Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet66/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Mamlakat huquq tizimining qanday ko‘rinishga ega ekanligini o‘zida ifodalaydi;

  • Konstitutsiyaviy normalar ijtimoiy hayotning (iqtisodiy, siyosiy va sotsial) eng muhim tomonlarinigina huquqiy jihatdan tartibga soladi;

  • Davlatda qabul qilinadigan barcha normativ huquqiy hujjatlar uchun bosh manba bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun birorta normativ huquqiy hujjat yuridik kuchiga ko‘ra Konstitutsiyadan ustun bo‘lolmaydi;

  • Konstitutsiyalar o‘zining alohida muhofaza choralariga ega bo‘lgani uchun unga zid bo‘lgan har qanday hujjat tegishli tartibda o‘z kuchini yuqotishi shart.

  • Siyosiy funksiyasi - Konstitutsiya ayni vaqtda o‘ta muhim siyosiy hujjat sifatida:

  • Davlat hokimiyati tashkil etilishining asoslarini o‘rnatadi;

  • Davlat tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatning yo‘nalishlarini belgilab beradi;

  • Konstitutsiyada davlatning siyosiy maqsadlari va funksiyalari o‘z ifodasini topadi.

    3. Mafkuraviy funksiyasi – Konstitutsiyalar jamiyatning eng asosiy ma'naviy g‘oyaviy qadriyatlarini o‘zida mustahkamlab, aholini bir yoqadan bosh chiqarishga undaydi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qaerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin. Buning isboti uchun xoh tarixdan, xoh zamonamizdan ko‘plab misollar keltirish qiyin emas. Konstitutsiyalarda mafkuraviy g‘oyalarni aks etishi jamiyat taraqqiyotining maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Har qanday Konstitutsiya u yoki bu ko‘rinishda biror-bir mafkuraga tayanadi. Bu narsa Konstitutsiyalar qabul qilingan paytdagi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy holatiga ham bog‘liq. Masalan, biror-bir davlat mustamlakachilikdan mustaqil davlat sifatida tashkil topgan bo‘lsa, uning Konstitutsiyasida, albatta, milliylik, istiqlol g‘oyalari aks etadi.
    Konstitutsiya shakli deganda, Konstitutsiyaning mohiyatini shakllantirish, ifodalash hamda namoyon etish vositasi tushuniladi. Bu ta'rif, bir tomondan, Konstitutsiyaning ichki shaklini, ya'ni mazmunining ichki tashkiliy tuzilishi (strukturasi)ni aks ettiradi; ikkinchi tomondan, Konstitutsiyaning tashqi ifodalanishini anglatadi.
    Konstitutsiyalarning ichki tuzilishi (strukturasi) xususida so‘z yuritilarkan, albatta, kodifikatsiyalangan, oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan barcha normalarni qamrab olgan yaxlit va yagona yozilgan Konstitutsiya nazarda tutiladi. Uning ichki tuzilishi asosan avval muqaddima, asosiy qism va xulosadan iborat bo‘ladi. Muqaddimada odatda Konstitutsiya maqsadlari bayon qilinadi, uning yuzaga kelishining tarixiy shart-sharoitlari tavsiflab beriladi.
    Konstitutsiyaning ushbu qismi siyosiy va g‘oyaviy nuqtayi nazardan juda muhimdir. Muqaddimadagi qoidalar huquqiy normalar hisoblanmasada, boshqa qoidalarni sharhlash va qo‘llashda normativ ahamiyatga egadir, ya'ni muqaddima Konstitutsiya normalarining sharhlanishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarni ko‘rsatib beradi.
    Konstitutsiyaning asosiy qismida fuqarolar huquq va erkinliklari, ijtimoiy tuzum asoslari, davlat organlarining tizimi va satusi (darajasi) davlat timsollari, Konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritish tartibi to‘g‘risidagi normalar beriladi.
    Davlat organlari statusi to‘g‘risidagi normalar odatda hokimiyatning taqsimlanishi prinsipiga mos ravishda beriladi; ko‘pincha avval parlament to‘g‘risidagi, undan keyin sud hokimiyati to‘g‘risidagi va nihoyat mahalliy hokimiyatning tashkil etilishi to‘g‘risidagi normalar beriladi. Ba'zan esa butunlay boshqacha tartib ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, Ispaniya Konstitutsiyasida avval boshida davlat boshlig‘i to‘g‘risidagi, so‘ngra esa Konstitutsiyaviy adliya organlari to‘g‘risidagi normalar berilgan. Ba'zan normalarning berilish tartibi davlatdagi ba'zi organlarning boshqalariga nisbatan ustuvorroq nufuzga ega ekanligini ham ko‘rsatadi. Masalan, Fransiya Konstitutsiyasining asosiy qismida avvalo Respublika Prezidenti to‘g‘risidagi, ikkinchi o‘rinda hukumat to‘g‘risidagi normalar berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Mahalliy davlat hokimiyati, Sud hokimiyati to‘g‘risida normalar berib o‘tilgan.
    Xulosada turli normalar bo‘lishi mumkin. Odatda xulosada Konstitutsiyaning kuchga kirish tartibi, organik va boshqa qonunlarning chiqarilish muddatlari ko‘rsatiladi.
    Vaqtinchalik qoidalarda birdaniga amalga kiritish imkoni bo‘lmagan Konstitutsiyaviy normalarning amalga kiritilishi muddatlari, eski Konstitutsiyaviy normalarning yangilari bilan almashtirish tartiblari va muddatlari ko‘rsatiladi.

    Download 0.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling