Markaziy bankning mustaqilligi


Download 53.86 Kb.
bet2/4
Sana01.04.2023
Hajmi53.86 Kb.
#1315700
1   2   3   4
Bog'liq
Марказий банкнинг мустақиллиги

GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8 ta mezon bo‘yicha baholanadi:

  1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi.

  2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi.

  3. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a’zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi.

  4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq boshqaradi.

  5. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakillarining majburiy ishtirokiga zaruriyat yo‘q.

  6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlami Hukumat tomonidan ma’qullanish zaruriyatining yo‘qligi.

  7. Markaziy bankda qonun bo^icha ustuvor maqsadlardan bin sifatida mamlakatda baholar barqarorligini ta’minlash majburiyati bolishi kerak.

  8. Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qolganda, uning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonunchilik me’yorlarining mavjudligi.

GMT indeksi bo'yicha Markaziy banknirtg iqtisodiy mustaqilligi 7ta mezon bo‘yicha baholanadi:

  1. Hukumatga avtomatik tarzda kreditlar berish jarayonining mavjud emasligi.

  2. Markaziy bank kreditlari Hukumatga bozor stavkalarida beriladi.

  3. Markaziy bank kreditlari Hukumatga malum muddatga beriladi.

  4. Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdorda beriladi.

  5. Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarining

birlamchi ishtirokchisi hisoblanmaydi.

  1. Markaziy bank davlat qimmatli qogbzlarining

birlamchi ishtirokchisi hisoblanmaydi.

  1. Markaziy bank o‘zining foiz stavkalari mustaqil, Hukumat bilan kelishmasdan, o‘matadi.

  2. Markaziy bank bank sektorini nazorat qilish yuzasidan javobgardir. (Bu holatda GMT indeksi asosida MB ga 2 ball o‘zlashtiriladi yoki boshqa davlat organi bilan birgalikda amalga oshirilsa 1 ball qo'yiladi).

Har bir mezon 2 ta olchamga ega, ya’ni 0 va 1 ball bilan baholanadi.
0 - mustaqillik darajasi past;
1 - mustaqillik darajasi yuqori.
Siyosiy va iqtisodiy mustaqillik indekslari bo^yicha to‘plangan ballar qo‘shilib, umumiy mustaqillik indeksi aniqlanadi.
Umumiy mustaqillik indeksining eng yuqori darajasi 15 ballga teng.
Shundan:
siyosiy mustaqillik - 8 ball
iqtisodiy mustaqillik - 7 ball.
Eyffinger-Shaling indeksi 3 ta faktor asosida
hisoblanadi:

  1. MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi

mustaqilligi;

  1. MB boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi;

  2. Hukumat tomonidan tayinlanadigan MB boshqaruv organlari a’zolarining ulushi;

  3. Bu indeks qanchalik shartlami bajarilishiga ко Ya 1 dan 5 gacha baholanadi.

Bundan tashqari, MB siyosiy mustaqilligi MB boshqaruvini tayinlash jarayonining qonun bilan boshqarilishida ham ko‘zga tashlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda MBning boshqaruvini tanlash va ulaming vakolat muddatlarini qisqartirishga hukumatning aralashishi, bank boshqaruvida hukumat vakillari ishtirok etishi harnda hukumat bilan munozaralarda MBning qonuniy himoyasining chegaralanganligi kabilar ulaming mustaqil qaror qabul imkoniyatini bermaydi.
Hozirgi davrda dunyo boyicha siyosiy mustaqillik darajasi eng yuqori bolgan Markaziy bank - bu Yevropa Markaziy bankidir (EMB). Xususan:
J EMB Yevropa Ittifoqi boshqaruv organlariga va yevrohudud hukumatlariga umuman boysunmaydi;
J EMB baholar barqarorligiga javob beradi;
J EMBning vakolatlarini qonunchilik asosida o‘zgartirilishi mumkin emas.
EMBning vakolatlari faqatgina Maastrixt shartnomasini qayta ко‘rib chiqish natijasida o‘zgartirilishi mumkin. Bu esa, juda murakkab jarayon bo lib, barcha ishtirokchilaming roziligini olishni talab etadi.
AQSh FZTning ham siyosiy mustaqillik darajasi yuqoridir.
FZT Boshqaruvchilar kengashi a’zolari 14 yilga tayinlanadi. AQSh Prezidenti faqat 2 muddatga (8 yil) saylana oladi. FZT Prezidenti nomzodini AQSh Prezidenti
Senatga taqdim etadi, shuningdek FZT pul-kredit siyosatini amalga oshirishda mustaqildir.
Ammo FZTning siyosiy mustaqillik darajasi EMBnikidan past, chunki FZTga Kongress ta’sir ko‘rsata oladi.
Kanada va Angliya Markaziy banklarining siyosiy mustaqillik darajasi bundan ham pastdir.
Kanada Markaziy bankining Direktori Hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Pul-kredit siyosati instrumentlarini mustaqil tanlay olmaydi.
Kanada Markaziy banki va Hukumati o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelsa, Moliya vazirligi direktiva chiqarish huquqiga ega va Markaziy bank uni bajarishga majbur.
Ammo hozirga qadar Moliya vazirligi bironta ham direktiva chiqarmagan. Chunki, direktiva yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak.
O‘zbekiston Markaziy bankining siyosiy mustaqilligi:

  1. Markaziy bank Raisi hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi (1 ball).

  2. Markaziy bank Raisi 5 yilga tayinlanadi (0 ball).

  3. Boshqaruv a’zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi (1 ball).

  4. Boshqaruv a’zolarining vakolat muddati belgilanmagan (0 ball).

  5. Boshqaruvda hukumat vakillari ishtirok etmaydi (1 ball).

  6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlami Hukumat tomonidan mahqullanishi qonun hujjatlarida belgilanmagan (1 ball).

  7. Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunda baholar barqarorligini ta’minlash majburiyati Markaziy bankka majburiyat sifatida yuklanmagan (0 ball).

  8. Markaziy bank va Hukumat o'rtasida qarama- qarshilik yuzaga kelganda, Markaziy bankning pozitsiyasini kusaytirish imkonini beradigan qonunchilik me’yorlari mavjud emas (0 ball).

Jami: 4 ball.
O‘zbekiston Markaziy bankining iqtisodiy mustaqilligi:

  1. Hukumatning avtomatik tarzda kreditlash jarayoni mavjud emas (1 ball).

  2. Hukumatga bozor stavkalarida kredit berish Markaziy bank to‘gTisidagi qonunda ko‘zda tutilmagan (0 ball).

  3. Hukumatga beriladigan kreditlar malum muddatga, kredit shartnomasi asosidaberiladi (1 ball).

  4. Markaziy bank tomonidan hukumatga beriladigan kreditlar bo^dcha cheklovlar Markaziy bank to'gTisidagi qonunda ko‘zda tutilmagan (0).

  5. Markaziy bank Hukumat qimmatli qog‘ozlari birlamchi bozorining ishtirokchisi emas (Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunning 25-moddasi) (1 ball).

  6. Markaziy bank о ‘zining foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi (Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunning 27- moddasi) (1 ball).

  7. Markaziy bank tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi (0 ball).

Jami: 4 ball.
GMT indeksi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik darajasi 8 ballni tashkil qilgan bo lib, bu koTsatkich oTta darajadagi mustaqillik darajasini anglatadi.
Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi malakatda monetar siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim о Tin tutadi.
Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyotida turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan soliggilari sifatida “The New Index for Central Bank Independence” reytingli baholash koTsatkichini keltirish mumkin. Ushbu koTsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda asosiy mezon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik (MM) ko'rsatkichlariga jaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi.
A. Monetar siyosat mustaqilligi (MSM)
Al, Markaziy bankning konservativlik darajasi yoki samarali maqsad va vazifalami o'rnatishdagi mustaqilligi:

  1. Monetar siyosatning maqsadi faqatgina baholar barqarorligi yoki baholar barqarorligi asosiy hisoblanib, u uzoq muddatga moljallangan monetar siyosatning vazifasi bo Isa (3 ball.)

  2. Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va boshqa aspektlar, masalan, moliyaviy barqarorlik, valyuta kursi barqarorligi harnda bank sektori barqarorligini ifodalasa (2 ball).

  3. Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va iqtisodiy o‘sish harnda ish bilan bandlik barqarorligini ifodalasa (1 ball).

  4. Monetar siyosatning maqsadi to‘g<ridan-to<g<ri iqtisodiy o‘sish va ish bilan bandlik barqarorligini qisman ta’minlasa yoki baholar barqarorligini ta’minlashga imkoni yo‘q bolsa (0 ball).

A2. Vazifalar va ko'rsatgichlarni belgilash mustaqilligi:

  1. Markaziy bank bir qancha ko'rsatkichlar yoki vazifalami, masalan, valyuta kursi, pul agregatlari, foiz stavkasi yoki inflyatsiyani o‘zi o‘matishi (3 ball).

  2. Markaziy bank va Hukumat birgalikda ko‘rsatkichlar va vazifalami, masalan, siyosiy bitim va kelishuvlar orqali belgilasa (1,5 ball).

  3. Hukumatning o‘zi maqsadga erishish vazifalarini belgilasa (0 ball).

A3. Markaziy bank qo‘llaydigan instrumentlar mustaqilligi darajasi:

  1. Markaziy bank o‘z maqsadlariga erishishida monetar siyosatning instrumentlarini o‘zi belgilasa (3 ball).

  2. Markaziy bank va Hukumat birgalikda monetar siyosatning instrumentlarini o‘zi belgilasa (1 ball).

  3. Hukumatning o‘zi instrumentlarini o‘zi belgilashda qaror qabul qilsa (0 ball).


Download 53.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling