Маркетинг асослари (dmr-91)


Multimedia - texnologiyalar


Download 99.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana29.01.2023
Hajmi99.79 Kb.
#1139073
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Glossariy

Multimedia - texnologiyalar - 1) reklama faoliyatini rejalashtirish, tashkil tatbiq boshqarish jarayonida foydalaniluvchi zamonaviy
audio-, tele-, vizual va virtual kommunikatsiya vositalari majmui; 2) marketingni boshqarish tizimini tashkil etish tizimiga kiritiluvchi tovar
va xizmatlarni harakatlantirish usul va vositalari.
Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega bo‘lish uchun to‘lashlari lozim bo‘lgan pul miqdori. Firma


belgilagan narx qabul qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi, marketing-miksning samarali vositasi.
Narx hosil bo‘lishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda qo‘llanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar
liniyasiga asoslangan va raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud.
Narx siyosati - narxni va narx hosil bo‘lishini boshqarish tadbir va strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va
bozor kon’yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash san’ati.
O‘rov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material. Tovar ishlab chiqarilgandan so‘ng uning xususiyatlarini saqlash
hamda yukni tashishda qulaylik yaratish uchun mo‘ljallanadi; 2) muhim reklama manbai.
Press-reliz - gazeta va jurnallar, tele va radio redaksiyalari ularni qiziqtirayotgan ma’lumotlarni olishi mumkin bo‘lgan byullenten, pablik
rileyshnz vositasi.
Prognozlash (prognoz qilish) usuli - o‘rganilayotgan ob’ektning utmishdagi va hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy
asoslangan oldindan ko‘ra bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5) yilgacha, o‘rta muddatli (5 yil)
va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. Taqdim etish shakliga ko‘ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot ob’ektlarini
qamrab olish bo‘yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi.
Raqobat - 1) alohida shaxslar o‘rtasida har biri o‘zi uchun shaxsan erishini maqsad qilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar
o‘rtasida kattaroq foyda olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun kurash; 2) moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, sotish va
iste’mol qilish jarayonida bozor tizimi sub’ektlarining kommunikatsiyasi, kurashi, o‘zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor
munosabatlarining tartibga soluvchisi.

Download 99.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling