Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
Mamlakatimiz Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat.
Muqaddima qisqa bo‘lib, ko‘tarinki ruhda yozilgan. Unda Konstitutsiyani xalq, ya'ni davlat hokimiyatining haqiqiy sohibi qabul qiladi va unda o‘z irodasini ifoda etadi. Agar birinchi bo‘lim Konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari yig‘indisidan iborat bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda inson huquqlari to‘g‘risidagi normalar mavjud. Respublika Konstitutsiyasining inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari to‘g‘risidagi bo‘limi keng berilishi Konstitutsiyaning mohiyatidan kelib chiqadi. «Shaxs-jamiyat-davlat» munosabatlarining tartibga solinishi Konstitutsiyaning tub mohiyatini tashkil etadi. Bunda shaxs omili birinchi o‘rinda qo‘yilgan. Uchinchi bo‘limda esa jamiyat va shaxs munosabatlari tartibga solinib, fuqarolik jamiyatining an'analarini tiklash, ijtimoiy uyushmalar va munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solib, ularning rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan normalar mavjud. To‘rtinchi bo‘lim ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishiga bag‘ishlangan. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi haqida alohida bob bor. Beshinchi bo‘lim davlat hokimiyatining tashkil etilishi deb nomlanib, unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidentning huquqiy maqomi, ijro hokimiyati, mahalliy davlat organlari, sud hokimiyatining huquqiy maqomlari ko‘rsatib o‘tilgan. Oltinchi bo‘lim Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibini o‘z ichiga oladi. Konstitutsiyani qabul qilishning asosiy xususiyatlari, Konstitutsiyani turlari. Konstitutsiyani qabul qilishning quyidagi usullarini ko‘rsatish mumkin: Ta'sis (Konstitutsiyaviy) majlis tomonidan. Braziliya (1988), Portugaliya (1976), Bolgariya (1991), Ruminiya (1991) Konstitutsiyalari shu usul bilan qabul qilingan. Amaldagi parlament tomonidan. O‘zbekiston (1992), Xitoy (1992), Tanzaniya (1977) Konstitutsiyalari misolida. Referendum yo‘li bilan. Rossiya (1993), Fransiya (1958), Qozog‘iston (1995), Kuba (1976), Chili (1980) kabi davlat Konstitutsiyalari referendum yo‘li bilan qabul qilingan. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda Konstitutsiyalar hadya etish yo‘li bilan ham qabul qilinadi. Hadya etishning 3 yo‘li mavjud: Mutlaq monarxiya sharoitida Konstitutsiyani o‘z xalqiga podsho, qirol, sulton, monarx hadya qiladi. Buni Nepal (1962), Saudiya Arabistoni (1992) Konstitutsiyalari misolida ko‘rishimiz mumkin. Mitropoliya mustamlakachi davlat o‘z mustamlakasiga Konstitutsiya hadya qiladi va uning mustaqil davlatligini tan oladi. Buyuk Britaniya 1979-yil Zimbabvega Konstitutsiya hadya qilgan. Harbiy yoki revolyusion Kengash Konstitutsiyani hadya qiladi. Masalan, Misr, Suriya, Iroq, Afg‘oniston Konstitutsiyalari shu tarzda qabul qilingan. Konstitutsiyani qabul qilish tartibi oddiy, joriy qonunlarni qabul qilishdan farq qiladi. Yangi Konstitutsiyalar odatda yangi davlat vujudga kelganda, mamlakat siyosiy tuzumi o‘zgarganda, davlatchilik rivojida jiddiy tub o‘zgarishlar ro‘y berganda qabul qilinadi. Konstitutsiyani tuzish va qabul qilishning bir qancha usullari bor. Albatta, Konstitutsiya loyihasini tayyorlashdan to qabul qilishgacha bo‘lgan barcha ishlarni parlament majlislarida uzluksiz amalga oshirish mushkul. Shu sababli Konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun maxsus Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etiladi. 1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston Republikasi Oliy Kengashi yangi Konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etgan edi. Umuman olganda, Konstitutsiyani tayyorlash, uni qabul qilish boshqa oddiy qonunlarni qabul qilishdan farq qiladi. Chunki Konstitutsiya — bu davlatning Asosiy qonuni, huquq tarmoqlarining manbai hisoblanadi, shuning uchun u boshqa qonun va normativ huquqiy hujjatlardan o‘zining yuridik kuchi bo‘yicha ustun turadi. Konstitutsiyani qabul qilish jarayoni oddiy qonunlarni qabul qilish tartibidan quyidagilar bilan farq qiladi: Oddiy qonunlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qonuniylik va sud-huquq masalalari qo‘mitasida va boshqa qo‘mitalarida ishlab chiqiladi va muhokama qilinib, navbatdagi yalpi majlisda qabul qilinadi. Konstitutsiya loyihasi esa Oliy Majlis palatalari tomonidan maxsus tarzda tuzilgan muvaqqat Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ishlab chiqiladi. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun tajribali siyosiy arboblar, jamiyat turmushining turli jabhalarida tanilgan mutaxassislar va huquqshunos olimlar jalb etiladi. Mazkur shaxslar oliy vakillik organi deputati bo‘lmasalar ham, Konstitutsiyaviy komissiyaga jalb qilinadilar. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayoni oddiy qonunlar loyihasini tayyorlashga nisbatan ancha davomli bo‘lib, mukammal ishlashni talab etadi. Konstitutsiya loyihasi matbuotda e'lon qilinib, albatta, umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi. Qabul qilingan Konstitutsiyani tasdiqlash marosimi ham turli davlatlarda har xil. Bunday tartib, asosan, federativ shaklda tashkil qilingan davlatlarda amal qiladi. Qabul qilingan Konstitutsiya barcha Federatsiya sub'ektlari tomonidan tasdiqlanishi, ya'ni ularning parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi shart bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan Konstitutsiyani ratifikatsiya qilish shart emas. Qabul qilingan Konstitutsiyani kuchga kiritish tartibi ham turli mamlakatlarda har xil belgilanadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda Konstitutsiyani kuchga kiritish alohida hal qilinadi. Ba'zi davlatlarda bu uni matbuotda e'lon qilish bilan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi u qabul qilingan kuni, ya'ni 1992-yilning 8-dekabrida alohida qonun bilan kuchga kiritildi. Konstitutsiyaning alohida xususiyatlaridan biri uning ta'sis etuvchilik, ya'ni yangi organlar tuzish, yangi qonunlar ijod qilish xususiyatidir. Konstitutsiya qabul qilinganidan keyin, davlatning butun yangi organlari tizimi hamda Konstitutsiyada ko‘rsatilgan qonunlar vujudga keladi. O‘zgartirilish tartibi (usuli)ga ko‘ra, «yumshoq» va «qattiq» Konstitutsiyalar bo‘ladi. «Yumshoq» Konstitutsiyalar oddiy qonunlar uchun belgilangan tartib asosida o‘zgartiriladi yoki to‘ldiriladi. «Qattiq» Konstitutsiyalar alohida o‘rnatilgan tartibga muvofiq (qo‘shimchalar taqdim etilgandan so‘ng ma'lum vaqt o‘tgach yoki malakali ovoz berish — deputatlarning 2/3 qismi ovozi bilan, Federatsiya sub'ektlarining hammasi ratifikatsiya qilgan taqdirda va hokazo) o‘zgarishi mumkin. Masalan, AQSh Konstitutsiyasiga ikki yuz yildan ortiq amal qilinishi mobaynida atigi 27 ta tuzatish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ham «qattiq» Konstitutsiyalar qatoriga kiritish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127, 128-moddalarida unga o‘zgartishlar kiritish tartibi mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin. Konstitutsiyaga 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11 -aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling