unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo’ladi. Chunki,
bozorda ro’y berayotgan o’zgarishlarning jadalligi, o’zaro bog’liqligi va
ta’sirchanligi yuqoridir.
Shu sababdan, o’iganilayotgan jarayon yoki obyekt xususida axborot olish,
uning imkoni boricha to’laligini, ishonchliligini ta’minlash talab etadi, bunday
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarzda axborot olish uslubi bo’lib-kuzatish uslubi hisoblanadi.
Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko’p qo’llaniladigan
axborot yig’ish uslubi sanaladi. Kuzatish o’z navbatida bir qator turkumlash
belgilariga ko’ra farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy statistikaga oid darsliklar va
o’quv qo’llanmalarida yetarli ma’lumotlar berilgan.
Kuzatish asosida o’iganilayotgan obyekt yoki jarayonga xos bo’lgan axborotni
yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. Yoppasiga kuzatish muayyan
majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday
kuzatish odatda ko’p vaqt, mablag’ talab qiladi va uning natijalari tarmoqlararo
ehtiyojlami qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, aholini ro’yxatga olish,
tegishli xududdagi sanoat va savdo korxonalarini ro’yxatga olish va hokazolar.
Tanlama kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko’proq qo’llaniladigan uslub
hisoblanadi. U yoppasiga kuzatishdan bir necha xususiyatlariga ko’ra farqlanadi
va yetarlicha afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat.
Birinchidan, tanlama kuzatishda yechiladigan ma’lumotlar tez fursatlarda
amalga oshiriladi. Bu esa bozor xususida tezkor axborot yig’ish va qaror qabul
qilish jarayoni uchun o’ta muhimdir.
Ikkinchidan, tanlama kuzatish yo’li bilan olinadigan axborot majmuaning
ko’p qirraligini va xususiyatlarini atroflicha o’rganish imkonini beradi. Natijada
Do'stlaringiz bilan baham: |