Markaziy Nerv Sitemasini faoliyatini susaytiruvchi moddalari farmokologiyasi
Download 9.46 Kb.
|
Markaziy Nerv Sistemasini susaytiruvchi moddalar 4
Markaziy Nerv Sitemasini faoliyatini susaytiruvchi moddalari farmokologiyasi Reja 1. Markaziy nerv tizimini ta’sir etuvchi moddalarga qisqacha tarif 2.Narkoz chaqiruvchi moddalar. 3.Neyroleptik moddalar. Markaziy nerv tizimiga ta’sir etadigan vositalar Ma’lumki, nerv tizimi odam va hayvon organizmida asosiy tizimlardan biri hisoblanadi. Zero u butun organ va tizimlar faoliyatini boshqaradi va nazorat qilib turadi.Nerv tizimi uchta qismdan iborat; 1.Markaziy nerv tizimi 2.Vegetativ nerv tizimi- efferent 3.Sezuvchan nervlar-afferent Barcha dori moddalari kelib chiqishi, ximiyaviy va fizikaviy xossalari, qo‘llash usuliga qaramasdan ozmi-ko‘pmi markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu moddalar markaziy nerv sistemasiga ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki egri yo‘llar bilan amalga oshadi. Markaziy nerv tizimiga ta’sir etuvchi moddalar ta’sir mexanizmiga qarab 2 guruhga bo‘linadi. I.Susaytiruvchilar 1.Narkoz chaqiruvchilar 2.Spirtlar 3.Uxlatuvchi vositalar 4. Neyroleptiklar 5.Qaltiroqqa qarshi modda 6. Tinchlantiruvchilar 7.Umumiy og‘riqsizlantiruvchilar 8. Isitma tushuruvchilar Narkoz uchun ishlatiladigan vositalar. Bu guruxni umumiy og‘riq qoldiruvchilar – umumiy anestetiklar deb ataladi. Chunki ularni qaysi yo‘l bilan organizmga yuborilsa, narkoz holati qo‘zatiladi. Narkoz so‘zi grekcha narke, narkosis– bexushlik, karaxtlik so‘zlaridan olingan.Narkoz-bu es-xush vaqtinchalik yo‘qolib, og‘riq va boshqa sezgilar bilinmasligi, skelet mushaklari bo‘shashishi va erkin harakatni yo‘qolishi bilan ifodalanadi. Bu moddalar kichik dozalarda uyqu chaqiruvchi, katta dozalarda narkoz chaqiruvchi ta’sir etadi.Qadim zamonlardan biri narkotik holatni yuzaga keltirish uchun har xil moddalar qo‘llanib kelingan. Narkoz turlari. 1.Oddiy narkoz- bunda bitta narkotik modda qo‘llaniladi. 2.Aralash narkoz- bir necha narkotik moddalar aralashtirilib qo‘llaniladi. 3.Kombinatsiyalashgan narkoz- narkotiklar organizmga har xil yo‘llar bilan yuboriladi. 4.Potensirlangan narkoz- bunda narkotik modda ta’siri cho‘zilib, ziyonli ta’siri kamaytiriladi. Noingalyasion narkotiklar Amaliyotda hayvonlarga ko‘pincha noingalyasion narkotiklar qo‘llaniladi. bu moddalar og‘iz orqali, in’eksiya yo‘li bilan rektal yo‘l bilan yuboriladi.Bu yo‘llar bilan yuborish shu bilan qulayki, bunda uzoq muddat narkoz berish uchun kutilgan natija beradi. Hayvonni tez vaqt ichida narkozlash mumkin. Hayvonni uzoq vaqt fiksatsiya qilib turilmaydi. Preparatlari ko‘p.1.Xlorgidrat-Chloratum hydratum. Rangsiz, yaltiroq kristaldir, o‘tkir xidli, achchiq ta’mli (B gruppasida) suvda yaxshi eriydi.Ta’siri. Maxalliy ta’sirga ega. Teriga 5-20% li eritmasi uzoq ta’sirlantirilsa yallig‘lanishga olib keladi. 3-5% li eritmalari ichirilsa, qusish va ich ketish chaqiradi. Teri ostiga yuborilganda to‘qimalarda nekroz va yallig‘lanish chaqiradi. Qonga so‘rilgach, markaziy nerv sistemasida to‘planadi va avval bosh miya, keyin orqa miya, agar doza oshirilsa uzunchoq miyani falajlaydi.Venaga yuborilganda qo‘zg‘alish bosqichisiz susayish, uyqu va narkoz chaqiradi. Narkoz bir necha minutdan keyin boshlanib, 1 soat davom etadi. Narkozdan keyingi uyqu-6 soat.Qo‘llash. Narkoz chaqiruvchi modda sifatida otlar, cho‘chqalar,itlar, quyonlarga qo‘llaniladi. qoramollarga qo‘llash xavfli.Hayvonlarga vena tomiriga 5-10% li eritma shaklida to‘g‘ri ichakka ham 7-10% eritma shaklida shilliq moddalarga aralashtirib yuboriladi.Tinchlantiruvchi, qaltiroqqa qarshi, uyqu chaqiruvchi dori sifatida kuchli qo‘zg‘alishlarda, bachodon va to‘g‘ri ichak chiqqanda, sanchiqlarda, siydik pufagi va ichak sfinktirlari spazmida, kaprostazlarda .2.Geksanal-Hexenalum. Oq poroshok, suvda yaxshi eriydi.Ta’siri.tinchlantiruvchi va uyqu chaqiruvchi, katta dozalarda narkoz chaqiradi.Qo‘llash. Narkotik sifatida chuchqalar, qo‘y-echki va bazan itlarga vena yoki qorin bo‘shlig‘iga 2-5% li eritma holida qo‘llaniladi.3.Tiopental-natriy-Thiopentalum-natrium-oq sariq rangli poroshok,suvda eriydi.Tiopental –tez ta’sir etuvchi narkotik. U go‘shtxur hayvonlar uchun yaxshi narkotik, venaga, muskulga va teri ostiga. Asosiy adabiyotlar: 1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г. 2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y, Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Farmonov N.O, Salimov Yu.. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma” Samarqand 2007 y. 2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y. 3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y. 4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г 5. “Zooveterinariya” jurnali, Toshkent Foydalanilgan adabiyotlar Neyroleptik moddalar Neyroleptiklar- M.N.S ni ichki va tashqi qitiqlovchilarga reaksiyasini susaytiruvchi moddalar. Bu dorilar o‘z ta’sirini hayvonlarni nevroz va salbiy emotsional holatlarida yaxshi namoyon qiladi. Neyroleptiklar ximiyaviy tuzilishi bo‘yicha turli gruppalari mavjud. 1.Fenotiazinlar 2.Tioksanterlar 3.Butirofenal Neyroleptiklar ta’sirining eng asosiysisi bu tinchlantiruvchi ta’siri va bir vaqtda o‘zida hamma qitiqlovchi ta’sirotlar: notinchlik, vahshiylik, qo‘rquv chaqiruvchilarga reaksiyani susaytiradi. Katta dozalarda uyqu chaqiruvchi ta’sir etadi, hatto narkotik ham ta’sir etadi. Ba’zilari esa xolinergitik va adrenergitiklar aktivligini hamda serltonin, gistamin aktivligini kamaytiradi.Neyroleptiklar davolash va profilaktika maqsadlarida hayvonlarni salbiy emotsional holatlarida hamda narkotiklarni ta’sirini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. 1.Aminazin-Aminazinum. Oq poroshok, suvda, spirtda yaxshi eriydi. “B” ro‘yxatda.Aminazin-aktiv neyroleptik preparat bo‘lib, M.N.S va periferik nerv sistemasiga sezilarli murakkab ta’sirga ega. U katta yarimsharlar po‘stlog‘iga keladigan impulslarni susaytiradi yoki yo‘qotadi. Hayvonlarga maxsus ta’sir etib xarakat aktivligini kamaytiradi. Agar doza kuchaysa bu ta’sir ham kuchayadi, hayvonlar tinch uxlaydi, gavda muskullari bo‘shashadi, qitiqlovchilarga reaksiya kamayadi, stress holatidan chiqadi. Yana spazmalitik,gipotermik, qusishga qarshi va qaltiroqqa qarshi ta’sirga ega, hayvonlardagi qo‘rquv, vahima, vaxshiylik holatlari yo‘qoladi.Hayvonlarga og‘iz orqali, teri ostiga, muskulga va venaga yuboriladi.Qo‘llash. Hayvonlarni stress holatlarida davolash va profilaktika uchun, salbiy emotsional holatda glyukoza yoki Vit A,V guruh bilan qo‘llansa samara yuqori bo‘ladi. Uni yana analgetik ta’sirini, narkotiklar ta’sirini uzaytirish, organizmni sun’iy sovutish, tug‘ishda og‘riqni kamaytirish, kamfora va nikotinni toksik ta’sirini olish uchun qo‘llaniladi. Asosiy adabiyotlar: 1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г. 2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y, Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Farmonov N.O, Salimov Yu.. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma” Samarqand 2007 y. 2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y. 3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y. 4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г 5. “Zooveterinariya” jurnali, Toshkent Foydalanilgan adabiyotlar Download 9.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling