«Marketing» nimani anglatadi?


Download 44.7 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi44.7 Kb.
#1127387
Bog'liq
marketing. ZYSh


«Marketing» nimani anglatadi?
A. umuhtojlik va ehtiyojni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan inson
faoliyatidir
Tovar nima?
B. ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga eʼtiborni tortish, sotib
olish, ishlatish yoki isteʼmol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir
Bozor nima?
A. u mavjud va potentsial xaridorlar yigʼindisidir
Bozorning qanday turlari mavjud?
B. jahon, hududiy, milliy, mahalliy,ayrim tovarlar va xizmatlar bozori
Bozorda kim «shohdir»?
B. xaridor
Raqobat nima?
A. u aynan bir maqsadga erishish uchun bir qancha shaxslarni (bir xildagi tovarlar
ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat koʼrsatuvchilar oʼrtasidagi) kurash faoliyatidir
Bozorda narx qaysi omillar natijasida shakllanadi?
C.talab, ishlab chiqarish, marketing va boshqa xarajatlar, foyda va raqobat omillari
natijasida
Narxning oʼsishiga qaysi omillar taʼsir etadi?
C. talabning taklifdan koʼpligi, ish xaqining mehnat unumdorligidan tez oʼsishi,
asosiy kapital, ishchi kuchiva yerdan samarasiz foydalanish va hokazolar
Bozorda narxning pasayishiga qaysi omillar taʼsir etadi?
B. taklifning talabdan koʼpligi, mehnat unumdorligi, tovar ishlab chiqarish hamda
xizmat koʼrsatishningoʼsishi, kapital, ish qurollari, ishchi kuchi va yerdan samarali
foydalanish va hokazolar
Bozordagi talabning qay darajaligiga qarab unga mos marketing turlari qancha?
B. marketingning sakkiz turi mavjuddir
Аyirboshlash nima?
A. biron-bir shaxsdan oʼziga kerakli boʼlgan obʼektni olish uchun uning evaziga
biron-birnarsani taklif etish akti (harakati)
Marketing «gʼoyasi» nima?
A. u kishilar miyasida vujudga kelib, hayotda amalga oshiriladigan yangi narsalar
obrazidir
Ehtiyoj nima?
B. individ shaxsning madaniy darajasiga asosan spetsifik shaklga kirgan muhtojlik
Talab nima?
B. u xarid quvvatiga ega boʼlgan ehtiyojdir
Bitim nima?
A. ikki tomonning qimmatbaho narsalar boʼyicha oʼzaro tijorat almashuvi
Marketingda Kopernikcha yondashuv nima?
B. markazda bozor boʼlib, korxona esa marketing printsiplari asosida bozorga
xizmat qilishi kerak
Marketing axborotlarining asosiy obʼektlari nimalar?
B. ular tovar, isteʼmolchi, raqobatchi, taqsimot, siljitish va kommunikatsiya
kanallaridir
Raqobatchilarning kuchli va kuchsiz tomonlari yoʼnalishlari nimalardan iborat?
C. bozordagi, ishlab chiqarishdagi, boshqarishdagi, resurslardagi va iqtisodiyotdagi
kuchli va kuchsiz tomonlaridan
Tovarlar nimalardan iboratdir?
B. fizik obʼektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, tashkilotlar va gʼoyalardan iboratdir
Marketingda taqsimot kanallarining nechta optimal turi mavjud?
C. taqsimot kanalining toʼrt optimal turi mavjud
Marketing kompleksi nima?
A. bu bozorga tovarni yetkazib berish uchun zarur boʼlgan marketing
elementlarining optimal kombinatsiyasidir
Marketingda boshqarish jarayoni nimalardan iborat?
B. u bozor tahlili, maqsadli bozorlarni tanlash, marketing kompleksini ishlab chiqish
hamda marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etishdan iboratdir
Narx siyosati nimalarni eʼtiborga olishi kerak?
C. u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni, xarid quvvatini va isteʼmolchi xulq-atvorini
eʼtiborga olishi kerak
«Zararsizlik nuqtasi» nima?
B. bu nuqta xarajatlarni qoplash uchun zarur boʼlgan, minimal oborot hajmini yoki
minimal tushum hajmini koʼrsatadi
Konʼyunktura nima?
C. bu bozorda maʼlum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy holatdir (asosan talab
hamda taklif nisbati va u bilan bogʼlik boʼlgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladi)
Kommunikatsiya nima?
A. bu isteʼmolga yoʼnaltirilgan xabardir
Marketingning maqsadi nima?
B. kopxona muvaffaqiyat qozonishi mumkin boʼlgan maʼlum bir bozor haqida
doimiy axborot yigʼib borish
Marketing sikli (davri)qaysi etaplardan tashkil topgan?
C. tadqiqot - segmentlash - joylashtirish - turli xil siyosatlar haqida chora-tadbirlar
qabul qilish (tovar, narx...) - rejalashtirish-nazorat
Marketingga yoʼnaltirilgan korxonani aniqlash?
D. isteʼmolchi uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona
Marketing tadqiqoti uchun qanday axborotlar zarurdir?
C. isteʼmolchilar (xaridorlar), raqobatchilar hamda savdo haqidagi
Marketing axborotining asosiy obʼektlari nimalar?
B. tovar, isteʼmolchi, raqobatchi, taqsimot kanallari, siljitish hamda kommunikatsiya
kanallari
Bozor segmentatsiyasi nima?
C. bu bozorni aniq xaridorlar guruhiga boʼlishdir
Tovarni bozorda qanday joylashtirish turi muvaffaqiyat keltiradi?
B. tovarni aktiv joylashtirish turi
Marketing kompleksi elementlari nimalardan iboratdir?
C. tovar-narx-taqsimot-kommunikatsiya-siljitish-boshqalar
Marketing kompleksining eng muhim elementi nima?
B.tovar yoki xizmat
Bozorda tovarning narxi qanday boʼlishi kerak?
C. iqtisodiy asoslangan
Reklama qanday boʼlishi kerak?
C. aniq, haqiqatli, ishontiruvchi, qiziqarli, jozibali hamda jalb etuvchi
Marketing strategiyasi nima?
B. korxona istiqboli uchun bozordagi harakatlarini aniq maqsadlar boʼyicha
rejalashtirish chora-tadbirlar usuli
Tovarni nima vujudga keltiradi?
A. talab
Marketing strategiyasi qaysi elementlardan tashkil topadi?
B. tovar, narx, taqsimot, kommunikatsiya, siljitish va boshqa siyosatlardan
Tovarning hayotiy davri (sikli) qaysi asosiy fazalardan iboratdir?
B. ishlab chiqish, hayotga tatbiq etish, yuksalish, yetilish, toʼldirish, pasayish, chetga
chiqish va qotib qolish
Tovar hayotiy davri (sikli)ning qaysi fazasida eng yuqori foyda olinadi?
A. yuksalish etapida
Tovar hayotiy davri (sikli)ning pasayishi etapida qaysi siyosatni qoʼllash kerak?
C. narx va siljitish siyosatini
Tovar toʼgʼrisida kommunikatsiyaning qaysi manbalari toʼliq axborot beradi?
A. kataloglar, axborot manbalari, afishalar, plakatlar
Marketingni rejalashtirish nima?
B. korxonaning istiqboldagi sotish hamda foyda olish boʼyicha koʼrsatkichlarini
yaxshilashga yoʼnaltirilgan harakatlarini
rejalashtirish
«Sotuvchi bozori» nima?
C. talabning taklifdan koʼp boʼlishi
«Xaridor bozori» nima?
A. taklifning talabdan koʼp boʼlishi
Muhtojlik nima?
B. kishiga biron-bir narsaning yetishmasligini his qilish
Reklama nima?
A. tovarlar va xizmatlarning isteʼmol holatlari haqidagi axborot hamda ular uchun
talabni shakllantirish maqsadida qilinadigan faoliyat
Marketing plani nima?
B. maqsadlar, marketing strategiyasi, marketing kompleksi dasturi, sotish dasturi
xamda iqtisodiy hisob-kitoblar yoritilgan hujjat
Xizmat deganda nimani tushunasiz?
B. moddiy boylik yaratilmaydigan foydali faoliyatning barcha turlari kiradi
Xizmatlar marketingi nimani oʼrganadi?
C. mijozlarning oʼziga xos ehtiyojini qondirish xizmati, siljitish va sotish jarayonini
oʼrganadi
Xizmatlar qaysi sabablarga koʼra boshqa bozorlarga oʼxshamaydi?
D. xizmatlar koʼrsatilmaguncha mavjud boʼlmaydi va unga yuqori darajadagi
mavhumlik xos
Xizmatlar bozorining oʼziga xos xususiyatlari nimalarda?
B. sezib boʼlmaslik, saqlab boʼlmaslik, sifati oʼzgaruvchanlik, bir vaqtning oʼzida
xizmat koʼrsatish hamda isteʼmol qilish va mulk huquqining yoʼqligi xususiyatlari
Servis xizmatlari nima?
C. tovarni sotish va uni ishlatish jarayonida koʼrsatiladigan xizmatlar majmui
Servis xizmatlari tarkibiga nimalar kiradi?
D. tovarni sotuvdan oldingi va sotuvdan keyingi ishlatish jarayonidagi xizmatlarni
koʼrsatish
Xizmatlar bozoriga nimalar kiradi?
B. noishlab chiqarish korxonalari mehnati natijalari
Servis xizmatini tashkil etishning asosiy shakllarini koʼrsating.
A. ishlab chiqaruvchi korxonalarning servis xizmati boʼlimlari
B. remont qilish korxonalari va diler firmalar sotuv xizmatlari
C. kafolat-maslahat markazlari va texnik xizmat koʼrsatish stantsiyalari
D. barcha javoblar toʼgʼri
ANSWER: D
Marketing-menejmentning qanday konsepsiyalarini bilasiz?
C. ishlab chiqarish va tovarni takomillashtirish, tijorat harakatlarini faollashtirish,
sof va ijtimoiy yoʼnaltirilgan marketing kontseptsiyalari
Sof marketing kontseptsiyasi nimalarni oʼz ichiga oladi?
B. bozor, isteʼmolchining ehtiyoji, marketing va isteʼmolchi ehtiyojini qondirib
foyda olishni
Tovar deganda biz nimalarni tushunamiz?
A. fizik obʼektlar, xizmatlar, insonlar, joylar, tashkilot va gʼoyalarni
CRM deganda biz nimalarni tushunamiz?
B. mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishni
Tovarning tarkibiga nimalar kiradi?
C. assortiment, sifat, dizayn, xususiyat, savdo markasi, oʼram, xizmat koʼrsatish va
kafolat
Narxning tarkibiga nimalar kiradi?
B. preyskurant, chegirma, ustama, bonuslar, toʼlov muddati va kredit shartlari
Siljitish tarkibiga nimalar kiradi?
C. reklama, sotuvni ragʼbatlantirish, shaxsiy sotuv va pablisiti
Taqsimot tarkibiga nimalar kiradi?
A. bozorni egallash, kanallar, assortiment, joylashuv, transport va ombor zaxiralari
Konsyumerizm nima?
A. iteʼmolchilar huquqini himoya qiluvchi, fuqarolar va davlat tashkilotlarining
tashkiliy harakati
Invayronmentalizm nima?
B. atrof-muhitni himoya qilish boʼyicha fuqarolar va davlat tashkilotlari tashkiliy
harakati
Innovatsion marketing nimani oʼrganadi?
C. korxonalarning doimiy ravishda oʼz tovarlari va marketing vositalarini
takomillashtirib borishini oʼrganadi
SWOT-tahlili nima?
A. korxona faoliyatining kuchli va zaif tomonlari, shuningdek, tashqi marketing
muhitining imkoniyati hamda xavf-xatari tahlili
Marketing-mix qaysi elementlardan iborat?
B. tovar yoki xizmat, narx, sotuv va siljitishdan
Marketingda rejalashtirish jarayoni nimalardan tashkil topadi?
C. bozor tahlili, rejani ishlab chiqish, rejani bajarish va uni nazorat qilishdan
Korxonaning biznes-portfeli nima?
A. korxona ishlab chiqarayotgan tovarlar va uning faoliyati turlari majmui
Bozor boʼshligʼi nima?
B. isteʼmolchilar talabiga aynan mos keladigan bozor segmenti
Marketing tizimi qaysi elementlarni oʼz ichiga oladi?
C. firma, bozor, raqobatchilar, taʼminotchilar va vositachilarni
Zamonaviy marketingning maqsadi nima?
D. mijozlar ehtiyojini qondirish
Marketingning bugungi kundagi taʼrifi qanaqa?
B. isteʼmolchilarni qidiruvchi, yaratuvchi va ushlab qoluvchi fan hamda sanʼat
Marketing-menejment nima?
D. maqsadli bozorlarni toʼgʼri tanlash va ular bilan foydali munosabatlarni
shakllantiruvchi fan hamda sanʼatdir.
Marketingning «4P» kompleksi nimalardan tashkil topgan?
B. tovar, narx, taqsimot va siljitishdan
Marketing «4C» kompleksi nimalardan tashkil topgan?
A. mijoz ehtiyoji, mijoz xarajati, qulaylik va axborot almashuvidan
B2B-marketingi nimani oʼrganadi?
C. ishlab chiqarish yoki sanoat tovarlari bozorlarini
B2C-marketingi nimani oʼrganadi?
D. isteʼmol tovarlari bozorlarini
Tovarni bozorda pozitsiyalashtirish nima ?
A. tovarning asosiy tavsiflari boʼyicha isteʼmolchilarning ongida raqobatchilarning
analog tovariga nisbatan tutgan oʼrni bilan solishtirishdir
Bozor qaysi tamoyillarga asoslanib segmentlarga boʼlinadi?
C. isteʼmolchilarning geografik, demografik xulq-atvori va psixografik
tamoyillariga
Benchmarking nima ?
A. korxona oʼz mahsuloti sifati va ish jarayoni samaradorligini oshirishning yangi
yoʼllarini aniqlash maqsadida, uni ilgʼor raqobatchi korxonaning mahsulot hamda
ish jarayoniga solishtirishdir
Korxona faoliyati isteʼmolchiga yoki raqobatchiga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerakmi?
C. korxona faoliyati bozorga, yaʼni u bir vaqtning oʼzida isteʼmolchiga hamda
raqobatchiga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak
Tovar nima?
A. eʼtiborni tortish, sotib olish, foydalanish yoki isteʼmol qilish uchun bozorga taklif
etilgan, xohish yoki ehtiyojni qondiradigan barcha narsalardir
Tovarga nimalar kiradi?
B. fizik obʼektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxona yoki tashkilotlar va gʼoyalar
Isteʼmol tovari nima ?
C. oʼzining shaxsiy foydalanishi uchun oxirgi isteʼmolchi tomonidan sotib
olinadigan tovardir
Ishlab chiqarish uchun moʼljallangan tovarlar nima?
A. individ yoki korxona tomonidan qayta ishlash yoki tadbirkorlarda foydalanish
uchun sotib olinadigan tovarlardir
Tovarning sifati nima?
B. oʼziga yuklatilgan barcha funktsiyalarni toʼliq bajarish qobiliyati
Аutsorsing nima?
A. korxona ayrim faoliyat sohalarini shartnoma asosida oʼziga nisbatan mahsulot
tannarxi past va sifati yuqori boʼlgan korxonaga subpudrat asosida topshirishi
Brend nima?
C. bozorda mashhurlikka va isteʼmolchilar tomonidan ishonchga ega boʼlgan tovar
belgisi
Dizayn nima?
D. tovarni yaxshi loyihalashtirish, tashqi va ichki koʼrinishi hamda uni sotib olish,
foydalanish va tugatish jarayonining soddaligi
Zamonaviy marketing strategiyasining gʼoyasi qanday boʼlishi kerak?
C. isteʼmolchilarni yaratuvchi strategiya gʼoyasi
Zamonaviy marketing falsafasi qanday boʼlishi kerak?
B. marketing va isteʼmolchiga yoʼnaltirilgan falsafa
Zamonaviy marketingning maqsadi nima?
A. isteʼmolchilar uchun qiymat yaratish
Bugungi kunda korxona qaysi funksiyani bajarishi kerak?
C. marketing va innovatsiyalar funktsiyasini
Marketing faoliyatida kreativlik nima?
B. korxonada vujudga kelgan muammolarni noyob gʼoya, innovatsion, nostandart
fikr va ijodiy qobiliyat asosida yechadigan xodimlar
Innovatsion marketing nima?
B. ziyoli marketingning tamoyili boʼlib, unga koʼra korxona doimo uzluksiz
ravishda oʼz mahsuloti(xizmati)ni va marketing vositalarini takomillashtirib borishi
kerak
Marketingda rejalashtirish nimalardan iborat?
A. bozorni tahlil qilish, rejani ishlab chiqish, uning bajarilishini amalga oshirish va
nazorat qilish
Missiya nima?
C. korxona faoliyatining maqsadini anglatadi
Biznes-portfel nima?
D. korxonaning jami faoliyat turlari yigʼindisidan iborat
Marketing rejasi qaysi boʼlimlardan iborat?
C. rezyume, bozor holati, SWOT-tahlil, vazifa va muammolar, marketing
strategiyasi, harakatlar dasturi, byudjet va nazorat boʼlimlaridan
Strategik reja qaysi muddatlarga tuziladi?
C. besh va undan ortiq yil boʼlgan muddatga tuziladi
Mikro-marketing muhiti subʼektlari kim?
B. korxona, taʼminotchilar, vositachilar, raqobatchilar, isteʼmolchilar va kontakt
auditoriyalari
Makro-marketing muhiti omillari nima?
C. demografik, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy-texnik, siyosiy va madaniy omillar
Kontakt auditoriya turlari nima?
B. moliyaviy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, davlat hokimiyati organlari,
jamoat tashkilotlari, joylardagi jamoatchilik, keng jamoatchilik va korxona
ishchilari
Xaridor bozorlari turlari nima?
A. isteʼmol, sanoat, savdo-vositachi, ijtimoiy taʼminot, davlat tizimi va xalqaro
bozorlar
Isteʼmolchi xulq-atvoriga taʼsir etuvchi omillar qanday?
C. madaniy, ijtimoiy, shaxsiy va psixologik omillar
Sanoat yoki ishlab chiqarish tovarlari bozori nima?
A. korxonalar tomonidan tovar va xizmatlarni boshqa tovar va xizmatlarni ishlab
chiqarish yoki qayta sotish uchun sotib olishdir
Marketing tadqiqotlari nima?
D. axborot yordamida isteʼmolchi, xaridorni va jamoatchilikni ishlab chiqaruvchi
hamda xizmat koʼrsatuvchi bilan bogʼlovchi faoliyat turi
Marketing axborotlari turi nima?
C. bu birlamchi va ikkilamchi axborotlar
Birlamchi axborot qanday toʼplanadi?
C. kuzatuv, tajriba oʼtkazish va soʼrov qilish asosida
Ikkilamchi axborot manbalari nima?
B. ichki va tashqi axborot manbalari
Marketing oʼzaro munosabatlari nima?
A. bu korxonaning isteʼmolchilari va boshqa sheriklari bilan boʼladigan oʼzaro
munosabatlar jarayonini vujudga keltirish, qoʼllab-quvvatlash hamda uzluksiz
mustahkam ushlab turishdir
CRM tizimi nima?
D. bu korxonaning isteʼmolchilari bilan boʼladigan oʼzaro munosabatlarini
boshqarish tizimidir
Targeting nima?
C. bu korxonaning maqsadli segment bozorlarini tanlab olishdir
Bozor qaysi tamoyillar asosida segmentlarga boʼlinadi?
B. geografik, demografik, psixologik va isteʼmolchi xulq-atvori tamoyillari asosida
Isteʼmol tovarlari nima?
B. bu oxirgi isteʼmolchi tomonidan oʼzining shaxsiy foydalanishi uchun sotib
olinadigan tovarlardir
Ishlab chiqarish sanoat tovarlari nima?
A. bu shaxs yoki korxona tomonidan qayta ishlash yoki tadbirkorlikda foydalanish
uchun sotib olinadigan tovarlardir
Kommersializatsiyalash nima?
D. korxona tomonidan yangi tovarni foyda olish maqsadida ommaviy bozorga
chiqarish
Isteʼmol qiymatga asoslangan narx nima?
A. ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olmay, isteʼmolchi tomonidan tovarning
isteʼmol qiymati asosida qabul qilinadigan narxni belgilash uslubi
Marketing kommunikatsiyalari tizimining asosiy vositalari nima?
B. reklama, shaxsiy sotuv, sotuvni ragʼbatlantirish, jamoatchilik bilan aloqa-PR va
toʼgʼri marketingdan iborat
Sotuvni ragʼbatlantirishning vositalari nima?
C. kuponlar, tanlovlar oʼtkazish, chegirmalar berish, mukofotlar va sovgʼalar
berishdan iborat
Toʼgʼri marketingning shakllari nima?
A. shaxsiy sotuv, interaktiv marketing, telemarketing, pochta orqali joʼnatish,
kataloglar boʼyicha savdo qilish, kontent-kiosklar va telereklamalar
Telemarketing nima?
D. tovarlarni telefon vositasi orqali xaridorlarga sotish
Jamoatchilik bilan aloqa, pablik-rileyshenz – PR nima?
A. bu ommaviy axborot vositalarining korxona faoliyati haqidagi ijobiy taqrizlari
orqali jamoatchilik bilan yaxshi oʼzaro munosabatlarni yoʼlga qoʼyish va
korxonaning pozitiv imidji haqida ommada ishonch hosil qilish boʼyicha uning
faoliyatidir
Jamoatchilik bilan aloqa – PRni olib borishning asosiy vositalari nima?
B. bu ommaviy axborot vositalari bilan oʼzaro aloqa, mahsulotni tashviqot qilish,
korporativ aloqa, lobbirovanie va konsalting faoliyatdir
Korxonaning marketing faoliyati nimaga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak?
D. isteʼmolchiga
Marketing deganda nimani tushunasiz?
A. marketing – ayirboshlash yoʼli bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga
yoʼnaltirilgan inson faoliyatining turi
Marketing nimadan boshlanadi?
A. bozorni va isteʼmolchilar talablarini oʼrganishdan
Marketing tadqiqotlarini oʼtkazishda ehtiyojlar qanday aniqlanadi?
A. xaridorlarni toʼgʼri segmentlab, daromadlar boʼyicha guruhlarga ajratish
“Marketing – bu bozorni oʼrganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir”. Ushbu
taʼrif qaysi olimga tegishli?
A. I.K.Belyavskiy
Аsosiy marketing subʼektlari kimlar?
A. yakuniy isteʼmolchi, ishlab chiqaruvchilar, mutaxassislar, chakana savdo
xodimlari
Marketingning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
A. bozorni kompleks oʼrganish va maqsadga erishish
Xaridor bozori quyidagi holatda bozordagi vaziyatni boshqaradi?
A. taklif talabdan oshsa
Marketingning asosiy vositalari bu...
A. marketing miks yoki 4p
Isteʼmol tovarlari bozori quyidagilardan iborat:
A. tovarni shaxsiy isteʼmoli uchun xarid qiluvchi isteʼmolchilar va ishlab
chiqaruvchilardan
Isteʼmolchi xulq-atvori modelining asosini qanday tamoyillar tashkil etadi?
A. psixografik, ijtimoiy yoki tovarga boʼlgan munosabat bilan belgilanadi
Korxona uchun marketingning qanday funktsiyalari mavjud?
A. tahliliy funksiya, ishlab chiqarish funktsiyasi, sotish va nazorat funktsiyalari
Psixologik omillar tarkibiga nima kiradi ?
A. motivatsiya, idrok, oʼzlashtirish, maslak va munosabat
Tovarni sinovdan oʼtkazish nimani nazarda tutadi?
A. laboratoriya sharoitlaridagi eksperiment
Quyidagilardan qaysilari bozorning marketing tushunchasini toʼgʼriroq aks ettiradi:
A. bozorda oʼxshash ehtiyojlarga ega isteʼmolchilar joylashgan joydagi faoliyat
Isteʼmolchining xaridordan farqi nimada?
A. isteʼmolchi shaxsiy ehtiyojini qondirish bilan farqlanadi
Quyidagi koʼrsatkichlardan qaysi biri bozorni segmentlarga ajratishning demografik
omillar guruhiga mansub emas:
A. isteʼmolchining psixologik turi
Quyidagi omillardan qaysi biri marketing ijtimoiy kontseptsiyasida marketing
qarorlarini qabul qilishda muhimroq ahamiyatga ega:
A. isteʼmolchi ehtiyoji
Qondirilganlik darajasiga koʼra ehtiyojlar qanday turlarga boʼlinadi?
A. qondirilgan, qondirilmagan, qisman qondirilgan
Ehtiyoj qanday aniqlanadi?
A. isteʼmolchilarning didi, istagi va xoxishi orqali
Ehtiyojlar klassifikatsiyasi....
A. obʼekt va subʼekt boʼyicha tasniflanadi
Tarmoqda koʼproq bozor ulushiga ega korxona qanday ataladi?
A. bozor yetakchisi
Bozor segmentatsiyasining geografik tamoyilning hususiyatlariga nimalar kiradi?
A. bozorning joylashuvi, aholining zich-keng joylashuvi, mintaqaning rivojlanish
dinamikasi
Impulsiv tovarlarga nimalar kiradi?
A. shokolad batonchiklari, saqich, roʼznoma, krossvordlar
Аxborotlarni sifati ... bogʼliq:
A. toʼgʼriligi, oʼz vaqtidaligi va toʼliqligi tahliliga
Segmentatsiya nima?
A. isteʼmolchilarni bir turdagi guruhlarga boʼlish
Tovar siyosatini vazifasi boʼlib nima xisoblanadi ?
A. tovarni xayotiylik siklini va ularni raqobatbardoshligini boshqarish
Mahsulot bilan tovarning farqi nimada?
A. mahsulot inson mehnatining mahsuli boʼlib, umumiy tarzi tushuniladi, tovar
uning qismi hisoblanadi
Marketingning asosiy kategoriyalari berilgan qatorni toping.
A. bozor, ayirboshlash
Yakuniy isteʼmolchi kim?
A. shaxsiy isteʼmol uchun tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchi oila yoki shaxs
Marketing asosida bozorni har taraflama oʼrganish yoʼnalishlarining asosiylari
koʼrsatilgan qatorni toping.
A. bozor tarkibini aniqlash va sotish shakli va uslublarini tahlil etish
Marketingni mohiyati – bu...
A. isteʼmolchiga yoʼnaltirilgan tovar ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish, ishlab
chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga moʼljallashdan iborat
Isteʼmolchilar bilan asosiy muloqot obʼyekti nima?
A. kommunikatsiya
Marketing mohiyatidan kelib chiqadigan asosiy tamoyillardan biri toʼgʼri keltirilgan
qatorni toping.
A. bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki isteʼmolchilarn
muammolarini yechish vositalari bilan ishlash
Konsepsiya atamasiga toʼgʼri taʼrif berilgan qatorni toping.
A. obʼekt, hodisa, jarayon, predmet boʼyicha asosiy nuqtai nazar
Marketingning tahliliy funktsiyasiga nimalar kiradi?
A. bozorni, firmani va tovarni toʼliq oʼrganish
Marketing kontseptsiyasi evolyutsiyasining 1-bosqichidagi asosiy gʼoya toʼgʼri
berilgan qatorni toping.
A. imkoniyati boricha ishlab chiqarish
Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 “P” modeli ilk bora kim
tomonidan taklif etilgan?
A. Makkarti
Marketing-miksdagi 4P lar toʼgʼri berilgan qatorni toping.
A. product, place, price, promotion
1960-1980 yillardagi marketing kontseptsiyasi toʼgʼri berilgan qatorni toping.
A. anʼanaviy marketing
Tashqi muhit bu –
A. tashkilot va uning marketing boʼlimi tomonidan boshqarib boʼlmaydigan
elementlardir
Raqobatchilarning turlari toʼgʼri berilgan qatorni toping.
A. istak buyicha, safdosh tovar buyicha, tovar turi buyicha, tovar markasi buyicha
Marketing vositachilar turlarini toʼgʼri berilgan qatorni toping.
A. savdo vositachilari, moliyaviy vositachilar va logistik vositachilar
Marketing mikro muhiti tarkibi toʼgʼri berilgan qatorni toping.
A. taʼminotchilar, raqobatchilar, mijozlar va xaridorlar, marketing boʼyicha
vositachilar
Makromuhitning asosiy omillari toʼgʼri berilgan qatorni toping.
A. ijtimoiy, texnologik, iqtisodiy va raqobat, siyosiy omillar
Xaridorlarning munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil nima hisoblanadi?
A. daromad
Koʼpgina mamlakatlarda daromad boʼyicha necha guruhga segmentlashdan keng
foydalaniladi?
A. 3
Isteʼmol bozorini segmentlash tamoyillari toʼgʼri berilgan qatorni toping.
A. geografik, psixografik, demografik va xulq-atvor tamoyillari
Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar toʼgʼri berilgan qatorni toping.
A. tovarlar-xaridorlar tomonidan dastlabki koʼnikmaga, odatga koʼra tanlovsiz,
qiyoslashsiz sotib olinadi
Аlohida talabdagi tovarlar toʼgʼri berilgan qatorni toping.
A. xaridor uchun oʼta qadrli sanalayotgan, oʼta nufuzli, mashhur firmalar tovari
Passiv talabdagi tovarlar toʼgʼri berilgan qatorni toping.
A. xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam oʼylaydigan tovarlardan tarkib
topadi
Marketing tadqiqotlari -
A. axborot toʼplash, uni izohlash, tahlil qilish, qayta ishlash va qaror qabul qilishdan
iborat
Marketing tadqiqotlarida eng keng tarqalgan uslub bu
A. soʼrov
Reklama soʼzining maʼnosi nima?
A. baqirmoq, qichqirmoq
Mahsulot lotin tilidagi qaysi soʼzdan olingan?
A. productus
Аnʼanaviy OАVlari toʼgʼri koʼrsatilgan qatorni toping.
A. televidenie, radio, gazeta va jurnallar, bevosita pochta
Аnketalardagi savollarining ... turlari boʼladi.
A. ochiq va yopiq
Yozma, ogʼzaki, telefon orqali soʼrov oʼtkazish qanday shaklga kiradi?
A. intervyu
Korxonaning marketing muhiti qanday guruhlarga boʼlinadi?
A. ichki va tashqi
Tovarlarni shaxsiy isteʼmoli uchun eng zarur segmentatsiya mezonlari.
A. toʼlovga layoqatli talab darajasi yoki isteʼmolchining ehtiyojini toʼliq qondirish
Reklamaning asosiy maqsadi nima?
A. kommunikatsiya vositasi boʼlib, u firmaning bevosita muloqot oʼrnatilmagan
potentsial xaridorlarga axborot uzatish imkonini beradi
Ierarxik ehtiyoj tizimi asosida motivatsiyalash nazariyasining muallifi kim?
A. А. Maslou
Marketingda isteʼmolchilar deganda... tushuniladi.
A. oʼz ehtiyojini qondiruvchi bozor subʼekti
Mahsulotni xaridorlarga yetkazish deganda nimani tushunasiz?
A. ishlab chiqrarishdan to xaridorlarga sotish kanallari orqali yetkazish
Tovarning oʼsish bosqichida marketingni maqsadi nima?
A. sotuvni maksimal darajaga chiqarish
Individ shaxsning madaniy darajasiga asosan oʼziga xos shaklga kirgan muhtojlik
nima deyiladi?
A. ehtiyoj
Isteʼmolchilarning xaridorlik xulq-atvori qanday shaxsiy omil taʼsirida oʼzgaradi?
A. shaxs turi, oʼz oʼzini idrok etish, yashash davri, hayot tarzi;
Sotish funktsiyalari qaysi amallarning bajarilishini koʼzda tutadi?
A. tashish, taqsimlash, saqlash, saralash, aloqa oʼrnatish, axborot
Yangi tovarni ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda nima qilinadi?
A. texnik koʼrsatkichlarini shakillantirish
Marketingda sotish – bu:
A. mavjud bozordagi tovar va xizmatlarning oldi-sotdi jarayoniga bogʼlik
munosabatlar
Marketing axborot tizimini amalga oshirish uchun kanday asosiy jarayonlarni tashkil
etish zarur?
A. toʼplash, kayta ishlash, taxlil, maʼlumotlarni uzatish va saklash
Download 44.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling