «bolalik psixologiyasi» nomida izohlanuvchi bola haqidagi barcha tasavvurlar, agar bolalarni Montessori sharoitida uzoq vaqt kuzatadigan bo’lsak, sezilarli darajada ba’zi bir munosabatlarda tamomila o’zini oqlamaydi. Uch yoshga yaqin yosh bola birinchi bor bolalar bog’chasiga kelganda unga xuddi hamma narsani yozish mumkin bo’lgan «oppoq qog’oz» degan tasavvur bilan emas, aksincha, tashqi olam ta’sirida to’plangan tartibsiz taassurotlarga ega, deb yondoshishimiz zarur. «Uch yoshli bola kechinmalarida turli chalkashliklardan iborat og’ir bo’shliq mavjud bo’ladi», deydi Montessori. Aksariyat hollarda oxiri uyqu bilan tugaydigan sababsiz injiqliklar va yig’i, uning ustiga yopiriladigan tashqi olamdan olingan hisobsiz taassurotlar hisobiga yuzaga keladi. Hyech kim xayoliga ham keltirmaydiki, sayr bola uchun mehnat hisoblanadi. Ayniqsa, hali uning sezgilari layoqatli bo’lmagani holda ko’rish va eshitish orqali xatolarini to’xtovsiz to’g’rilab boradi. Narsalarni kuzatib ko’zi bilan aniq baholay olmasligi uni o’ta toliqtiradi. o’z yoshligini eslay oladiganlarning hammasi buni tasdiqlashi, yosh bolalarni kuzatuvchi har bir e’tiborli odam buni har qadamda ko’rishi mumkin. Biz bolaga bu og’ir holatdan chiqib olishga yordam berishimiz kerak, unga dunyoni chalkashlik sifatida emas, balki tabiatan nihoyatda intiluvchanligini hisobga olgan holda, tabiatning qat’iy tartibda ekanini anglashga imkon berishimiz lozim. Bunga yaqinlashish uchun esa bola atrofdan tabiat qoidalari asosida boshlanuvchi uning ichki uyushqoqligi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqador bo’lgan nimadir topishi kerak. Aytaylik, xuddi hasharotdek to’g’ridan-to’g’ri o’z shakl va mohiyatidan kelib chiqib, ranglarning shakli va sifatini topish kerak bo’ladi. Boshqacha aytganda, biz bola uchun aniq belgilangan sharoit yaratib berishimiz va unga intellektual mustaqil mashqlar uchun zarur tashqi vositalarni berishimiz kerak. Bu vositalar tasodifiy yoki o’qituvchi xohishi bilan tanlangan bo’lmasligi kerak. Balki bola uchun aqliy rivojlanishda mustaqil mashqlar obyekti bo’lib xizmat qiluvchi, Montessorining sezgi a’zolarini tarbiyalashga qaratilgan didaktik materallari bo’lishi, tajriba orttirilishi natijasida sekin-asta taqdim etishi kerak. Dastlab intellektning rivojlanishi uchun faktlarning to’planishi va ularning farqlanishi zarur bo’ladi. Bolaga bu asosda o’z intellektini oshirishga ko’maklashish faqatgina mashqlarda «o’zini-o’zi boshqarish» bilan amalga oshiriladi.^«Boshqa bir odam bizning o’rnimizga mashq qilib, bizga mahorat orttirish imkonini berishi aqlga sig’maydigan holatdir», deydi Montessori. Sensor materiallardagi sezgiga doir mashg’ulotlar bolalarga ajratish va tavsiflash (klassifikasiyalash) imkonini beradi. Hozirgi kunda ba’zi narsa-buyumlarni ularning sifatidan bo’lak boshqa belgilariga SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 415.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling