Marketing mohiyati va funksiyalari


Download 18.8 Kb.
Sana19.11.2023
Hajmi18.8 Kb.
#1786992

Marketing mohiyati va funksiyalari
Zamonaviy marketing bu korxonaning yuqori foyda olish maqsadida xaridorlarning real so‘rovlari va bozorni kompleks o‘rganish asosida xizmat ko‘rsatish, tovar ishlab chiqarish va sotish faoliyatini tashkil etish tizimidir. Aytish mumkinki, biznes-rejaning barcha yuo‘limlarini shakllantirish marketingning ulkan salohiyatidan to‘liq va keng miqѐsda foydalangan holda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishga asoslanadi.Marketingda asosiysi ikki ѐqlama va bir-birini to‘ldiruvchi ѐndashuvdir. Bir tomondan korxonaning butun faoliyati, ayniqsa, uning mahsulotni ishlab chiqarish va sotish dasturini yaratish, fan-texnika tadqiqotlari, kapital qayilmalar va boshqalar bozor va undagi o‘zgarishlarni chuqur bilishga asoslansa, ikkinchi tomondan bozorga va mavjud talabga faol ta'sir ko‘rsatish, ya'ni ehtiѐjlar va iste'molchlik afzalliklarini shakllantirish turadi. Bundan marketingning asosiy tamoyili ishlab chiqarishning yakuniy natijalari iste'molchilar talab va takliflariga yo‘naltirilishi kelib chiqadi.Ushbu kompleks vazifani bajarish uchun marketing tahliliy, ishlab chiqarish va sotuv funksiyalarini bajarishi lozim. Tahliliy funksiya asosan iste'molchilar va raqobatdoshlarni, shuningdek, tovar harkatlanishi va sotuv xarakteri, narx hosil bo‘lish tizimi va reklamani o‘rganishga borib taqaladi. Shu bilan birga korxonaning chiki muhiti, uning ishlab chiqarish imkoniyatlari, raqobatbardoshligi va hokazolar ham tahlil qilinadi.Ishlab chiqarish funksiyasi doirasida quyidagi funksiyalar bajariladi:
• yangi tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
• yanada mukammal texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
• ishlab chiqarishni moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlash;
• mahsulot sifati va uning raqobatbardoshligini baholash.
Sotuv funksiyasiga quyidagilar kiradi:
• tovarni harakatlantirish tizimini tashkil etish;
• servisni tashkil qilish;
• talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirish tizimin tashkil etish;
• maqsadli yo‘naltirilgan tovar siѐsatini amalga oshirish;
• narx siѐsatini yurgazish.
Marketingda boshqaruv va nazorat funksiyasi ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, u quyidagilarni nazarda tutadi:
• korxonada strategik va operativ rejalashtirishni amalga oshirish;
• jamoani boshqarishning axborot ta'minoti;
• korxonada kommunikasiya tizimini tashkil qilish;
• marketing nazoratini tashkil qilish (teskari aloqa, vaziyat tahlili).
Marketingning bu va boshqa funksiyalari uning asosiy vazifasi – tadbirkorlik muhiti dinamikasini kuzatish, ya'ni atrof-muhitning rejalashtirish xarakteri va tendensiyalari biznesni yuritishga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi ѐki uning oldiga to‘siqlar qo‘yishini kuzatishni ta'minlashi lozim. Tadbirkorlik muhitini tahlil qilish va baholashda avvalo quyidagi omillar hisobga olinishi lozim:
1) iqtisodiy reallik – ichki milliy mahsulot, dispersion ѐndashuv, ya'ni ayni paytda erishilgan turmush darajasi;
2) ijtimoiy omillar – aholi tarkibi, qadriyatlar, raqobat, tendensiyalar;
3) texnik rivojlanish darajasi – texnik taraqqiѐt, bozorning texnik taraqqiѐtni sezuvchanligi;
4) huquqiy-normativ muhit – qonunchilik, normativ hujjatlar.
Agar tadbirkorlik muhiti korxonaga tanlangan biznes sohasida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishga imkon bersa, marketing xizmatining faoliyati u ishlashi lozim bo‘lgan tovar bozoriga qaratilishi lozim. Bunda korxonaning bozorga chiqishida uch variant mavjud: qo‘shilish, ilgari mavjud bo‘lganni saqlab qolish va kamayish.U ѐki bu yo‘nalishni tanlash ko‘plab masalalarni bajarishga, birinchi navbatda korxonaning yuqori sifatli raqobatbardosh mahsulot chiqarish imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Biroq bungacha boshqa masalani hal qilib olish kerak: korxona u chiqaraѐtgan ѐki mo‘ljallaѐtgan mahsulotga talab qanday vujudga kelishi, uning narx o‘zgarishi qanchalik moslashuvi va bu moslashuvchanlikning yakuniy natija foyda(daromad)ga qanchalik ta'sir ko‘rsatishini bilishi lozim.Umuman olganda biznes strategiyasida marketingning mohiyati to‘rtta «P» – mahsulot (product), harakatlantirish (promotion), joy (place) va narxni (price) bajarishga borib taqaladi va hozirgi kunda iqtisodiy nazariyada «marketing formulasi» deb nomlanadi. Ushbu formulaning mohiyati shundaki, mahsulot (tovar) taklifi, narx belgilanishi, joy tanlanishi va sotuvni rag‘batlantirish marketingning mohiyatini aks ettiruvchi yagona jaraѐn siftaida ko‘rib chiqiladi.
Download 18.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling