Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S Buxoro respublikasida hokimiyat tizimi. G‘oyaviy-siyosiy vaziyat va xalq xo‘jaligi (1920-1924-yillar). J


Download 0.9 Mb.
bet13/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S Buxoro respublikasida hokimiyat tizimi. G‘oyaviy-siyosiy vaziyat va xalq xo‘jaligi (1920-1924-yillar).
J 1920 yil sentyabr oyi boshida Buxoro revkomi «mustaqil Buxoro Xalq respublikasi» tuzilganini e'lon qildi. Hukumat, boshqa hokimiyat organlari tashkil etildi. 6 sentabrda ma'muriy tuzilishi viloyat, tuman, kent va qishloqlardan iborat bo‘lishi belgilandi. 27 beklik o‘rniga respublika 15 viloyatga bo‘lindi. Quyi hokimiyat bo‘g‘ini oqsoqolliklar bo‘lgan. BXSR rasman mustaqil deb e'lon qilingan bo‘lsa ham amalda Rossiyaga qaram edi. Respublikada yetishtirilgan paxta, ipak, qorako‘l teri va boshqa xom ashyo mahsulotlarini faqat Rossiyaga sotish mumkin edi. Chet ellarga mahsulot chiqarish huquqidan mahrum qilindi. BXSR o‘z milliy armiyasiga, valyutasiga ega bo‘lsada, ulardan mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatlari cheklangan edi.
Oldingi ma'murlar (beklar, qozilar, boshqa amaldorlar) hokimiyatdan chetlashtirildilar, ulardan ko‘p qismi hibsga olindi, hatto otib tashlandi. Ba'zi mulozimlar respublika tartibini tan olish sharti bilan yangi hokimiyat tizimlariga xizmatga da'vat qilindilar. Yangi hokimiyatni tashkil qilish uchun 1920 yil 21-30 sentyabr kunlari maxsus nazorat guruhi (komissiyasi) poytaxt atrofidagi 8 tumanni aylanib, aholi ishtirokida bir qator xodimlarni tayinladi. Muvaqqat organlari, revkom (inqilobiy komitet)lar ish ko‘rib bordi. Yangi qoziliklar (xalq sudlari), maorif bo‘limlari va boshqa tashkilotlar yuzaga keldi. Respublika hukumati rais, uning muovinlari, nozirliklardan tashkil topdi. Rais Fayzulla Xo‘jaev, Buxoro revkomi raisi Abdulqodir Muhitdinov (1892—1934), nozirlar Usmon Xo‘ja, Abdurauf Fitrat, Muhitdin Mansurov, Sattor Xo‘jaev, Muxtor Saidjonov, Muinjon Aminov, Ota (Otaulla) Xo‘jaev va boshqalar bo‘lgan.
1920 yil 6-8 oktyabr kunlari xalq vakillarining II Butun Buxoro qurultoyi bo‘ldi. Unda hukumat tizimi va respublika oliy hokimiyati, Buxoro revkomi vakolatlari tasdiqlandi. BXSR tuzilganligi rasmiylashtirildi. Buxoroning mustaqilligi e'lon qilinib, demokratik jamiyat barpo qilish ta'kidlandi.
Respublika nozirlar kengashining raisi Fayzulla Xo‘jaev (1896-1938) Buxorodagi jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan. Yosh buxoroliklar partiyasi rahbarlaridan biri, maktab-madrasada o‘qigan, yevropa sivilizatsiyasini o‘zlashtirgan. Hukumat raisligidan tashqari harbiy nozir, tashqi ishlar noziri bo‘lgan. Yosh buxoroliklarning progressiv-demokratik g‘oyalariga amal qilgan.
1921 yil sentabrida BXSRning Konstitutsiyasi qabul qilindi. Fuqarolar teng huquqligi, hurriyat e'lon qilindi. Xalq vakillarining II Butun Buxoro qurultoyida hokimiyatning oliy organi - Buxoro Markaziy Ijroiya komiteti (MIQ) tuzildi. Uning birinchi raisi qilib Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev (Usmon Xo‘ja, 1878—1968) saylandi. Keyinchalik Muinjon Aminov, Porso Xo‘jaev MIQ raislari bo‘ldilar.
Buxoro respublikasi siyosiy tizimi boshida Yosh buxoroliklar partiyasi va kompartiyasi (BKP), keyinchalik boshqa ijtimoiy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatdilar, hokimiyatda ko‘pchilik Yosh buxoroliklardan edilar. Turkiston bolsheviklari ta'siri ostida Yosh buxoroliklar partiyasi BKP bilan qo‘shildi, 1920 yil sentyabr oyida kompartiya yagona siyosiy partiya bo‘lib qoldi. Ammo hokimiyat va boshqa sohalarda Yosh buxoroliklarning reja dasturi amaliyot asosi bo‘lishda davom etdi. Rasman ko‘ppartiyaviylik tugatildi. BKP a'zolari soni 17 mingdan 1921 yil 1 yanvariga kelib 4 mingtaga tushdi, 1923 yil yozida 1248 ni tashkil qildi. Partiyada tez-tez «tozalash»lar o‘tkazildi.
Sobiq Yosh buxoroliklar - hukumat rahbarlari, nozirlar, xalq ommasi respublikaning demokratik yo‘l bilan rivojlanishi, iqtisodiyot va madaniyatni tiklash, rivojlantirish uchun sa'y-harakatlar qildilar. Ammo dastlabki haftalar va oylarda bolsheviklar, qizil qo‘shinlar qo‘mondonligi aralashuvi bilan inqilobiy jazo organlari: tribunallar, ChK (favqulodda komissiya), shtablar qoshida siyosiy bo‘limlar tashkil qilinib, shiddatli ish olib borildi, inqilobiy mazmundagi ayrim dekretlar, tadbirlar e'lon qilindi. Jumladan, 1920 yil 9 sentyabrda «er to‘g‘risidagi dekret», 11 oktyabrda oziq-ovqat razvyorstkasi to‘g‘risidagi dekretlar e'lon qilindi, tezkorlik bilan militsiya tashkil etildi, bir qator keraksiz shu'balar tuzilib, hokimiyat apparati bo‘rttirib yuborildi, inqilobiy ekspropriatsiya o‘tkazildi, islom dini, ruhoniylar, masjid-madrasalarga qarshi, vaqflarni yo‘q qilish choralari, siyosati o‘tkazila boshladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling