Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Taomlari
Yahudiylar ovqatlanish masalasida diniy urf-odatlarga katta e'tibor beradi. Yahudiylaming ovqatlari ikki turga bo‘linadi: sutli va go‘shtli taomlar. Cho‘chqa, ot va tuya g o ‘shti yeyilmaydi. Ular orasida eng tarqalganlari sifatida palov, oshi porakarda, sirkaniz, oshimoxi va baxshni alohida ko ‘rsatish mumkin. Bular yahudiylaming milliy taomlari hisoblanadi. Ular obinon, quymoq, chalgan va arqonpak pishiradi, shinni, va kama iste'mol qiladi. Bog‘dorchilik va rezavorchilik ham keng tarqalgan. Koreyslar dasturxonida hamma vaqt albatta, guruch bilan sabzavotlar bo‘lishi shart bo‘lgan. Koreyslar guruchni qaynatib iste'mol qiladi, ushbu taom koreys tilida pap deb ataladi. Shuningdek, shirguruch va kimchxi nomli achchiq-chuchuk salat sevib iste'mol qilinadi. Kimchxi odatd,a tuzlangan karam, bodring va turpdan tayyorlanadi va ustiga koreys piyozi va sarimsoq to‘g ‘ralib, qalampir sepiladi. 213 Bayram kunlari, turli sayil va marosim lar paytida, shuningdek, m ehm ondo‘stlikda kuksi va chxaltok tayyorlanadi. Kuksi xamirli taom boMib, xamirosh (ugra)ga o ‘xshab ketadi. Uni tayyorlash uchun xam ir nihoyatda ingichka va soch tolasi qalinligida to ‘g ‘raladi. Keyin mayda to ‘g ‘ralgan qaynatma yoki qovurma go‘sht, loviya, kimchxi va qalampir solingan sho‘rvada pishiriladi. Chxaltok taomi ham ju d a qiziqarli usulda tayyorlanadi. M azkur taom damlab pishirilgach, guruchni katta yog‘och idishga ag ‘darib, ikki erkak galma-gal katta bolg‘alar bilan urib yanchiydi. Guruch ezilib, xamirga o ‘xshab qoladi va dasturxonga tortilib, loviya, n o ‘xat va boshqa ko‘katlar qo ‘shib iste'mol qilinadi. Uyg‘urlar ovqatga m akkajo‘xori, un, guruch, sabzavot va g o‘shtni ko‘p ishlatadi. Undan xilma-xil taomlar, jum ladan, qatlama, yogMi yoki yog‘siz poshqal, sangza (o‘rama) tayyorlaydilar. Uyg‘urlar xamirli taom larga nihoyatda boy xalq hisoblanadi. Hamma yaxshi biladigan cho'zm a Iag‘mon, chushura, manti va mampardan tashqari, xavilvash (uzma osh), m anjura osh, umoch, (xamimi g‘alvirdan o ‘tkazib, yogMi go lsht va dum ba to ‘g ‘rab, ko‘kat aralashtirib tayyorlanadi). Shuningdek, xuluk non (xonim), g o ‘sht non, somsa, palau, shavla, shavla va suyuq osh ham tayyorlanadi. U yg'urlar china yoki pakura china (kichik va katta piyola)larda atkan chay (sut choyi) ichishni xo ‘sh k o ‘radi. M ehm onga kelgan zahoti va kechqurun ketishidan oldin albatta, atkan choy beriladi. Ular xamirdan yuzga yaqin turli-tuman taom lar pishirishni biladi. Birgina mantining o‘zi bir necha xil boMadi. Puntucha (puntuza) taomlari, ayniqsa, mosh unidan tayyorlangani juda mazali boMadi. Dungan ovqatlari Xitoy taom lariga o ‘xshab ketadi, ular ham xamir va sabzavotlami ko 4p iste'mol qiladi. Taom tayyorlashda o'sim lik yogMdan tashqari mol yogM ham foydalaniladi. Dunganlar asosan, mol va qo‘y go‘shtini iste'mol qiladi. Suyuq taomlardan un oshi (keskan osh), no‘xat va loviya sho‘rva tez-tez tayyorlanadi. Ular qovun bilan tarvuz, obi non, ayniqsa, dim lam a non k o‘p iste'mol qiladi va quruq meva bilan choy ichishni yoqtiradilar. Ovqatni yog‘och, suyak yoki bambukdan yasalgan tayoqcha (kuezi)lar bilan iste'mol qiladilar. Dunganlar qishda yogMi, yozda esa yog‘siz ovqatlar tayyorlaydi. Ilk baliorda vitaminlarga boy, yow oyi o ‘tlar ko‘p ishlatilsa, yozning ilk kunlarida esa taom tayyorlashda ko‘k loviya, yangi kartoshka va 214 sabzidan keng foydalaniladi. lyul oyidan boshlab shirin ko‘k bulg‘ori garmdorisi, baqlajon, sinchuan karami (sunzi), pomidor va boshqa sabzavotlar ishlatiladi. Dunganlar kishi organizmining talab ehtiyojlarini nazarda tutib, kun davomida muayyan tartibda ovqatlanadilar. Nonushtaga odatda, sovuq osh, mastava, atala (banton), tushlik paytida esa lag‘mon, shirguruch, turli boshqa xamirli ovqatlar tayyorlanadi. Sabzavot bilan qo ‘shib pishirilgan go‘sht va ulardan tayyorlangan salat ham dasturxonga qo ‘yiladi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling