Marjinalizm iqtisodiy yo‗nalishning namoyandalari Fridrix Vizer (1851-1926, Avstriya maktabi), Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914, Avstriya maktabi), Alfred Marshall va boshqalar bo‗lgan. XIX asrning 70-yillaridan boshlab klassik (mumtoz) qiymatning mehnat nazariyasida chinakam inqilobiy o‗zgarishlar yuz bergan edi. Avstriya maktabining namoyandalari, ya‘ni dastlabki marjinalistlar iqtisodiyotni sub‘ektiv-psixologik nuqtai-nazardan baholanib (ob‘ektiv iqtisodiy qonunularni inkor etib), asosiy e‘tiborni iste‘mol(talab)ning tutgan o‗rniga bag‗ishlab, ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo‗ydilar. Keyingi marjinalistlar ishlab chiqarish va iste‘mol jarayonlarni yaxlit o‗rganib, me‘yoriy iqtisodiy o‗lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tatbiq etdilar. - E’tiboringiz uchun rahmat!!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |