Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi


Download 18.37 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi18.37 Kb.
#265042
  1   2
Bog'liq
alisher


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qo‘shnilar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab berildi.

Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo‘layotgan edi. O‘tgan yili O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o‘sib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo‘ljallanayotganini ta’kidladi.

Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog‘liqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lgan hamda shunday bo‘lib qolajak.

Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta’minlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yo‘lini ta’minlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog‘lashi mumkin.

Shuning uchun ham Afg‘onistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o‘rinli. Bu esa, o‘z navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Afg‘oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afg‘on muammosini hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga faol qo‘shildi. O‘zbekiston — Afg‘oniston munosabatlari yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo bo‘yicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan O‘zbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir.

Bugun Toshkent Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha izchil hamda qat’iy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan o‘zaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bo‘lmoqda. Prezidentlar do‘stona va samarali, o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga erishdilar. Shu ma’noda aytganda, o‘tgan yili dekabr oyida Afg‘oniston Prezidenti Ashraf o‘anining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qo‘shma hujjatni, shuningdek, qo‘shni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bo‘lgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bug‘doy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi.

Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. O‘tgan bir yarim yil ichida Afg‘oniston Islom Respublikasidan O‘zbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu o‘zbek — afg‘on munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan.

Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston — Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining ilk majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bag‘ishladi.

Birinchidan, 2017 yilning o‘zida o‘zaro savdo aylanmasi 15 foiz o‘sib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz o‘sdi. Va e’tiborlisi, bu bir yilning alohida ko‘rsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.

Kobulda O‘zbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida tovarlar ko‘rgazmasi faoliyat yuritadi. 2017 yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda “UzTrade” shourumi (ko‘rgazma zali) ochildi. Unda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari o‘rin olgan. Bugungi kunga qadar “UzTrade” kompaniyasi afg‘onistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani beg‘araz yetkazib berdi.

Termizda faol hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona terminaliga ega bo‘lgan xalqaro logistika markazi tashkil etildi. U ikki mamlakat o‘rtasida eksport-import hamda tranzit yuk oqimlariga va Yevropa hamda Osiyo bozorlariga chiqishga ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, O‘zbekistondan Afg‘onistonga yiliga 300 ming tonna mineral o‘g‘it, 2 ming dona qishloq xo‘jaligi texnikasi, 250 ming tonnagacha g‘alla va afg‘on bozorida talab yuqori bo‘lgan boshqa mahsulotlarni uzoq muddatli yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shu bilan birga, avtomobil, qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqarish hamda to‘qimachilik sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rilayapti. O‘zbekistonlik mutaxassislarning Shimoliy Afg‘onistonda istiqbolli neft va gaz konlarini o‘zlashtirishga ko‘maklashishi imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Ikkinchidan, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlik natijasida Mozori Sharif — Hirot yo‘nalishi bo‘yicha transafg‘on transport yo‘lagini yaratish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi. Ushbu yo‘lak ilgari O‘zbekiston tomonidan qurilgan birinchi transport yo‘lagi — Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘lining davomi hisoblanadi. U Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda mazkur magistral orqali Afg‘oniston importining katta qismi olib kirilmoqda. Ular orasida insonparvarlik yuklarining hajmi katta o‘rin tutadi.

Osiyo taraqqiyot banki hisob-kitoblariga ko‘ra, Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘li foydalanishga topshirilishi natijasida mingdan ortiq kishilar ishli bo‘lishdi. Temir yo‘l bo‘ylab afg‘onlar bandligi o‘sish sur’atlari yiliga 10-11 foizni tashkil etdi. Mozori Sharif — Hirot temir yo‘li loyihasini amalga oshirish Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga katta hissa qo‘shadi. Qatnovning yo‘lga qo‘yilishi Afg‘oniston tashqi savdo aylanmasini 50 foiz ko‘paytirish imkonini beradi. Jumladan, temir yo‘l liniyasi qurilishi yakunlanganidan so‘ng birinchi yilda yuklar tranziti hajmi taxminan 5,3 million tonna, istiqbolda esa yiliga 15 million tonnaga yetishi mumkin.

Shu bilan birga, Afg‘oniston bilan transport hamkorligining boshqa yo‘nalishlari ham jadal kengayib bormoqda. Masalan, 2017 yilning noyabridan Toshkent va Kobul o‘rtasida doimiy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Avtomobil tashuvlari sohasida ham hamkorlik faol rivojlanmoqda. O‘tgan yili 2016 yildagiga qaraganda O‘zbekiston hududi orqali olib o‘tilgan Afg‘oniston yuklari hajmi 70 foiz oshdi.

Uchinchidan, Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash ishlarining muvaffaqiyatli kechishida energetika sohasidagi aloqalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi sir emas. O‘zbekiston 15 yildan ortiq muddat davomida elektr energiyasi yetkazib berish borasida Afg‘onistonning ishonchli sherigiga aylandi. Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi hajmi 2002 yildagiga qaraganda 30 baravar ko‘paydi. 2018 yilning yanvaridan O‘zbekiston Afg‘oniston uchun eksport qilinayotgan elektr energiyasi narxini 35 foiz arzonlashtirdi.

Afg‘oniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi davomida 260 kilometrlik Surxon — Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi. Uning 45 kilometri O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Loyihalash uchun trassaning koordinatlari kelishildi. Hozirgi paytda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilayapti.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida energetika sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar ko‘p jihatdan multiplikativ samara beradi. Ya’ni Kobulga elektr uzatish liniyasi qurilishi aholi uchun o‘tkir — elektr tanqisligi muammosini hal qilibgina qolmasdan, ishlab chiqarish quvvatlarini, yangi korxonalarni ishga tushirish, ish o‘rinlari yaratishda qo‘shimcha imkoniyatlar eshigini ochadi.

To‘rtinchidan, ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari ham sifat jihatidan yangi bosqichga chiqmoqda. Masalan, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Termizda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi ochildi. Unda Afg‘oniston turli sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlanadi. Bu borada istiqbolli yo‘nalish sifatida temir yo‘l transporti va servisi sohasi uchun kadrlar tayyorlash belgilab olingan.

O‘zbekiston erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmoqchi emas. Toshkent umummintaqaviy ahamiyatga ega transport loyihalarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, Afg‘onistondagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlagan holda, mamlakatning tinch-osoyishta ravnaqiga ko‘maklashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi. Bular esa pirovardida butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi hamda taraqqiyotining garoviga aylanadi.


Download 18.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling