Markaziy Osiyoda hamkorlik
Download 16.89 Kb.
|
1 2
Bog'liqERKINOV. I MARKAZIY OSIYODA..
Markaziy Osiyoda hamkorlik Oʻzbekiston 1991-yil mustaqillikka erishgandan soʻng dunyo hamjamiyatining toʻlaqonli aʼzosi sifatida oʻzining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshira boshladi. Oʻtgan 30 yil mobaynida oʻzbek diplomatiyasi katta yoʻlni bosib oʻtdi. Bugungi kunda Oʻzbekiston dunyoning 134 mamlakati bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatgan va xorijiy mamlakatlarda 35 ta elchixona, 17 ta bosh konsulxona va xalqaro tashkilotlar huzurida 3 ta doimiy vakolatxona faoliyat olib bormoqda. 2017-yildan boshlab oʻzbek diplomatiyasida sifat jihatdan butunlay yangi sahifa ochilib, respublikamizning xalqaro maydonda olib borayotgan faoliyati yangi bosqichga chiqdi, deb aytish mumkin. Buning asosoiy sababi – mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan dunyoga ochiqlik siyosati, birinchi navbatda yaqin qoʻshnilarimiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik yangi bosqichga olib chiqildi. Davlatimiz rahbari tashqi siyosatda amalga oshirilishi moʻljallangan birinchi navbatdagi vazifalar xususida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida alohida taʼkidlab oʻtdi. Chorak asrdan koʻproq vaqt davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida bir qator muammolar vujudga kelgan edi. Suv-energetika resurslari va transport kommunikatsiyalaridan foydalanish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish va chegara punktlarini kesib oʻtish kabilar shular jumlasidandir. Tanlangan yangi tashqi siyosat yoʻnalishiga mos ravishda, Oʻzbekiston rahbari soʻnggi 3 yil mobaynida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan mintaqaviy xavfsizlik, tinchlik va osoyishtalik hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyotga oid dolzarb masalalarni birgalikda hal etishga qaratilgan konstruktiv muloqotni olib bormoqda. Xorijiy davlatlar, xalqaro ekspertlar Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari faollashganini Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida ish boshlagan davr bilan bog‘lashadi. Bu jarayonda O‘zbekiston yetakchisining amaliy harakatlari va tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etayotgani e’tirof etiladi. Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida yuritayotgan tashqi siyosati, avvalo, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minladi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston, shuningdek, mintaqamizning investitsion jozibadorligiga yo‘l ochdi. Prezidentimizning Oliy Majlisga so‘nggi murojaatnomasining tashqi siyosat bo‘limida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlat yetakchisi tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlash alohida e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tgan yili Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etilib, joriy yil 15−16 iyul kunlari poytaxtimizda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston prezidentining Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining yillik maslahat uchrashuvlarini tashkil etish tashabbusi ham mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Birinchi shunday uchrashuv 2018 yili Nursultonda, ikkinchisi 2019 yili Toshkentda o‘tkazilgan bo‘lsa, uchinchisi pandemiya sabab 2021 yilga qoldirilgan. Shunisi ahamiyatliki, davlatimiz rahbari ilk xorijiy tashriflarini 2017 yilning mart oyida Markaziy Osiyo davlatlaridan boshladi: avval Turkmaniston va Qozog‘iston, so‘ng Qirg‘iziston va Tojikistonga tashriflar amalga oshirildi. Ushbu tashriflar chog‘ida biznes forumlar o‘tkazilib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo bitimlarning salmoqli paketlari imzolandi. Bu esa O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq, kooperatsion aloqalarni rivojlantirishga xizmat qildi. Bundan tashqari, qo‘shni davlatlarning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish va mintaqaviy iqtisodiy forumlar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Prezidentning Parlamentga har yili murojaat qilish amaliyoti dunyoning koʻplab mamlakatlarida mavjud. Unda yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak boʻlgan strategik maqsad va vazifalar belgilab beriladi. Oʻzbekiston tarixida birinchi marta respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil dekabr oyida Oliy Majlisga murojaat qildi va tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishi yaqin qoʻshnilar bilan konstruktiv muloqot va kuchli tashqi siyosat olib borish ekanligini taʼkidladi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston rivojlanishining besh ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yoʻnalishi ochiq, konstruktiv va oʻzaro manfaatli tashqi siyosat olib borishni, shu jumladan, Oʻzbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik kamarini yaratishni koʻzda tutadi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik mamlakatimiz uchun juda muhim ekanini yana bir bor koʻrsatadi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan boʻlib, mintaqadagi barcha davlatlar oʻrtasidagi muhim boʻgʻin hisoblanadi va mintaqaviy hamkorlikning asosiy katalizatori boʻlib hisoblanadi. Soʻnggi 3 yil mobaynida olib borilgan muloqot natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi ishonch muhiti yaratildi, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan munosabatlar mustahkamlanmoqda. 2017-yildan buyon mamlakatimiz oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish va mintaqada xavfsizlikni taʼminlash maqsadida barcha yoʻnalishlarda ochiq tashqi siyosat olib bormoqda. Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va oʻzaro ishonchni kuchaytirish, mavjud muammolarni oʻz vaqtida hal etishning muhim mexanizmi sifatida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil noyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil qilishni taklif qildi va bu tashabbus mintaqa mamlakatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi 2018-yil 15-mart kuni Ostonada (hozirgi Nur-Sulton) boʻlib oʻtdi. Sammitda siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va qurol-yarogʻ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki yagona madaniy va sivilizatsiya makonidir, deya eʼtirof etildi. 2018-yil 22-iyun kuni BMT Bosh assambleyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash maqsadida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish" rezolyutsiyasini qabul qildi. Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrikaning 55 mamlakati hujjatga hammualliflik qildi va rezolyutsiya BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi. Rezolyutsiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni taʼminlashdagi, shuningdek mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim rolini eʼtirof etadi. Hujjatda Bosh assambleya Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashi taʼkidlangan. Undan tashqari Markaziy Osiyo Davlatlari o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Download 16.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling