Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


TITRAYDI VA IZIDAN TUSHADI


Download 312.66 Kb.
bet31/40
Sana09.01.2022
Hajmi312.66 Kb.
#261311
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Bog'liq
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI

YIGIRMA YETTINCH'l BOB

TITRAYDI VA IZIDAN TUSHADI
Tomning kunduz kuni kechirgan butun sargu-zashtlari uni kechasi bilan qiynab chiqdi. Uyqusida halovat bo'lmadi. U tushida xazinani to'rt marta qo'liga kirgizdi, lekin to'rttovida ham uyg'onib ketib qo'lidan chiqarib yubordi.

Ilk tong paytida Tom o'rnida yotarkan, sargu-zashtning butun tafsilotini esiga tushira boshladi. Bular hammasi unga allaqanday tumanli va uzoq narsalar, butunlay boshqa bir dunyoda bo'lgan ish kabi, yoki allaqachonlar bo'lib o'tgan eski voqea bo'lib, endi esiga tushgandek, yo bo'lmasa bu voqealarning hammasi tushida bo'lgandek tuyuldi. Shunday taxminlashiga bir narsa dalolat berar edi; u yerda oltin zapaslari shu qadar ko'p ediki, bunday ko'p miqdordagisi hech ko'rilmagan edi. Hatto birdaniga •ellik dollarlik oltinni Tom hech mahal ko'rmagan va kambag'al oilalarda yashovchi bolalarning hammasi singari, ' dollarlar degan so'z faqat lop gap, haqiqatda esa bunday katta pullar olamda yo'q, deb o'ylardi. Yaxlit aqcha hisobida yuz dollardan iborat bo'lgan katta summani haqiqatan ham birovning egallaganini bir minut bo'lsa-da tasawur eta olmadi. Basharti uning xazinalar haqidagi tasavvurlarini tekshirilganda, bu xazinalar go'yo bir hovuch chaqalardan va qo'lga kiritib bo'lmaydigan, go'zal, mavhum allaqanday narsalar yig'indisidan iborat bo'lgandek ko'rinadi.

Biroq u qancha ko'p o'ylasa, o'sha narsalar shuncha ochiqroq va keskinroq bo'lib, butun tafsilotlari bilan ko'z oldida jonlanar, nihoyat u yana qaytib, bu tushim emas, o'ngimda bo'lgan ishlardir, degan fikrga ketar edi. Harholda bu masalani aniqlash zarur. U nonushtani apil-tapil yeb bitirdi-da, Gekni qidirib chiqib ketdi.

Gek bir yuk tashiydigan kemaning chetida, oyoqlarini suvga solib, o'ynatib o'tirar va basharasidan juda ma'yus ko'rinar edi. Tom o'ylaganini undan ochiqdan-ochiq so'ramasdan, o'zini bundan xabarsizdek ko'rsatib, uni gapga solmoqchi bo'ldi. Agarda Gek buning ishoralaridan anglab ololmasa, demak bularning hammasi Tomning ko'rgan tushlari ekani aniq bo'ladi.



  • Omonmisan, Gek!

  • Shukr!

Bir minutcha jimlik hukm surdi.

- Oh, Tom! Shu belkuragi qurg'urni o'sha qurigan daraxt ostiga bekitib kelgan bo'lsak, shu pullarning hammasi bizniki bo'lar ekan. Qanday yomon ish bu-a?

- Demak, bu tush emas ekan-da? Xudo ursin agar, men tush bo'lmaganiga achinaman.


  • Tush deganing nimasi?

  • Kechagi ishimiz haqida so'zlayapman. Hozir u menga go'yo tushimda ko'ringandek bo'lib qoldi.

  • Tushimda emish-a! Agar uning oyoqlari ostida narvon sinib ketmaganida, tushingni ko'zingga ko'rsatib qo'yar ediku-ya! Mening tushimga bo'lsa, anavi qurib ketkur ispaniyalik kirib, tun bo'yi meni quvlab yurdi,

- Nega uni qurib ketkur deysan? Biz uni va pullarni topib olishimiz mumkin-ku!

- Biz uni endi hech vaqt topolmaymiz. Bunday qulay payt bir marta keladi, ikkinchi marta kelmaydi: to'g'ri kelganda uni eplay olmadikmi, hamma ishimiz puchga

chiqdi. Bilasanmi, men u bilan duch kelib qolaxnanmi, deb kayfun uchib ketadi.


  • Men ham shunday, Gek. Lekin shunday bo'lsa nam men uni bir ko'rib va orqasidan poylab borib, o'sha paytdayoq ikkinchi g'orning qayerda ekanini bilib ohnoqchi edim.

  • Ikkinchi g'or deysanmi? Ha, ha, o'zhn ham shuni o'ylagan edim. Seningcha bu ninia ekan?

  • Bilmadim. Harholda bu noma'lum bir narsa. Menga qara, Gek, balki bu uy nomeridir?

  • Senga bir gap bo'ldimi, Tom? Albatta unday emas. Bizning shaharchamizda uning bo'lishi ham mumkin emas. Bizning uylarimizning hammasi nomersiz-ku!

  • To'g'ri. To'xtab tur, men o'ylab ko'raychi. Bila­sanmi? Balki bu qovoqxonaning ichidagi bo'lma nomeridir.

  • Ana bu gaping joyida! Bizda faqat ikkitagina qovoqxona bor, buni tekshirib ko'rish ham uncha qiyin emas.

- Gek, men qaytib kelguncha shu yerda turatur.
Shu so'zlar bilan Tom ko'zdan yo'qoldi. U xalqning ko'z oldida Gek bilan birga yurishni istamas edi. U yarim soatdan keyin qaytib keldi.

Qovoqxonalardan yaxshirog'ida bo'lmish va u dastlab kirgan ikkinchi nomerni allaqachon bir yosh advokat egallab olgan edi. Undan ko'ra yomonroq qovoqxonadagi ikkinchi nomerni qandaydir bir no­ma'lum kishi band qilgan. O'sha yerdagi qovoqxonachi o'g'lining so'ziga qaraganda, bu nomer doim qulfli bo'lib, unda kechasidan boshqa vaqtda biror kishining kirgan yo chiqqanini ko'rmas ekan. Bola bu ajoyib holning sabablarini bilmasdan, ikkinchi nomerda jinlar» bor deb o'ylab yurar ekan. Shu bilan birga u kecha kechasi shu yerda chirog' yonganini ham aytib berdi.

- Gek, men mana shunday xabar bilib keldim.
Menimcha, ularning so'zlaganlari ikkinchi nomer albatta shu bo'lsa kerak.


  • Men ham shunday deb o'ylovdim, Tom. Xo'sh, endi nima qilamiz?

  • To'xtab tur, biroz o'ylab ko'rayin.

Tom anchagacha o'ylanib turdi-da, keyin:

  • Mana bunday qilish kerak. Shu ikkinchi nomerning orqa eshigi oshxona bilan yarim xaroba g'isht saroyning o'rtasidagi torko'chaga chiqadi. Sen mumkin qadar ko'proq har xil kalit yig'ib ol, men ham xolamning hamma kalitlarini olaman-da, birinchi marta to'g'ri kelgan qorong'i kechada uni ochishga urinib ko'ramiz. Agar hindi Jo shaharda paydo bo'lib qolsa, uni kuzatishni esingdan chiqarma- Esingda bormi, u o'ch olish maqsadida, paytning qulayligini bilish uchun shaharga kirib chiqaman degan edi-ku? Uni ko'rishing bilan darhol orqasidan poylab bor, agar shunda u ikkinchi nomerga kirmasa, bizning topolmaganimiz bo'ladi.

  • Voy, sening gapingni qara! Yolg'iz o'zim uning orqasidan qanday qilib boraman? Qo'rqaman.

  • Nimasidan qo'rqasan, kechasi bo'lsa. U balki seni ko'rmay ham qolar. Ko'rib qolganda ham, poylab yurganingni sezmaydi.

  • Ha, durust, agar qorong'i kechada boradigan bo'lsam, mayli, roziman, borib ko'raman...

  • Agar kecha qorong'i bo'lsa, uning orqasidan men ham boraman, Gek. Bo'lmasa, u o'ziga kerak bo'lgan narsani bilib olib, pulini ko'tarib jo'nab qolar.

  • To'g'ri, Tom, to'g'ri! Men uning orqasidan boraman. Azbaroyi xudo, boraman!

  • Ana shunday degin-da! Mana bu ishing yaxshi. Faqat, ehtiyol bo'l! Sen ishni buzib qo'ymasang bo'lgani, men ishni xom qihnayman.



YIGIRMA SAKKIZINCHI BOB


Download 312.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling