Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet72/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Xo‘sh, jaholatning o‘zi nima? U qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda? Jaholat – arabcha “jahila” fe'lining o‘zagi bo‘lib, bilmaslik ma'nosini anglatadi. Islom dinidan oldingi davrni “johiliyat davri” deb atalishining sababi ham shunda. Kishilar bilimsizligi, johilligi tufayli qiz bolalarni tiriklay ko‘mganlar, ayollarni odam o‘rnida ko‘rmaganlar, ularning hyech qanday haq-huquqlari bo‘lmagan, jamiyat jinoyat botqog‘iga botgan zamon bo‘lgan. Islom dini kelgach, jaholat o‘rnini ma'rifat egalladi. U ayol-qizlar sha'nini ko‘klarga ko‘tardi, uch qiz tarbiyalab, ularni turmushga bergan ona jannatiy bo‘lishi, jannat onalar oyog‘i ostida ekanini baralla aytdi. Kishilar ma'rifatli bo‘la boshladilar.
Afsuski, bugungi kunda ham jaholat turli ko‘rinishlarda o‘zligini namoyon qilmoqda. Shulardan biri, diniy bilimsizlikdir. Diniy savodi past bo‘lgan kishilar o‘zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko‘rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo‘ygan turli oqim vakillarining quruq va'dalariga aldanib qolmoqdalar, hatto, o‘zlarini qurbon qilishgacha yetib bormoqdalar. Bunday mudhish oqibatlarni keltirib chiqaruvchi bilimsizlikning oldini olishga davlatimiz katta e'tibor qaratayotganini ta'kidlash zarur. Haqiqiy diniy bilim olaman deganlarga keng imkoniyatlar yaratilgani – o‘rta maxsus islom bilim yurtlari, Toshkent islom istituti va Toshkent islom universiteti kabi o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatayotgani ham jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish borasida aniq amaliy ishlar qilinganining yorqin ifodasidir.
Johillik ham mutaassib oqimlarning g‘arazli niyatlarini amalga oshirishiga zamin yaratadigan omillardandir. Respublikamiz hududiga yashirin tarzda olib kirilayotgan ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, tarqatilayotgan varaqalardan ta'sirlanayotgan va to‘g‘ri yo‘ldan adashayotganlarning borligi ham buni tasdiqlaydi.
Buning oldini olishda, Prezidentimiz qayd qilganlaridek, “... bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo‘nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta'sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi”. Shu bilan birga davr fuqarolarimizning ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olish uchun qilayotgan ishlarimizni muntazam asosda takomillashtirishib borishni talab etayotganini ham alohida qayd etish lozim.


S Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlik va tinchlik uchun hamkorlik. Mintaqaviy muammolarni xalqaro doiraga olib chiqilishida Markaziy Osiyo respublikalarining o‘rni.
J Markaziy Osiyo davlatlarining u yoki bu davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarning ta'siriga tushib qolmasligi mazkur davlatlarning tashqi siyosatiga va ayniqsa, o‘zaro munosabatlariga bog‘likdir. Chunki Markaziy Osiyo aslida yagona siyosiy hududdir. Shunday ekan, Markaziy Osiyo davlatlari 1994 yilda imzolangan yagona iqtisodiy hududni tashkil etish shartnomasini qayta ko‘rib chiqishlari va iqtisodiy integratsiya jarayoniga katta e'tibor berishlari maqsadga muvofiq, bo‘lar edi. Hududning asosiy boyliklari (Turkmaniston bundan mustasno), ya'ni ishchi kuchi, suv va energetika resurslari, yer osti boyliklarining asosiy kismi Markaziy Osiyoning to‘rt davlati hissasiga to‘g‘ri keladi. Kelishilgan iqtisodiy siyosat orqali EKO, MDH, ShHTda ham muvaffaqiyatli faoliyat olib borish mumkin bo‘ladi. Aslida, iqtisodiy integratsiya ham juda murakkab jarayondir.
Mazkur masalaga pragmatik nuktai nazardan yondashadigan bo‘lsak, har qanday iqtisodiy hamkorlik siyosiy kelishuvlar orqali amalga oshadi, ya'ni iqtisodiy hamkorlik ma'­lum bir siyosiy aspektlarsiz amalga oshishi mumkin emas.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov birinchi bo‘lib Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy integra­siya masalasini ko‘tarib, 2001 yilning dekabr oyida «Mar­kaziy Osiyo hamkorligi» tashkilotini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu muammo Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida­gi munosabatlarda ma'lum bir qiyinchiliklarni vujudga keltirayotganini anglagan davlat rahbarlari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar. Natijada, 2002 yilning 28 fevralida Almatida mintaqa davlatlari rahbarlarining uchrashuvida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo‘stligi «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkilotiga aylantirildi va uning siyo­siy funksiyalari kengaytirildi.
Oxirgi o‘n yil mobaynida mintaqa rahbarlari tomonidan juda ko‘plab ishlar qilindi va natijada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik uchun yagona tizim o‘zagi shakllandi. Tan olmoq zarurki, ushbu tizimning yuzaga kelishi va shakllanishida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xizmatlari katta bo‘ldi.
Mintaqa davlatlarining rahbarlari tomonidan olib borilgan bu harakatlar o‘z natijasini bera boshladi. Hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan iqtisodiy integratsiya uchun huquqiy asos yaratilmoqda. Iqtisodiy, savdo va bojxona munosabatlarning takomillashib borishi natijasida, Markaziy Osiyoning ichida ham kelajakda eksport-import amaliyotlarining rivojlanishi va uning yuqori bosqichga ko‘tarilishini kutish mumkin.
Markaziy Osiyo atrofida kechayotgan jadal siyosiy jarayonlar mazkur mintaqaning yuksak ahamiyatga ega ekanligidan dalolat bermoqda. Zero, mintaqa xavfsizligi ko‘p jihatdan uning siyosiy ahamiyati, salohiyatini belgilovchi jug‘rofiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Shu o‘rinda Z.Bzejinskiyning “ushbu mintaqada ustunlikni kim qo‘lga kiritsa, shubhasiz geosiyosiy va iqtisodiy yutuqni qo‘lga kiritadi”, degan fikrini eslash o‘rinlidir.
Bu borada eng manfaatli hamkorlar bilan ish olib borish muhimligini ta'kidlab, mintaqada yetakchi davlatlar manfaatlarining shiddat bilan shakllanib borayotgangini inobatga olish zarur. Shu bilan birga, iqtisodiy manfaatlarini amalga oshira olmagan tashqi kuchlar diniy, millatlararo munosabatlar, hududiy muammolar, suv taqsimotiga oid masalalar kabi omillarga tayanib, mintaqadagi barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan, millatlararo munosabatlarda barqarorlikni ta'minlash mintaqaviy xavfsizlikning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, mintaqada suv taqsimoti masalalarida hukumatlararo komissiya ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, respublikalar o‘rtasida chegaralash ishlarini oxiriga yetkazish mintaqadagi kommunikatsion tizimning takomillashtirilishi uning iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini oshishiga olib keluvchi omil xisoblanadi.
Bundan tashqari, mintaqada, jumladan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarning mavzulariga e'tibor qaratish va ularning mintaqa ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta'siri to‘g‘risida amaliy tadqiqotlar olib borish hamda tegishli xulosalar chiqarish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu ma'noda manfaatlarning tengligi asosida, barcha, ayniqsa rivojlangan davlatlar bilan o‘zaro foydali hamkorlik o‘rnatish mintaqa mamlakatlarining dunyo iqtisodiy tizimiga tadrijiy hamda qonuniy tarzda integratsiyalashuvi hamda Markaziy Osiyo siyosiy ahamiyatining yanada kuchayishiga olib kelishi shubhasizdir.
Dunyo hamjamiyatining Markaziy Osiyoga nisbatan qiziqishi va manfaatlari juda kuchlidir. Shu bilan bir qatorda, aytish lozimki, tashqi kuchlarning siyosiy va iqtisodiy, ma'naviy va mafkuraviy manfaatlari ham yo‘q emas. Shuning uchun mintaqada joylashgan davlatlar bu muammolarning yechimini birgalikda izlab topishlari lozim bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishi va taraqqiyoti, uning xalqaro hamjamiyatga qo‘shilishi va ular bilan teng huquqli aloqalar o‘rnatishi ko‘p jihatdan tinchlikka bog‘liqdir. Tinchlik esa hamkorlikda ta'minlanadi.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti, NATO, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo hamdo‘stligi kabi tashkilotlarda ishtirok etish, mintaqani yadro qurolidan holi hududga aylantirish, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlar orqali mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta'minlashning mustahkam, effektiv mexanizmini yaratishga intilmoqdalar.
Markaziy Osiyo mintaqasi ham ko‘pgina muammolar yig‘ilib qolgan hudud hisoblanib, ushbu muammolarning hal qilinmasligi butun dunyoda zanjir reaksiyasini keltirib chiqarishi va insoniyat kelajagiga xavf solish ehtimolini yuzaga keltiradi. Ushbu muammolar qatorida Afg‘oniston masalasi, Orol muammosi, terrorizm va diniy ekstremizm, narkotik moddalarining noqonuniy aylanmasi, odam savdosi, hamda millatlararo totuvlikni ta'minlash, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu sababli mintaqamiz davlatlarining raxbarlari xalkaro hamjamiyatni ushbu muammolarga e'tiborini tortishga intilib kelmoqdalar. Ayniqsa, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bu boradagi sa'y-xarakatlari e'tiborga molik. Yurtboshimiz 1993 yildayoq BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so‘zlagan nutqida mintaqamizdagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar to‘g‘risida so‘z yuritib, Orol fojeasi, yadroviy xavfsizlik muammolari, Afg‘onistondagi birodarkushlik urushi va boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tgan edi.
2010 yilning 20 centyabr kuni bo‘lib o‘tgan BMTning «Ming yillik rivojlanish maqsadlari» mavzusidagi sammitida ham prezidentimiz so‘zga chiqib, Afg‘onistonda 30 yildan beri harbiy harakatlarning to‘xtamayotganligi va ushbu mamlakat muammolari manfaatdor davlatlar ko‘magida afg‘on xalqi tomonidan hal etilishi lozimligi, Qirg‘izistonda vujudga kelgan qonuniy hokimiyat vakumi natijasida shu yilning 11-14 iyun kunlari yuz bergan fojea oqibatlarini bartaraf etish va xalqaro mustaqil komissiya ishtirokida ushbu voqyealarni o‘rganish, Orol dengizi muammosi va mintaqadagi ayrim davlatlar tomonidan ekologik va texnogen fojealarga olib kelishi mumkin bo‘lgan GESlarni barpo etishga urinishlari masalalariga alohida e'tibor berdi.
Mintaqadagi eng katta muammolardan biri Orolbo‘yidagi ekologik halokat ekanligi bugungi kunda dunyo hamjamiyatiga yaqqol ko‘rinib qoldi. Bir avlodning ko‘z o‘ngida butun bir dengiz yo‘q bo‘lgan hol insoniyat tarixida hali ro‘y bermagan edi. Ushbu halokat sabablari antropogen xususiyatga ega va inson faoliyati, yangi yerlarning jadal sur'atlarda o‘zlashtirilishi va suv resurslaridan oqilona foydalanilmaganligi bilan bog‘liq. Natijada 60-yillardan boshlab, Amudaryo va Sirdaryoning Orolga quyilayotgan suvlari asta sekin kamayib bordi. 80-yillarning oxiriga kelib esa butunlay barham topdi. Shundan buyon dengiz sathi 20 metrga pasaydi, suvning minerallashuvi darajasi to‘rt baravargacha oshdi, dengiz tubining 33,4 ming kv.km.dan iborat qismi quridi va sahroga aylandi. Orol dengizining sobiq tubi endi atmosferaning zaharli tuz va chang-to‘zonlar bilan ifloslanish manbai sifatida ta'sir ko‘rsatmoqda. Orol dengizi ustidan G‘arbdan Sharqqa o‘tuvchi kuchli shamol oqimi aerozollar havoning yuqori qatlamlariga ko‘tarilishi va yer atmosferasida tez tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Olimlar Orol dengizi tubidan tuz va boshqa zaharli chang-to‘zonlar atmosferada afrozol tarkibi 5% ga ko‘payishiga olib kelayotganligini, bu esa, o‘z navbatida, dunyo miqyosida isish jarayoniga va iqlimning o‘zgarishiga ta'sir ko‘rsatayotganligini qayd etdilar.
Mutaxassislarning ma'lumotiga ko‘ra, har yili bu yerdan shamollar ta'sirida 75 tonnagacha tuz va qum ko‘tariladi, chang-to‘zonlar bo‘roni 300 kilometr va undan ko‘proq masofaga yetib boradi. Buning bevosita ta'sirini butun Markaziy Osiyoda va uning atrofida yashaydigan 35 mln kishi his etmoqda. Jahondagi eng yirik suv havzasi qurishi natijasida tabiiy muvozanatning buzilishi hatto Skandinaviyada ham kuzatilmoqda. Lekin Orol halokati Markaziy Osiyoning yagona ekologik mauammosi emas. Mintaqada barcha zamonlarda hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga ham alohida e'tibor berish zarur. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo suv resurslarini yagona tizimini parchalanishi ro‘y berdi. Mamlakatlar o‘rtasida daryolarning suvlaridan yo sug‘orish, yo energetika maqsadlarida foydalanish bo‘yicha manfaatlar to‘qnashuvi keskinlashdi. Suvdan foydalanish hajmlari o‘sib borayotgan sharoitlarda suv resurslari cheklanganligi ham o‘z ta'sirini ko‘rsata boshladi.
Shu bilan birga mintaqada katta xavf va muammolardan yana biri yadro quroli va raketa texnologiyalarining tarqalishi va ular ustidan nazorat sohasida jiddiy muammolar vujudga kelishi ehtimoli mavjud. Ayni vaqtda oddiy va strategik qurol-aslahalar haddan tashqari ko‘payishi muammosi saqlanib qolmoqda. Mintaqaviy va dunyo miqyosida xavfsizlikka tahdid solayotgan bu jarayonlar ustidan qattiq xalqaro nazoratni ta'minlash masalasi dolzarb bo‘lib qolayotir. Shu munosabat bilan mintaqa mamlakatlari O‘zbekiston Respublikasi BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ilgari surgan va Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e'lon qilish tashabbusini mantiqiy nihoyasiga yetkazishlari lozim. Bu qadam mintaqa davlatlari yadro qurolini tarqatmaslik va qurolsizlanish umumiy jarayoniga faol qo‘shilayotganligidan dalolat beradi. Pirovard natijada bu, dunyo miqyosida strategik xavfsizlikni ta'minlashga qo‘shilgan muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda Markaziy osiyo mamlakatlari to‘qnash kelayotgan jiddiy muammolar va tangliklar shunga olib kelmoqdaki, mintaqada strategik noaniqlik, uning rivojlanish istiqbollarida nooydinlik saqlanib kelmoqda.
O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jahon jamoatchiligi e'tiborini Afg‘onistondagi fuqarolar urushini to‘xtatish muammosiga qaratib keldi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 1993 yildayoq BMT min-baridan turib, bu muammoni hal etishning dastlabki qadami sifatida ayrim davlatlarning muxolifat tomonlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishini taqiqlash haqida qaror qabul qilishga, muxolifat tomonlarni esa Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirdi.
Shu maqsadda tolibon hukumati hamda Shimoliy Alyans vakillarini muzokaralar stoliga o‘tqazishga harakat qildi. Bunday uchrashuvni Toshkentda o‘tkazishni taklif etdi. Va, nihoyat, 1998 yil Toshkentda «6+2» deb shartli nom bilan ataluvchi davlatlar (Eron, Pokiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, shuningdek AQSh va Rossiya) vakillarining uchrashuvini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Unda tolibon va Shimoliy Alyans vakillari ham qatnashdi. Uchrashuv so‘nggida «Toshkent Dekloratsiyasi» deb nomlangan hujjat qabul qiiindi. Uzoq yillardan beri davom etayotgan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish muammosini bir uchrashuv bilan hal etib bo‘lmasdi. Shunday bo‘lsa-da, Toshkent uchrashuvi o‘tkazilishining o‘zi jahon hamjamiyati e'tiborini yana bir bor bu muammoga qaratishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shu munosabat bilan BMT shafeligidagi "6+2" guruhi yordamida bundan keyingi tinchlik jarayoni istiqbollari qanday bo‘lishi haqida davlatimizning birinchi rahbari I.Karimov o‘z fikrlarini bayon etganlar. Ular quyidagilardan iborat:

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling