Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini O‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino bo‘lib, u ovrupoda Avitsenna nomi bilan mashhurdir
Download 125.03 Kb.
|
Falsafa
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini O‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk - mutafakkirlardan biri - Abu Ali ibn Sino bo‘lib, U Ovrupoda Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog’ida, hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tug’ildi. 986 yilda Ibn Sino oilasi Buxoroga ko‘chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Xusayn boshlang’ich ma’lumot olishga, ilm-fanni o‘rganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik chog’lari Somoniylar xukmronligining so‘nggi yillariga, xususan, Nux II ibn Mansur Somoniy xukmronligi davri (976-997) ga tug’pi keladi. Ibn Sino iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lganligidan o‘z davrida ma’lum bo‘lgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq Qyr’oni karimni boshdan-oyoq yod o‘qir edi. 13 yoshlaridanboshlang’ich matematika, mantiq, fiqx, falsafa ilmlari bilan shug’ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh bo‘lishiga qaramay, Abu Abdulloh Notiliy rahbarligida falsafani, Xasan ibn Nux al-Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o‘rganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham shug’yllanadi. U o‘zidan avval o‘tgan SHarq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, YEvklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi. 16-17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib-xakim bo‘lib tanildi. 999 yilda Buxoro Qoraxoniylar tomonidan zabt etilgach, Somoniylar hokimiyati inqirozga uchradi. 1000-yilda ibn Sino Byxopodan chiqib ketdi va madaniyat markazlaridan biri hisoblangan Xorazmga bordi, u yerda Xorazm hokimi Ali ibn Ma’mun saroyidagi olimlarni birlashtirgan o‘z zamonasining akademiyasiga qabul qilindi. Ibn Sino Beruniy, ibn Miskavayh, Abu Saxl Masihiy, Abulxayr Xammor, Abu Nasr ibn Iroq kabi yetuk olimlar bilan yaqindan tanishdi. Lekin bu davrda kuchayib borayotgan Mahmud Ғaznaviyning ta’qibidan qochib, Xorazmni tashlab ketishga va Xuroson, Eronning turli shaharlarida capcon-sargardonlikda yurishga majbur bo‘ldi. Abivard, Tus, Nishopur shaxarlari orqali Jurjon shaxriga kelgan ibn Sino hokim Qobus ibn Vashmgir saroyida mashhur tabib sifatida yashadi, bo‘lajak shogirdi Jo‘zjoniy bilan tanishdi. 1019-21 yillarda Xamadonda vazir lavozimida xizmat qilarkan, hokim bilan kelisha olmay, 4 oy qamoqda yotib chiqdi. 1023 yilda Isfahonga qochdi va butun umrini ilmiy asarlar yozishga bag’ishladi. Ibn Sinoning «Kitob al-qonun fittibb», «Kitob un-najot», «Kitob ul-insof» kabi mashhur asarlari, geometriya, astronomiya, o‘simlik, hayvonot olami, mantiqqa oid risolalari, «Xayy ibn YAqzon» falsafiy qissasi so‘nggi yillarda yozilgan. U, Isfahonda rasadxona qurish bilan mashg’yl bo‘ldi. Umrining so‘nggi yillarida feodal urushlar kuchayib ketganligi, ijtimoiy-siyosiy hayotda o‘zi ham faol qatnashganligi tufayli u Isfahon, Ray, Xamadon shaxarlari orasida capcon-sargardonlikda yurib, 1037 yil 18 iyunda Isfahon shaxrida 57 yoshida qylunj kasalligidan vafot etdi. Ibn Sinoning hayot yo‘li o‘zi yozgan tarjimai holi va shogirdi Jo‘zjoniy tomonidan qoldirilgan manbalardan ma’lum. Ibn Sinoning ilmiy qiziqishlari, dunyoqarashining shakllanishida Qadimgi SHarq madaniyati, yunon ilmi, falsafasi, Markaziy Osiyo xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muhim rol o‘ynadi. Ibn Sino tarjimai holida Forobiyning «Metafizika maqcadlari», “Fusus ul-hikam” kabi muhim risolalarini qunt bilan o‘rganganligi, ulardan keng foydalanganligini ta’kidlab o‘tadi. Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asarlari yetib kelgan, xolos. Ko‘p risolalari shaharma-shahar ko‘chib yurish, feodal urushlari, saroy to‘polonlari, turli falokatlar tufayli yo‘qolib ketran. Ko‘p manbalarda ibn Sino avvalo tabib sifatida talqin etiladi, xolbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muximlaridan biridir. Ibn Sino asarlarining asosiy qismi YAqin va o‘pta SHarqning o‘sha davr ilmiy tili xisoblangan arab tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan. Uning bizga ma’lum bo‘lgan katta asari «Kitob ush-shifo» («SHifo kitobi») 22 jilddan iborat bo‘lib, 4 ta katta bo‘limini mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir masalalar egallagan. Uning ayrim qismlari lotin tiliga, Ovrupodagi boshqa tillarga, sharq tillariga, shuningdeq rus, o‘zbek tillariga tarjima qilingan. 20 jilddan iborat bo‘lgan «Kitob ul-insof» («Insof kitobi») bizgacha yetib kelmagan, chunki Isfahondagi yong’inda yuqolgan. «Kitob un-najot» («Najot kitobi») 4 katta qismdan - mantiq, fizika, matematika, metafizikadan iborat, «Kitob lison ul-arab» («Arab tili kitobi») 10 jildni tashil etadi. «Donishnoma» fors tilida yozilgan bo‘lib, 4 qismni - mantiq, fizika, matematika, metafizikani o‘z ichiga oladi (Rus tiliga tarjima etilgan, bir qismi o‘zbek tilida bosilgan). Ibn Sino asarlari o‘pta asrlarida Ovrupoda ilmiy til xisoblangan lotin tiliga, u orqali Ovruponing boshqa tillariga tarjima etilgan. Ibn Sino ilmiy risolalardan tashqari, chuqur falsafiy mazmunli badiiy obrazlar va ma’lum voqealar orqali ifoda etuvchi «Tayr qissasi» , «Salomon va Ibsol» , «Xayy ibn YAqzon» kabi falsafiy qissalar yaratgan. Ibn Sino zamonasining yetuk shoiri xam bo‘lgan. U SHarq xususan, fors poeziyasida ruboiy janrining asoschilaridan biri bo‘lib, ruboiylari o‘zida chuqur falsafiy xulosalarni ifodalaydi. Ibn Sino arabcha qit’alar xam yozgan (Uning she’riy merosi qisman rus va o‘zbek tillarida nashr etilgan). Ibn Sino tabobat masalalarini ommabop xolda nazm bilan izohlovchi «Urjuza» nomli tibbiy asar yaratdi. Uning Aristotel (Arastu) ta’limoti xususida Abu Rayxon Beruniy bilan va o‘zining shogirdi - ozarbayjonlik mutafakkir Baxmanyor bilan yozishmalari fan olamida mashxur. Ayniqsa, tabobat, u bilan bog’liq xolda anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, xirurgiya, diagnostika, gigiyena kabi ilmlar ibn Sino ijodida bir qancha ingi ixtirolar bilan boyidi va yangi bosqichga ko‘tarildi. Bulardan tashqari, kimyo, mineralogiya, astronomiya, matematika, o‘simlik dunyosi, geologik jarayonlarni o‘rganish soxasida xam u yangi-yangi fikrlarni olg’a sura oldi. Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asarlaridan «Kitob al-qonun fittibb» («Tib qonunlari»), «Kitob ul-qulanj» («Ichak sanchiqlari»), «Kitob un-nabz» («Tomir ko‘rish xaqida kitob»), «Fuj ul-tibbiya joria fi majlisix» («Tib xaqida xikmatli so‘zlar»), «Tadbir ul-manzil» («Turar joyning tuzilishi»), «Fil-xindubo» («Sachratqi o‘simliri haqida»), «Risola fi-dastur it-tibbiy» («Tibbiy ko‘rsatmalar haqida») kabi asarlari mavjud. Uning tibbiyotga oid qomusiy asari «Kitob alqonun fit-tibb» 5 mustaqil katta asardan tarkib topgan ularning hap bori ma’lum sohani izchil, hap tomonlama yoritib beradi. Birinchi kitobda tibbiyotning nazariy asoslari, uning predmeti, vazifalari, bo‘lim va metodlari, kasallikning kelib chiqish sabablari, belgilari, sog’liqni saqlash yo‘llari, kishi anatomiyasi haqida mazmundor, aniqligi bilan kishini taajjubda qoldiruvchi qisqacha ocherk, sog’liqni qanday saqlash kerakliri haqidagi ta’limot (keyinchalik gigiyena deb nomlangan) bayon etiladi. «Qonun» ning bu kitobini hozirgi zamon ichki kasalliklar propedevtikasi darsligiga tenglashtirish mumkin. «Qonun» ning oddiy dorilarga bag’ishlangan ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari, ularni tayyorlash va iste’mol qilish usullari bayon etilgan. Ibn Sino simob, uning birikmalarini dori qilib ishlatishni birinchi bo‘lib tavsiya etadi, sharobni quvvatga kirituvchi, jaroxatlarni tozalovchi dori sifatida ishlatadi. Uchinchi kitobda ayrim organlar hatto soch, tirnoqlar)ning kasalliklari, ularni davolash usullari bayon etiladi, uni maxsus patologiya darsliri deb atasa xam bo‘ladi. Bu kitobda bosh miya, nerv, ko‘z, qulok, burun, tomoq, qorin, tish, yuraq jigar, buyrak kasalliklari batafsil tahlil qilinadi. «Qonun» ning to‘rtinchi kitobi organizmning umumiy kasalliklariga bag’ishlangan. Unda isitmalar, o‘smalar, ularning sababi, xirurgik kasalliklar (suyak sinishi, chiqishi, jarohatlanish) va ularni davolash usullari, xar xil dorilardan zaharlanish va bunda ko‘riladigan choralar to‘g’pisida ma’lumot beriladi. CHechak, qizamiq, moxov, toun, vabo va boshqa yuqumli kasalliklar tafsir etiladi. «Qonun» ning beshinchi kitobida murakkab dorilarning organizmga tasiri, ularni tayyorlash, iste’mol qilish usullari bayon qilingan. Bu kitob dorishunoslik ilmiga farmakologiyaga bag’ishlangan. Tibbiyotning asosiy vazifasi, uning ta’biricha, «inson sog’lig’ini saqlash, agap kasallik paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu kasallikni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash va ularni yo‘qotish orqali cog’liqni tiklashdan iborat». Ibn Sino fikricha, tib ilmida nazariy bilimlar va amaliyot o‘zaro bog’liq bo‘lishi, bir-biriga asoslanmog’i zarur, aks holda u rivoj topmaydi, o‘z maqsadiga erisha olmaydi. «Tib ilmi avvalo ikki qismga - nazariy va amaliy qismlarga bo‘linadi. Nazariya deb ataluvchi qismi tabiblarning fikrlarini ifoda qilib, maxsus amaliya deb ataladigan qismi tadbir va amalning qanday bo‘lishi kerakligini o‘rgatadi. Tibning amaliy qismi ikkiga bo‘linadi. Birinchi qismi sog’lom tanlarning tadbirini bilish 6u sog’liqni saqlashga taallyqli 6o‘lgani uchun sog’liqni saqlash ilmi de6 ataladi. Ikkinchi qismi - kasal tanning tad6irini 6ilish 6o‘li6, sog’lom xolatga qaytarish yo‘llarini ko‘rsatadi, 6u davolash ilmi de6 ataladi». I6n Sino kasallikni o‘rganishda ob’ektiv sharoitni har tomonlama 6ilishga katta ahamiyat 6erdi, muhitdagi turli ta6iiy narsalar, suv, havo orqali kasallik tarqatuvchi ko‘zga ko‘rinmaydigan «mayda xayvonotlar» xaqidagi fikrni olg’a surdi. «Qonyn» 800 yil davomida xakimlar uchun asosiy qo‘llanma 6o‘li6 keldi. O‘rta asrlarda «Qonun» sharqqagina emas, 6alki Ғap6 mamlakatlarining universitetlarida ham tala6alar uchun ti66iyotdan yagona qo‘llanma edi. I6n Sinoning «Kito6 ush-shifo» asarida turli ti66iyot ilmlariga: botanika, geologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika, kimyoga oid ko‘p ma’lumotlar keltiriladi. Uning tog’larning vujudga kelishi, yer yuzasining davrlar o‘tishi 6ilan o‘zgari6 borishi, zilzilaning sa6a6lari ka6i turli jarayonlar xaqidagi fikrlari keyinchalik geologiya ilmining mustaqil ravishda rivoj topishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim joylarning 6ir vaqtlar dengiz 6o‘lganligi, shu sa6a6li qattiq qatlamlarda turli dengiz xayvonlarining izlari saqlani6 qolganligi xaqida xam turli misollar asosida fikr yuritiladi; meteoritlar, vulkanlar xaqida ma’lumotlar keltiriladi. Mineralogiya ilmining rivojida xam i6n Sinoning xizmati katta. U minerallarni 4 guruxga ajratadi: 1) toshlar; 2) eriydigan jnsm (metal)lar; 3) oltingugurtli yonuvchi jismlar; 4) tuzlar. Kimyoda xam i6n Sivo zamonasining 6ilimlarini umumlashtirishga xarakat qili6, turli asarlar yozdi, tajri6alar o‘tkazdi. Xususan, uning organik kimyo soxasidagi fikrlari keyingi davr mutaxassislari tomonidan yuqori 6aholandi. U oddiy metallni qimmatli metallga aylantirish ustida fikr yurituvchi alximiklarni tanqid qildi. I6n Sivo astronomiya soxasida Ptolemeyning geotsentrik nazariyasidan tashqariga chiqmagan 6o‘lsa-da, ta6iiy xodisalarning ichki sa6a6iy bog’lanishini aniqashga xarakat qildi, inson xayoti va ijtimoiy xodisalarni osmon jismlari xarakati, xolatiga bog’lovchi astrologiyaga shu6xa 6ilan qaradi, turli tajri6alar o‘tkazish uchun yangi astronomik asbob yaratish, botanikada turli o‘simliklarning ta6iiy xususiyatlarini o‘rganish, ilmiy terminologiya yaratish soxasida ish oli6 bordi. Ibn Sino dunyoqarashi Foro6iy asarlari ta’sirida shakllandi, u ijtimoiy - falsafiy masalalarda Foro6iy qarashlarini davom ettirdi, ilg’or falsafiy oqimni yangi ta6iiy - ilmiy fikrlar 6ilan boyiti6 sistemalashtirdi va yangi bosqichga ko‘tardi. I6n Sino fikricha, falsafaning vazifasiga mavjudotni - 6archa mavjud narsalarni, ularning keli6 chiqishi, tarti6i, o‘zaro munosa6ati, 6iridan ikkinchisiga o‘tishini xar tomonlama tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqeliq sa6abiyat printsiplarini asos qili6 oldi. Olam - 6archa mavjud narsalar ikkiga 6o‘linadi: zaruriy vujud (vujudi voji6) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud hech narsaga bog’liq 6o‘lmagan 6ir 6utunlikni tashkil eti6, u eng irodali, qudratli, dono Tangridir. Qolgan hamma narsalar imkoniy tarzda mavjud 6o‘li6, zaruriy vujud - Tangridan keli6 chiqadi. Vujudi voji6 va vujudi mumkin - sa6a6 va oqi6at munosa6atidadir. Bu jarayon emanatsiya tarzida, ya’ni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. SHu tarti6da imkoniyat shaklidagi mavjud 6ulgan aql, jon (nafs) va jism, ular 6ilan bog’liq holda osmon sferalari keli6 chiqadi, mavjud narsalarga aylanadi. Bular hammasi substantsiya (javhar)dir. Bundan tashqari borliqda aktsidentsiya (o6raz) - narsalarning 6elgilari, rang, hajmi, hidi va boshqa hislari mavjud. Jism shakl va modda (xayulo)dan tashkil topadi. Xudo a6adiy, uning oqibati 6o‘lmish materiya ham a6adiydir. Uning o‘zi boshqa konkret jismlarning asosidir. Narsalarning konkret ko‘rinishlari, shakllari o‘zgaradi, lekin ularning moddiy asosiy yo‘qolmaydi. Materiya doim vujudga kelishi mumkin 6ulgan narsalardan avval mavjud 6o‘li6, 6u narsalar ularni tashkil etuvchi materiyaga muhtojdir. Materiyaning eng sodda, 6o‘laklarga 6o‘linmaydigan shakli to‘rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha o‘zaro 6irikuvi natijasida murakka6 moddiy narsalar tashkil topadi. Murakka6 narsalar o‘zgari6, turli shakllarga ega 6o‘lishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi 6ulgan to‘rt unsur yo‘qolmaydi, a6adiy saqlanadi. Uning fikricha, avval tog’ - toshlar, so‘ng o‘simlik hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida inson vujudga kelgan. Inson boshqa 6archa hayvonot olamidan so‘zi, tili va aqli, tafakkur qilishi 6ilan farq qiladi. Real xodisalarni chuqur 6ilish, fan 6ilan shug’ullanish insongagina xosdir. I6n Sino «Risolatun fi taqsim al-mavjudot» asarida 6utun borliqni tarki6iy qismlarga 6uli6, 6irma-6ir sanaydi va ularga ta’rif 6eri6 o‘tadi. Vujudi voji6, vujudi mumkin, su6stantsiya, aktsidentsiya, materiya, shakl, aql, unsur, jism, quvvat, sezish, mineral, hayvon, nutq, lison ka6i kategoriyalar 6u risolada qisqacha ta’riflanadi. Inson 6ilimlari narsalarni 6ilish yordamida vujudga keladi. Bilish x,issiy 6ilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. «Sezish,- de6 yozgan u,- 6u shunday ta’sirki, u tashqi narsalarning o‘zya 6ulmay, 6alki 6izning hislarimizda vujudga keladi. Xis moddiy obrazning oynasi 6uli6, moddiy shakllarning 6uyi, eni 6ilan 6irga ifodalanganligi sa6a6li, ularni inson moddiy asossiz in’ikos eta olmaydi va jismlarni 6ilolmaydi». Inson aqli turli fanlarni o‘rganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Bunda, xususan, u mantiq ilmiga katta e’tibor 6eradi. Aql xar qanday bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin etiladi. «Aql tarozisida ulchanmagan xar qanday bilim, deb yozadi ibn Sino,- chin bo‘lolmaydi, demaq u xaqiqiy bilim emas». O‘rta asrda YAqin va O‘rta sharq, jumladan, Markaziy Osiyo falsafasida aql nazariyasi juda muxim o‘rin egallaydi. Ibn Sino ijodida fanning strukturasini tekshirish, ilmlarning tartibini aniqlash, ularni tasnif qilishga e’tibor aloxida o‘rin egallaydi. Bu masalada xam olim Forobiy boshlab bergan fanlar tasnifi xaqidagi masalani yanada taraqqiy ettirishga xarakat qiladi. Ibn Sinoning falsafiy sistemasini ifodalovchi asarlarida «Kitob ush-shifo», «Kitob un-najot», «Donishnoma» falsafiy bilimlar: mantiq, fizika, matematika, metafizika tartibida beriladi. Bulardan mantiq - bilishning metodi, mavjudotni o‘rganish, u xakda fikr yuritishning ilmiy usuli sifatida talqin etiladi. «Mantiq,- deb yozadi ibn Sino,- insonga shunday bir qoida beradiki, bu qoida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi». Mantiq yordamida inson xaqiqiy bilimni yolg’ondan ajratadi va noma’lum narsalarni o‘rganadi. U mantiq ilmini tadqiq etishga katta e’tibor beradi, unga maxsus risolalar bag’ishlaydi. Xususan, u mantiqiy usullar, ta’riflash, xukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi, mantiq fanini Forobiydan so‘ng bilishning to‘g’ri metodi sifatida rivojlantirdi. Mantikdan tashqari barcha qolgan ilmlarni ibn Sino tabiat va ijtimoiy xodisalar haqidagi ilmlar sifatida o‘zining «AQCOM UL-ULUM UL-AQLIYA» («Aqliy bilimlar tasnifi») asarida aloxida - aloxida sanab, ta’rif berib o‘tadi. Ibn Sino falsafiy ilmlarni avvalo ikkiga bo‘ladi: nazariy va amaliy ilmlar. Nazariy ilmlar xaqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Falsafaning nazariy qismi uchga bo‘linadi: 1) quyi darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik 2) o‘rta darajadagi ilm - matematika; 3) oliy darajadagi ilm - metafizika. Falsafaning amaliy qismi xam uchga bo‘linadi: a) shaxs xaqidagi ilm; b) insonning o‘zaro munosabatlari xaqidagi ilm; v) davlatni, mamlakatni boshqarish xaqidagi ilm. Nazariy-falsafiy ilmlarga kiruvchi xar uch turdagi ilmlar asosiy va yordamchi bulaklarga ajraladi; tabiatshunoslik ilmlari astrologiya, meditsina, alkimyo kabi yetti xil tarmoqni o‘z ichiga oladi. Matematika esa arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqaa nomi bilan 4 tarmoqqa bo‘linadi. Asarda 29 ilm tarmog’i tilga olinadi. Ibn Sino asarlari Ovrupada 12 asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilina boshladi. «Tib qonunlari» asarining o‘zi lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilindi. «Kitob ush-shifo»ning ko‘p bo‘limlari, mantiq, musiqa, yerning tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga oid qismlari ham lotinchada nashr etildi. So‘nggi ilmiy tadqiqotlar ibn Sinoning SHarq adabiyotiga ham ta’sir ko‘rsatganligini, chuqur falsafiy mazmunni ifodalovchi ruboiy va falsafiy qissalar janrining taraqiyotiga turtki berganligini ko‘rsatadi. Ibn Sino xalq orasida shu darajada hurmatga sazovor bo‘ldiki, u folklor qahramoniga aylanib ketdi. SHarq xalqlarida uning to‘g’risida turli hikoya, rivoyatu afsonalar vujudga keldi. Jahon olimlari ibn Sino asarlari, uning faoliyati to‘g’risida ko‘pdan beri ilmiy ishlarini olib boradilar. Xozirda jahondagi deyarli barcha tillarda ibn Sino haqida asarlar yaratilgan. Download 125.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling