Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolutsiyasi I. Kirish II. Asosiy qism 1 Marketing tushunchasi va uning mohiyati
Download 78 Kb.
|
Marketing Baxtiyar Mustaqil iw
Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolutsiyasi I. Kirish II. Asosiy qism 2.1 Marketing tushunchasi va uning mohiyati 2.2 Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari 2.3 Marketing konsepsiyasi va evolutsiyasi I. Kirish Marketing inglizchadan “market” – bozor, bozordagi harakat, faoliyat, ya’ni bozor faoliyatini o‘rganish ma’nosini anglatadi. Marketing tushunchasi bozor bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Marketing murakkab, ko‘p qirrali tushunchadir. Marketing- korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda boshqarish shaklidir. «Marketing» ga «sotish» va «reklama qilish»dan ham ko‘proq aloqador boshqa muhim jihatlarini o‘rganish uchun velosipedni misol qilib olamiz. Hech kim velosiped minib tug‘ilmagan. Hech kim o‘zi uchun velosiped yasamagan. Balki biz uchun mashhur Schwinn, Performance, Huffy yoki Murray firmalari velosipedlarni yasaydi. Barcha velosipedlar bir xil vazifani bajaradi, ya’ni haydovchini manzilini yaqin qilish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga eltib qo‘yish. Lekin haydovchi turli xil model va dizayndagi velosipedlardan xohlaganini tanlashi mumkin.Velosipedlar odatda turli xil o‘lchamda, ayollar, erkaklar, bolalar, qariyalar uchun yoki ikki kishilik, savatchalik, 4 oyoqlik, arzon, qimmat va hokazo bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi xilma – xilliklar velosiped ishlab chiqarish va sotishni chigallashtiradi. Shuning uchun velosiped ishlab chiqaruvchi kompaniya velosiped ishlab chiqarishdan oldin va keyin quyidagi ishlarni amalga oshirishi zarur. 1. Iste’molchilar ehtiyojini tahlil qilish. 2. Velosiped turini bashorat qilish. 3.Yaqin orada qancha odam velosiped haydashini baholash. 4.Odamlar qachon velosiped sotib olishini bashorat qilish. 5.Velosiped haydovchilari qayerda ko‘p bo‘lishi va ularni topish. 6.Velosiped sotib olish uchun odamlar qancha pul sarflashini taxmin qilish. 7.Ushbu kompaniya velosipedlarini mijozlarga tanishtrish uchun qanaqa aksiyalar o‘tkazish. 8. Yana nechta raqobatchi korxona bor, ular qancha velosiped ishlab chiqaradi, turi va narxi qanday? 9. Agar mijozlar velosipedni sotib olgach muammolarga duch kelsa, ularga qanday qilib xizmat ko‘rsatish? Yuqoridagi harakatlar ishlab chiqarishning emas, balki kengroq jarayon, ya’ni – «marketing»ning – ajralmas bosqichlaridir.Yuqoridagi haraktlarni to‘g‘ri bajarish ishlab chiqarishni to‘g‘ri yo‘nalishga boshlab, faqat kerakli mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda o‘z mijozini aniq topishga yordam beradi. Download 78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling