Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida islom dinining o‘rni
Download 24.4 Kb.
|
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida islom d
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida islom dinining o‘rni Bugungi kunda dunyoda dinga nisbatan munosabatning ijobiy tomonga o‘zgarib borishi insonlar tafakkurida yangi diniy Uyg‘onish (Renessans) davrining yuzaga kelganligidan darak berayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Madaniyat keng qamrovli fenomen sifatida kishilik jamiyatining ko‘plab sohalarini qamragan holda namoyon bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, dinga ham madaniyatning bir hodisasi sifatida qarash mumkin. Prezidentimiz I.A Karimov «O‘zbekiston XX1 asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «Din – madaniy, ma’naviy, insoniy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avlodan-avlodga yetkazishda beqiyos xizmat qilgan ota-bobolarimizning dini bo‘lmish islom dini misolida shunday xulosa chiqarish uchun hamma asoslarga egamiz»1 , degan fikrni bayon etgan. Diniy madaniyat inson tafakkuri taraqqiyotida muhim omillardan biri sifatida kishining e’tiqodi, ma’naviyati, axloqiy va estetik dunyoqarashiga, umuman olganda, uning turmush tarziga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi hodisadir. Islom dinining hozirgi davrdagi jahon miqyosidagi mavqei tobora mustahkamlanib bormoqda. Hozirda islom diniga deyarli 1.5 mlrd. kishi e’tiqod qilmoqda. Agar islom dini paydo bo‘lgan davrlarda, u asosan Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib, islom dini va madaniyati Osiyo, Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikaning 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɏɏI ɚɫɪ ɛʆɫɚԑɚɫɢɞɚ: ɯɚɜɮɫɢɡɥɢɤɤɚ ɬɚԟɞɢɞ, ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɤ ɲɚɪɬɥɚɪɢ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɤɚɮɨɥɚɬɥɚɪɢ. í Ɍ., 1998. í 315-ɛ. 119
qator mamlakatlarida keng tarqalib bormoqda. Buning obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Obyektiv sababi shundaki, islom dini va madaniyati yahudiylik, xristianlik dinlari va madaniyatlarining ijobiy jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Diniy e’tiqod va sig‘inishni inson hayotining turli holat va vaziyatlariga moslashtira oladi, diniy e’tiqod qulayligini ta’minlaydi. Shu bois Yevropa va Shimoliy Amerikaning muqaddam xristian yoki yahudiylik e’tiqodida bo‘lgan yoki diniy e’tiqodi umuman bo‘lmagan fuqarolarini o‘ziga jalb eta oladi. Islom diniga kirish Yevropa va Shimoliy Amerikada muayyan udumga aylanib bormoqda. Bu narsa, tabiiyki, boshqa diniy konfessiyalar rahbariyatini tashvishlantiradi. Islom e’tiqodini qabul qiluvchilar nufuzining oshib borishi jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida islom qadriyatlarining ustuvorligiga olib kelishi boshqa diniy konfessiyalar mavqeini zaiflashtiradi deb xavotir olishadi. Aslida esa bunday tashvishlanishlar o‘rinsizdir. Haqiqiy islom mehr-oqibat, poklik, halollik, shafqat, rahmdillik, xayr-saxovot, adolat va insof kabi qadriyatlarni e’zozlaydi, insonni ezgulikka undaydi. Bundan islom dini niqobi ostida ish ko‘ruvchi, g‘arazli siyosiy maqsadlar, manfur niyatlarini islom diniga bog‘lovchi siyosiy kuchlar, turli ekstremistik elementlar mustasnodir. Din niqobida ish ko‘ruvchi manfur ekstremistik, terrorchi kuchlar islom e’tiqodining millionlab kishilar qalbiga kirib borish jarayonini aslo to‘xtata olmaydi, aksincha, ular iymonli, diyonatli dindorlar tomonidan uloqtirib tashlanadi, islom olamining ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Islom dini va madaniyati XXI asrga kelib, jahon ijtimoiiy-siyosiy sahnasida yirik siyosiy-g‘oyaviy omil mavqeiga ega bo‘la boshladi. Agar Sobiq sho‘rolar tuzumi davrida jamiyatda sekulyarizm va dahriylik (ateizm) siyosati hukmron bo‘lgan bo‘lsa, mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo yosh davlatlari siyosatida Download 24.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling