Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Download 35 Kb.
Sana02.05.2020
Hajmi35 Kb.
#102825
Bog'liq
2-mavzu boyicha mustaqil talim javobi


Mavzu: “Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi”.

Hozirgi O’zbekiston hududi qadimgi davrlardan boshlab madaniy jarayonlar va sivilizatsiya o’choqlaridan biri bo’lganligini barcha olib borilgan tarixiy va arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Shu o’rinda albatta, “madaniyat” va “sivilizatsiya” tushunchalarining mazmun mohiyati haqida to’htalish lozim (Garchi bu Madaniyatshunoslik fani predmetida yoritilsa ham).

Keyingi davrlardan ilmiy adabiyotlarda “madaniyat” tushunchasiga 250 dan ortiq ta’riflar berilsada, ularning mazmun mohiyatida bir birini to’ldiruvchi jihatlar mavjud. Ayrim ilmiy manbalarda “madaniyat” lotincha “kulьtura” so’zidan olingan bo’lib, ta’lim tarbiya, shu jumladan, yerga dastlabki ishlov berish ma’nosini anglatadi.

Dastlabki paytda odamlar g’orlarda to’da holda yashashgan, mehnat quroli ham umumniki bo’lgan. Biologik mavjudot payti odamlar hech narsani o’zlashtirmaganlar, keyinchalik ijtimoiy mavjudga aylanishi bilan olamlar asta sekin tabiat borliqlarini o’zlashtira boshlaganlar. Ilk marta ular toshdan mehnat qurollarini o’zlariga qulay holda yaratganlar, ya’ni daryo toshlarini yo’nib, parmalashni o’rganganlar.Bir tomoni o’tkirlashgan qo’pol daryo toshlari chopperlar deb ataladi.

O’rta paleolit odamlari neandertallar deb ataladi. Bularning ilk qoldiqlari Fransiyaning Neandertalь shahridan topilgan. O’zbekiston hududida esa neandertalь odam qoldig’i Surxondaryo viloyatidagi Teshiktosh g’oridan topilgan bo’lib, bu 9 yoshli bolaga mansub. Neandertalь bolaning kalla suyaklari antropolog olim M.Gerasimov tomonidan tiklangan, arxeolog Okladnikov tomonidan topilgan.

So’nggi paleolit davrida insoniyat hayotida juda ko’plab o’zgarishlar sodir bo’lgan. Ular quyidagilar:

Urug’chilik jamoasining paydo bo’lishi (oilalarning paydo bo’lishi);

Matriarxat davrining boshlanishi, oilani ayol kishining boshqarishi;

Irqlarning (mongoloid, yevropoid. negroid) paydo bo’lishi;

Sun’iy olovning kashf etilishi;

Ilk turar joylar (g’orlardan chayla va yarim yerto’lalarga chiqilishi);

Ilk diniy tasavvurlar (fetishizm, animizm, anamizm, totemizm, mug’onalik va h.k.)

Tasviriy san’atning paydo bo’lishi;

Zamonaviy qiyofadagi odamlar (kromanyon)

Nutqning o’sishi;

Ayollar bezagi – taqinchoqlar – munchoq, bilaguzuk, tumorlar.

Paleolit davrining asosiy manzilgohlari: Farg’ona vodiysida Selengur, Toshkent vohasining Ko’lbuloq (Angren yaqinida), Xo’jakent, Obirahmat g’orlari, Samarqand yaqinidagi Omonqo’ton, Takalisoy, Zarafshon vodiysidagi Uchtut va Ijond toshkonlari, Surxondaryo viloyatidagi Teshiktosh g’ori va h.k.

Mezolit davri (“mezos”o’rta, “litos” tosh) ulkan muzlik dari tugashi bilan boshlanadi. Mezolit davrining buyuk ixtirolaridan biri murakkab mehnat qurollarining vujudga kelishi bo’ldi. Odamlar bu davrda o’q-yoy yasashni ham o’rganadi. O’q–yoyning kashf etilishi bilan chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyati yaratiladi. Kichik bir ovchilar to’dasi endi o’zining barcha urug’doshlarini boqa oladigan bo’ladi. Bu davrda yakka ovchilik, ya’ni ovchilikning kasb bo’lishi alohida ajralib turadigan jihatdir.



Neolit davri (“neo” yangi, “litos”tosh) miloddan avvalgi 6–4 mingyilliklarni o’z ichiga oladi. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar. Mezolit va neolit davrida odamlar mikrolit– toshdan mayda mehnat qurollari tayyorlashni o’rganadi. Shuningdek toshga ishlov berishning ilgari noma’lum bo’lgan usullarini: silliqlash, qirtishlash va burg’alashni ham o’rganadi. Ular endi mehnat qurollari yasashning yangi usullarini, chaqmoqtoshdan parrakchalar chiqarishni ham kashf etadi. Endi toshning keraksiz tomonlari urib tushurilmasdan undan pichoqa o’xshagan parrakchalar, qirg’ich, nayza uchlari charxlab olingan.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling