Marketing alifbosi


Marketingni joriy qilishning uchta muhim jihatlari: maqsadlari, marketing xizmati vakolatlari, rejalashtirish


Download 67.08 Kb.
bet5/7
Sana17.09.2023
Hajmi67.08 Kb.
#1680245
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MARKETING ALIFBOSI2

Marketingni joriy qilishning uchta muhim jihatlari: maqsadlari, marketing xizmati vakolatlari, rejalashtirish


MAQSADLARNI TANLASH. Ko`pchilik rahbarlar hozirda o`z korxonalarining asosiy maqsadi deb maksimal foyda olishni hisoblaydilar. Biroq bu tanlov unchalik ham to`g`ri emas. Chunonchi, agar korxona o`z oldiga uzoq istiqbolni ko`zlab maqsadlar qo`ygan bo`lsa (marketing faoliyati aynan shunday hisoblanadi), u holda u ITTKI larga, asosiy kapitalga, kadrlarni ishlab chiqarish tayyorgarligi va malakasini oshirishga ko`proq mablag`larni kiritishi lozim. Bu tadbirlarning barchasi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va foydaning pasayishiga olib keladi. Ko`pincha yaqin istiqbolga maqsad qo`yishda ham maksimal foyda olish haqida gapirish mumkin emas. Masalan, agar korxona yangi bozorga kirmoqchi bo`lsa, u holda dastlabki paytlarda u hech qanday foyda olmasligi, xattoki zararga duch kelishi ham mumkin. Bundan tashqari, ayrim mamlakatlarda belgilangan progressive foyda solig`i shunga olib kelishi mimkinki, korxonaga rejalashtirilganidan ortiq foyda olish nafsiz bo`lib chiqishi ham mumkin. Mashhur yapon firmasi “Matsusita Denki” asoschisi – Konosuke Matsusitaning fikriga ko`ra, faqatgina – unca ko`p bo`lmagan va – uncha kam bo`lmagan ongli foyda olgandagina, korxona o`z faoliyatini kengaytirishi mumkin.
Marketingni qo`llashni ko`zlagan korxonalarning maqsadlari qanday bo`lishi kerak? Marketingning tan olingan ilg`orlari bo`lgan – yapon firmalari tajribasidan kelib chiqib, asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat bo`lishi kerak (ustuvorligi tartibida sanab o`tilgan):
- sotish hajmi;
- o`sish surati (sotish yoki foyda hajmi);
- bozordagi ulush;
- ko`zlangan foyda, u foyda o`lchami, foydaning sotish hajmi, butun kapitalga foyda normasiga nisbati, foydaning aktsionerlik kapitaliga nisbati va h.k.z larda namoyon bo`lishi mumkin;
- kapitalning tuzilishi, yani subsidiyalangan kapitalning aktivlar umumiy summasiga nisbati (Yaponiyada u taxminan 20% ni tashkil etadi).
Ushbu ro`yxat bir qancha boshqa maqsadlar bilan to`ldirilishi mumkin. Masalan: mahsulot sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va h. k. z. (maqsadlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun IX Bobga qarang).
Maqsadlarni ishlab chiqishda shunga e’tibor berish kerakki, ular korxona xodimlari maqsadlarini aks ettirishi lozim. Aks holda ishlovchilarni ishlab chiqarish jarayonidan “ichki o`chib qolishi” ro`y beradi. Har qanday yapon ishchisi o`z firmasining vazifalarini osonlik bilan sanab bera oladi, chunki uning o`zi bu vazifalar bajarilishidan bevosita manfaatdor sanaladi.
Shuni tushunish muhimki, korxonada marketingni tadbiq etish uchun tegishli xizmatni tuzib qo`yishning o`zigina yetarli emas. Muhimi, ushbu xizmatning qahday maqomga egaligida.
Marketing bo`limi diqqat markaziga mahsulotning pirovard iste’molchisi bilan bog`liq bo`lgan barcha muammolar tushadi, vaholanki, ayni paytda boshqa bo`linmalar o`z e’tiborlarini turli alohida vazifalarni bajarishga jamlaydilar. Shuning uchun marketing bo`limining funktsiyasi sifatida barcha faoliyatni muvofiqlashtirishni tan olish tabiiy hol hisoblanadi. U ishlab chiqarish jarayonida etakchi bo`g`in bo`lishi uchun, uning maqomini boshqa bo`linmalar ichida eng yuqorisi etib belgilash zarur. Bu – korxonaning real tarzda marketingga yonalgan bo`lishining garovidir.

Download 67.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling