Markaziy bankning mustaqillik tushunchasi va aniqlash mezonlari


Download 63.76 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi63.76 Kb.
#1326126
Bog'liq
MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIK TUSHUNCHASI VA ANIQLASH MEZONLARI

MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIK TUSHUNCHASI VA ANIQLASH MEZONLARI

TAYYORLADI 8BH-20 GURUH TALABASI ESANOV FAZLIDDIN


REJA:
Markaziy bank mustaqilligi tushunchasi.
Rivojlangan davlatlar markaziy banklari.
3. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi me’zonlar.
1
2
3
Iqtisodiy adabiyotda Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Massachusets texnologiya universiteti professori Stenli Fisherning fikriga ko'ra, Markaziy bank mustaqilligining 2 turi mavjud:
instrumentlarni tanlashdagi mustaqillik

1991-yilda V. Grilli fanga Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi tushunchasini kiritdi. Uning fikriga ko'ra, Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi – bu Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonini hukumatdan mustaqilligidir. Ammo hozirgi davrda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi nafaqat Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonidagi mustaqillikni, balki pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqillikni ham o'z ichiga oladi. Ko'pchilik iqtisodchi olimlar – (Maskiandaro, Tabellini, Sukerman, Eyffinger, Shennaev va boshq.) tomonidan Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligini mavjudligi e'tirof etilgan. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi – bu Markaziy bankning o'z ixtiyoridagi mablag'lar va instrumentlardan foydalanishda hukumatdan va davlat boshqaruv organlaridan mustaqilligidir.

Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar:

  • Sukerman indeksi;

  • GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar tomonidan asos solingan) indeksi;
  • Eyffinger–Shaling indeksi;


Sukerman indeksi mustaqillikni tavsiflovchi 4 ta guruhga bo'lingan 16 ta ko'rsatkichlarni o'zida mujassamlashtiradi. Kadrlar siyosatini mustaqilligi pul-kredit siyosatini ishlab chiqish Uning maqsadlari va davlat byudjetini moliyalashtirishni chegaralash. Har bir 16 ta ko'rsatkich 0 dan 1 gacha belgilanishi mumkin. GMT indeksi 2 qismdan iborat bo'lib, MBning siyosiy va iqtisodiy mustaqilliligini belgilaydi. Har bir qism o'zida indekslarni aks ettirib faqat 2 ta ko'rsatkich bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda GMT indeksi MBning mustaqililigini baholash uchun ko'plab ishlatilayotgan indeksdir, chunki uni hisoblash uchun etarli ma'lumotlarni olish mumkin bo'ladi

GMT indeksi doirasida MB siyosiy mustaqilligini baholashning asosiy me’zonlari quyidagilar:

  • MB raisini tayinlashda hukumat aralashuvi;
  • MB raisi 5 yildan ortiqroq muddatga tayinlanishi;
  • MB direktorlar kengashi hukumat aralashuvisiz tayinlanishi;
  • MB direktorlar kengashi 5 yildan ortiqroq muddatda boshqarishi;
  • MBning direktorlar kengashida xukumat vakillarini ishtirokiga zaruratning yo'qligi;
  • Pul-kredit siyosatiga oil qarorlarni hukumat tomonidan tasdiqlanishi lozim emasligi;
  • MB qonunchilikka asosan asosiy maqsadlardan biri sifatida narxlar darajasini barqarorlashtirishga harakat qilishi shart;
  • MB bilan hukumat o'rtasida muamolarni hal qiluvchi qonunchilik normalarini mavjudligi.

Eyffinger–Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisoblanadi:
  • MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi mustaqilligi;
  • Hukumat tomonidan tayinlanadigan MB boshqaruv organlari a'zolarining ulushi;


GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8 ta me’zon bo'yicha baholanadi: 1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi. 2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi. 3. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a'zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi. 4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq boshqaradi. 5. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakillarining majburiy ishtirokiga zaruriyat yo'q. 6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlarni Hukumat tomonidan ma'qullanish zaruriyatining yo'qligi. 7. Markaziy bankda qonun bo'yicha ustuvor maqsadlardan biri sifatida mamlakatda baholar barqarorligini ta'minlash majburiyati bo'lishi kerak. 8. Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qolganda, uning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonunchilik me'yorlarining mavjudligi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 63.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling