«Marketing» nimani anglatadi?
Download 44.7 Kb.
|
marketing. ZYSh
«Marketing» nimani anglatadi? A. umuhtojlik va ehtiyojni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan inson faoliyatidir Tovar nima? B. ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga eʼtiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki isteʼmol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir Bozor nima? A. u mavjud va potentsial xaridorlar yigʼindisidir Bozorning qanday turlari mavjud? B. jahon, hududiy, milliy, mahalliy,ayrim tovarlar va xizmatlar bozori Bozorda kim «shohdir»? B. xaridor Raqobat nima? A. u aynan bir maqsadga erishish uchun bir qancha shaxslarni (bir xildagi tovarlar ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat koʼrsatuvchilar oʼrtasidagi) kurash faoliyatidir Bozorda narx qaysi omillar natijasida shakllanadi? C.talab, ishlab chiqarish, marketing va boshqa xarajatlar, foyda va raqobat omillari natijasida Narxning oʼsishiga qaysi omillar taʼsir etadi? C. talabning taklifdan koʼpligi, ish xaqining mehnat unumdorligidan tez oʼsishi, asosiy kapital, ishchi kuchiva yerdan samarasiz foydalanish va hokazolar Bozorda narxning pasayishiga qaysi omillar taʼsir etadi? B. taklifning talabdan koʼpligi, mehnat unumdorligi, tovar ishlab chiqarish hamda xizmat koʼrsatishningoʼsishi, kapital, ish qurollari, ishchi kuchi va yerdan samarali foydalanish va hokazolar Bozordagi talabning qay darajaligiga qarab unga mos marketing turlari qancha? B. marketingning sakkiz turi mavjuddir Аyirboshlash nima? A. biron-bir shaxsdan oʼziga kerakli boʼlgan obʼektni olish uchun uning evaziga biron-birnarsani taklif etish akti (harakati) Marketing «gʼoyasi» nima? A. u kishilar miyasida vujudga kelib, hayotda amalga oshiriladigan yangi narsalar obrazidir Ehtiyoj nima? B. individ shaxsning madaniy darajasiga asosan spetsifik shaklga kirgan muhtojlik Talab nima? B. u xarid quvvatiga ega boʼlgan ehtiyojdir Bitim nima? A. ikki tomonning qimmatbaho narsalar boʼyicha oʼzaro tijorat almashuvi Marketingda Kopernikcha yondashuv nima? B. markazda bozor boʼlib, korxona esa marketing printsiplari asosida bozorga xizmat qilishi kerak Marketing axborotlarining asosiy obʼektlari nimalar? B. ular tovar, isteʼmolchi, raqobatchi, taqsimot, siljitish va kommunikatsiya kanallaridir Raqobatchilarning kuchli va kuchsiz tomonlari yoʼnalishlari nimalardan iborat? C. bozordagi, ishlab chiqarishdagi, boshqarishdagi, resurslardagi va iqtisodiyotdagi kuchli va kuchsiz tomonlaridan Tovarlar nimalardan iboratdir? B. fizik obʼektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, tashkilotlar va gʼoyalardan iboratdir Marketingda taqsimot kanallarining nechta optimal turi mavjud? C. taqsimot kanalining toʼrt optimal turi mavjud Marketing kompleksi nima? A. bu bozorga tovarni yetkazib berish uchun zarur boʼlgan marketing elementlarining optimal kombinatsiyasidir Marketingda boshqarish jarayoni nimalardan iborat? B. u bozor tahlili, maqsadli bozorlarni tanlash, marketing kompleksini ishlab chiqish hamda marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etishdan iboratdir Narx siyosati nimalarni eʼtiborga olishi kerak? C. u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni, xarid quvvatini va isteʼmolchi xulq-atvorini eʼtiborga olishi kerak «Zararsizlik nuqtasi» nima? B. bu nuqta xarajatlarni qoplash uchun zarur boʼlgan, minimal oborot hajmini yoki minimal tushum hajmini koʼrsatadi Konʼyunktura nima? C. bu bozorda maʼlum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy holatdir (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bogʼlik boʼlgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladi) Kommunikatsiya nima? A. bu isteʼmolga yoʼnaltirilgan xabardir Marketingning maqsadi nima? B. kopxona muvaffaqiyat qozonishi mumkin boʼlgan maʼlum bir bozor haqida doimiy axborot yigʼib borish Marketing sikli (davri)qaysi etaplardan tashkil topgan? C. tadqiqot - segmentlash - joylashtirish - turli xil siyosatlar haqida chora-tadbirlar qabul qilish (tovar, narx...) - rejalashtirish-nazorat Marketingga yoʼnaltirilgan korxonani aniqlash? D. isteʼmolchi uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona Marketing tadqiqoti uchun qanday axborotlar zarurdir? C. isteʼmolchilar (xaridorlar), raqobatchilar hamda savdo haqidagi Marketing axborotining asosiy obʼektlari nimalar? B. tovar, isteʼmolchi, raqobatchi, taqsimot kanallari, siljitish hamda kommunikatsiya kanallari Bozor segmentatsiyasi nima? C. bu bozorni aniq xaridorlar guruhiga boʼlishdir Tovarni bozorda qanday joylashtirish turi muvaffaqiyat keltiradi? B. tovarni aktiv joylashtirish turi Marketing kompleksi elementlari nimalardan iboratdir? C. tovar-narx-taqsimot-kommunikatsiya-siljitish-boshqalar Marketing kompleksining eng muhim elementi nima? B.tovar yoki xizmat Bozorda tovarning narxi qanday boʼlishi kerak? C. iqtisodiy asoslangan Reklama qanday boʼlishi kerak? C. aniq, haqiqatli, ishontiruvchi, qiziqarli, jozibali hamda jalb etuvchi Marketing strategiyasi nima? B. korxona istiqboli uchun bozordagi harakatlarini aniq maqsadlar boʼyicha rejalashtirish chora-tadbirlar usuli Tovarni nima vujudga keltiradi? A. talab Marketing strategiyasi qaysi elementlardan tashkil topadi? B. tovar, narx, taqsimot, kommunikatsiya, siljitish va boshqa siyosatlardan Tovarning hayotiy davri (sikli) qaysi asosiy fazalardan iboratdir? B. ishlab chiqish, hayotga tatbiq etish, yuksalish, yetilish, toʼldirish, pasayish, chetga chiqish va qotib qolish Tovar hayotiy davri (sikli)ning qaysi fazasida eng yuqori foyda olinadi? A. yuksalish etapida Tovar hayotiy davri (sikli)ning pasayishi etapida qaysi siyosatni qoʼllash kerak? C. narx va siljitish siyosatini Tovar toʼgʼrisida kommunikatsiyaning qaysi manbalari toʼliq axborot beradi? A. kataloglar, axborot manbalari, afishalar, plakatlar Marketingni rejalashtirish nima? B. korxonaning istiqboldagi sotish hamda foyda olish boʼyicha koʼrsatkichlarini yaxshilashga yoʼnaltirilgan harakatlarini rejalashtirish «Sotuvchi bozori» nima? C. talabning taklifdan koʼp boʼlishi «Xaridor bozori» nima? A. taklifning talabdan koʼp boʼlishi Muhtojlik nima? B. kishiga biron-bir narsaning yetishmasligini his qilish Reklama nima? A. tovarlar va xizmatlarning isteʼmol holatlari haqidagi axborot hamda ular uchun talabni shakllantirish maqsadida qilinadigan faoliyat Marketing plani nima? B. maqsadlar, marketing strategiyasi, marketing kompleksi dasturi, sotish dasturi xamda iqtisodiy hisob-kitoblar yoritilgan hujjat Xizmat deganda nimani tushunasiz? B. moddiy boylik yaratilmaydigan foydali faoliyatning barcha turlari kiradi Xizmatlar marketingi nimani oʼrganadi? C. mijozlarning oʼziga xos ehtiyojini qondirish xizmati, siljitish va sotish jarayonini oʼrganadi Xizmatlar qaysi sabablarga koʼra boshqa bozorlarga oʼxshamaydi? D. xizmatlar koʼrsatilmaguncha mavjud boʼlmaydi va unga yuqori darajadagi mavhumlik xos Xizmatlar bozorining oʼziga xos xususiyatlari nimalarda? B. sezib boʼlmaslik, saqlab boʼlmaslik, sifati oʼzgaruvchanlik, bir vaqtning oʼzida xizmat koʼrsatish hamda isteʼmol qilish va mulk huquqining yoʼqligi xususiyatlari Servis xizmatlari nima? C. tovarni sotish va uni ishlatish jarayonida koʼrsatiladigan xizmatlar majmui Servis xizmatlari tarkibiga nimalar kiradi? D. tovarni sotuvdan oldingi va sotuvdan keyingi ishlatish jarayonidagi xizmatlarni koʼrsatish Xizmatlar bozoriga nimalar kiradi? B. noishlab chiqarish korxonalari mehnati natijalari Servis xizmatini tashkil etishning asosiy shakllarini koʼrsating. A. ishlab chiqaruvchi korxonalarning servis xizmati boʼlimlari B. remont qilish korxonalari va diler firmalar sotuv xizmatlari C. kafolat-maslahat markazlari va texnik xizmat koʼrsatish stantsiyalari D. barcha javoblar toʼgʼri ANSWER: D Marketing-menejmentning qanday konsepsiyalarini bilasiz? C. ishlab chiqarish va tovarni takomillashtirish, tijorat harakatlarini faollashtirish, sof va ijtimoiy yoʼnaltirilgan marketing kontseptsiyalari Sof marketing kontseptsiyasi nimalarni oʼz ichiga oladi? B. bozor, isteʼmolchining ehtiyoji, marketing va isteʼmolchi ehtiyojini qondirib foyda olishni Tovar deganda biz nimalarni tushunamiz? A. fizik obʼektlar, xizmatlar, insonlar, joylar, tashkilot va gʼoyalarni CRM deganda biz nimalarni tushunamiz? B. mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishni Tovarning tarkibiga nimalar kiradi? C. assortiment, sifat, dizayn, xususiyat, savdo markasi, oʼram, xizmat koʼrsatish va kafolat Narxning tarkibiga nimalar kiradi? B. preyskurant, chegirma, ustama, bonuslar, toʼlov muddati va kredit shartlari Siljitish tarkibiga nimalar kiradi? C. reklama, sotuvni ragʼbatlantirish, shaxsiy sotuv va pablisiti Taqsimot tarkibiga nimalar kiradi? A. bozorni egallash, kanallar, assortiment, joylashuv, transport va ombor zaxiralari Konsyumerizm nima? A. iteʼmolchilar huquqini himoya qiluvchi, fuqarolar va davlat tashkilotlarining tashkiliy harakati Invayronmentalizm nima? B. atrof-muhitni himoya qilish boʼyicha fuqarolar va davlat tashkilotlari tashkiliy harakati Innovatsion marketing nimani oʼrganadi? C. korxonalarning doimiy ravishda oʼz tovarlari va marketing vositalarini takomillashtirib borishini oʼrganadi SWOT-tahlili nima? A. korxona faoliyatining kuchli va zaif tomonlari, shuningdek, tashqi marketing muhitining imkoniyati hamda xavf-xatari tahlili Marketing-mix qaysi elementlardan iborat? B. tovar yoki xizmat, narx, sotuv va siljitishdan Marketingda rejalashtirish jarayoni nimalardan tashkil topadi? C. bozor tahlili, rejani ishlab chiqish, rejani bajarish va uni nazorat qilishdan Korxonaning biznes-portfeli nima? A. korxona ishlab chiqarayotgan tovarlar va uning faoliyati turlari majmui Bozor boʼshligʼi nima? B. isteʼmolchilar talabiga aynan mos keladigan bozor segmenti Marketing tizimi qaysi elementlarni oʼz ichiga oladi? C. firma, bozor, raqobatchilar, taʼminotchilar va vositachilarni Zamonaviy marketingning maqsadi nima? D. mijozlar ehtiyojini qondirish Marketingning bugungi kundagi taʼrifi qanaqa? B. isteʼmolchilarni qidiruvchi, yaratuvchi va ushlab qoluvchi fan hamda sanʼat Marketing-menejment nima? D. maqsadli bozorlarni toʼgʼri tanlash va ular bilan foydali munosabatlarni shakllantiruvchi fan hamda sanʼatdir. Marketingning «4P» kompleksi nimalardan tashkil topgan? B. tovar, narx, taqsimot va siljitishdan Marketing «4C» kompleksi nimalardan tashkil topgan? A. mijoz ehtiyoji, mijoz xarajati, qulaylik va axborot almashuvidan B2B-marketingi nimani oʼrganadi? C. ishlab chiqarish yoki sanoat tovarlari bozorlarini B2C-marketingi nimani oʼrganadi? D. isteʼmol tovarlari bozorlarini Tovarni bozorda pozitsiyalashtirish nima ? A. tovarning asosiy tavsiflari boʼyicha isteʼmolchilarning ongida raqobatchilarning analog tovariga nisbatan tutgan oʼrni bilan solishtirishdir Bozor qaysi tamoyillarga asoslanib segmentlarga boʼlinadi? C. isteʼmolchilarning geografik, demografik xulq-atvori va psixografik tamoyillariga Benchmarking nima ? A. korxona oʼz mahsuloti sifati va ish jarayoni samaradorligini oshirishning yangi yoʼllarini aniqlash maqsadida, uni ilgʼor raqobatchi korxonaning mahsulot hamda ish jarayoniga solishtirishdir Korxona faoliyati isteʼmolchiga yoki raqobatchiga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerakmi? C. korxona faoliyati bozorga, yaʼni u bir vaqtning oʼzida isteʼmolchiga hamda raqobatchiga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak Tovar nima? A. eʼtiborni tortish, sotib olish, foydalanish yoki isteʼmol qilish uchun bozorga taklif etilgan, xohish yoki ehtiyojni qondiradigan barcha narsalardir Tovarga nimalar kiradi? B. fizik obʼektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxona yoki tashkilotlar va gʼoyalar Isteʼmol tovari nima ? C. oʼzining shaxsiy foydalanishi uchun oxirgi isteʼmolchi tomonidan sotib olinadigan tovardir Ishlab chiqarish uchun moʼljallangan tovarlar nima? A. individ yoki korxona tomonidan qayta ishlash yoki tadbirkorlarda foydalanish uchun sotib olinadigan tovarlardir Tovarning sifati nima? B. oʼziga yuklatilgan barcha funktsiyalarni toʼliq bajarish qobiliyati Аutsorsing nima? A. korxona ayrim faoliyat sohalarini shartnoma asosida oʼziga nisbatan mahsulot tannarxi past va sifati yuqori boʼlgan korxonaga subpudrat asosida topshirishi Brend nima? C. bozorda mashhurlikka va isteʼmolchilar tomonidan ishonchga ega boʼlgan tovar belgisi Dizayn nima? D. tovarni yaxshi loyihalashtirish, tashqi va ichki koʼrinishi hamda uni sotib olish, foydalanish va tugatish jarayonining soddaligi Zamonaviy marketing strategiyasining gʼoyasi qanday boʼlishi kerak? C. isteʼmolchilarni yaratuvchi strategiya gʼoyasi Zamonaviy marketing falsafasi qanday boʼlishi kerak? B. marketing va isteʼmolchiga yoʼnaltirilgan falsafa Zamonaviy marketingning maqsadi nima? A. isteʼmolchilar uchun qiymat yaratish Bugungi kunda korxona qaysi funksiyani bajarishi kerak? C. marketing va innovatsiyalar funktsiyasini Marketing faoliyatida kreativlik nima? B. korxonada vujudga kelgan muammolarni noyob gʼoya, innovatsion, nostandart fikr va ijodiy qobiliyat asosida yechadigan xodimlar Innovatsion marketing nima? B. ziyoli marketingning tamoyili boʼlib, unga koʼra korxona doimo uzluksiz ravishda oʼz mahsuloti(xizmati)ni va marketing vositalarini takomillashtirib borishi kerak Marketingda rejalashtirish nimalardan iborat? A. bozorni tahlil qilish, rejani ishlab chiqish, uning bajarilishini amalga oshirish va nazorat qilish Missiya nima? C. korxona faoliyatining maqsadini anglatadi Biznes-portfel nima? D. korxonaning jami faoliyat turlari yigʼindisidan iborat Marketing rejasi qaysi boʼlimlardan iborat? C. rezyume, bozor holati, SWOT-tahlil, vazifa va muammolar, marketing strategiyasi, harakatlar dasturi, byudjet va nazorat boʼlimlaridan Strategik reja qaysi muddatlarga tuziladi? C. besh va undan ortiq yil boʼlgan muddatga tuziladi Mikro-marketing muhiti subʼektlari kim? B. korxona, taʼminotchilar, vositachilar, raqobatchilar, isteʼmolchilar va kontakt auditoriyalari Makro-marketing muhiti omillari nima? C. demografik, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy-texnik, siyosiy va madaniy omillar Kontakt auditoriya turlari nima? B. moliyaviy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari, joylardagi jamoatchilik, keng jamoatchilik va korxona ishchilari Xaridor bozorlari turlari nima? A. isteʼmol, sanoat, savdo-vositachi, ijtimoiy taʼminot, davlat tizimi va xalqaro bozorlar Isteʼmolchi xulq-atvoriga taʼsir etuvchi omillar qanday? C. madaniy, ijtimoiy, shaxsiy va psixologik omillar Sanoat yoki ishlab chiqarish tovarlari bozori nima? A. korxonalar tomonidan tovar va xizmatlarni boshqa tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish yoki qayta sotish uchun sotib olishdir Marketing tadqiqotlari nima? D. axborot yordamida isteʼmolchi, xaridorni va jamoatchilikni ishlab chiqaruvchi hamda xizmat koʼrsatuvchi bilan bogʼlovchi faoliyat turi Marketing axborotlari turi nima? C. bu birlamchi va ikkilamchi axborotlar Birlamchi axborot qanday toʼplanadi? C. kuzatuv, tajriba oʼtkazish va soʼrov qilish asosida Ikkilamchi axborot manbalari nima? B. ichki va tashqi axborot manbalari Marketing oʼzaro munosabatlari nima? A. bu korxonaning isteʼmolchilari va boshqa sheriklari bilan boʼladigan oʼzaro munosabatlar jarayonini vujudga keltirish, qoʼllab-quvvatlash hamda uzluksiz mustahkam ushlab turishdir CRM tizimi nima? D. bu korxonaning isteʼmolchilari bilan boʼladigan oʼzaro munosabatlarini boshqarish tizimidir Targeting nima? C. bu korxonaning maqsadli segment bozorlarini tanlab olishdir Bozor qaysi tamoyillar asosida segmentlarga boʼlinadi? B. geografik, demografik, psixologik va isteʼmolchi xulq-atvori tamoyillari asosida Isteʼmol tovarlari nima? B. bu oxirgi isteʼmolchi tomonidan oʼzining shaxsiy foydalanishi uchun sotib olinadigan tovarlardir Ishlab chiqarish sanoat tovarlari nima? A. bu shaxs yoki korxona tomonidan qayta ishlash yoki tadbirkorlikda foydalanish uchun sotib olinadigan tovarlardir Kommersializatsiyalash nima? D. korxona tomonidan yangi tovarni foyda olish maqsadida ommaviy bozorga chiqarish Isteʼmol qiymatga asoslangan narx nima? A. ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olmay, isteʼmolchi tomonidan tovarning isteʼmol qiymati asosida qabul qilinadigan narxni belgilash uslubi Marketing kommunikatsiyalari tizimining asosiy vositalari nima? B. reklama, shaxsiy sotuv, sotuvni ragʼbatlantirish, jamoatchilik bilan aloqa-PR va toʼgʼri marketingdan iborat Sotuvni ragʼbatlantirishning vositalari nima? C. kuponlar, tanlovlar oʼtkazish, chegirmalar berish, mukofotlar va sovgʼalar berishdan iborat Toʼgʼri marketingning shakllari nima? A. shaxsiy sotuv, interaktiv marketing, telemarketing, pochta orqali joʼnatish, kataloglar boʼyicha savdo qilish, kontent-kiosklar va telereklamalar Telemarketing nima? D. tovarlarni telefon vositasi orqali xaridorlarga sotish Jamoatchilik bilan aloqa, pablik-rileyshenz – PR nima? A. bu ommaviy axborot vositalarining korxona faoliyati haqidagi ijobiy taqrizlari orqali jamoatchilik bilan yaxshi oʼzaro munosabatlarni yoʼlga qoʼyish va korxonaning pozitiv imidji haqida ommada ishonch hosil qilish boʼyicha uning faoliyatidir Jamoatchilik bilan aloqa – PRni olib borishning asosiy vositalari nima? B. bu ommaviy axborot vositalari bilan oʼzaro aloqa, mahsulotni tashviqot qilish, korporativ aloqa, lobbirovanie va konsalting faoliyatdir Korxonaning marketing faoliyati nimaga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak? D. isteʼmolchiga Marketing deganda nimani tushunasiz? A. marketing – ayirboshlash yoʼli bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yoʼnaltirilgan inson faoliyatining turi Marketing nimadan boshlanadi? A. bozorni va isteʼmolchilar talablarini oʼrganishdan Marketing tadqiqotlarini oʼtkazishda ehtiyojlar qanday aniqlanadi? A. xaridorlarni toʼgʼri segmentlab, daromadlar boʼyicha guruhlarga ajratish “Marketing – bu bozorni oʼrganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir”. Ushbu taʼrif qaysi olimga tegishli? A. I.K.Belyavskiy Аsosiy marketing subʼektlari kimlar? A. yakuniy isteʼmolchi, ishlab chiqaruvchilar, mutaxassislar, chakana savdo xodimlari Marketingning asosiy vazifalari nimalardan iborat? A. bozorni kompleks oʼrganish va maqsadga erishish Xaridor bozori quyidagi holatda bozordagi vaziyatni boshqaradi? A. taklif talabdan oshsa Marketingning asosiy vositalari bu... A. marketing miks yoki 4p Isteʼmol tovarlari bozori quyidagilardan iborat: A. tovarni shaxsiy isteʼmoli uchun xarid qiluvchi isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilardan Isteʼmolchi xulq-atvori modelining asosini qanday tamoyillar tashkil etadi? A. psixografik, ijtimoiy yoki tovarga boʼlgan munosabat bilan belgilanadi Korxona uchun marketingning qanday funktsiyalari mavjud? A. tahliliy funksiya, ishlab chiqarish funktsiyasi, sotish va nazorat funktsiyalari Psixologik omillar tarkibiga nima kiradi ? A. motivatsiya, idrok, oʼzlashtirish, maslak va munosabat Tovarni sinovdan oʼtkazish nimani nazarda tutadi? A. laboratoriya sharoitlaridagi eksperiment Quyidagilardan qaysilari bozorning marketing tushunchasini toʼgʼriroq aks ettiradi: A. bozorda oʼxshash ehtiyojlarga ega isteʼmolchilar joylashgan joydagi faoliyat Isteʼmolchining xaridordan farqi nimada? A. isteʼmolchi shaxsiy ehtiyojini qondirish bilan farqlanadi Quyidagi koʼrsatkichlardan qaysi biri bozorni segmentlarga ajratishning demografik omillar guruhiga mansub emas: A. isteʼmolchining psixologik turi Quyidagi omillardan qaysi biri marketing ijtimoiy kontseptsiyasida marketing qarorlarini qabul qilishda muhimroq ahamiyatga ega: A. isteʼmolchi ehtiyoji Qondirilganlik darajasiga koʼra ehtiyojlar qanday turlarga boʼlinadi? A. qondirilgan, qondirilmagan, qisman qondirilgan Ehtiyoj qanday aniqlanadi? A. isteʼmolchilarning didi, istagi va xoxishi orqali Ehtiyojlar klassifikatsiyasi.... A. obʼekt va subʼekt boʼyicha tasniflanadi Tarmoqda koʼproq bozor ulushiga ega korxona qanday ataladi? A. bozor yetakchisi Bozor segmentatsiyasining geografik tamoyilning hususiyatlariga nimalar kiradi? A. bozorning joylashuvi, aholining zich-keng joylashuvi, mintaqaning rivojlanish dinamikasi Impulsiv tovarlarga nimalar kiradi? A. shokolad batonchiklari, saqich, roʼznoma, krossvordlar Аxborotlarni sifati ... bogʼliq: A. toʼgʼriligi, oʼz vaqtidaligi va toʼliqligi tahliliga Segmentatsiya nima? A. isteʼmolchilarni bir turdagi guruhlarga boʼlish Tovar siyosatini vazifasi boʼlib nima xisoblanadi ? A. tovarni xayotiylik siklini va ularni raqobatbardoshligini boshqarish Mahsulot bilan tovarning farqi nimada? A. mahsulot inson mehnatining mahsuli boʼlib, umumiy tarzi tushuniladi, tovar uning qismi hisoblanadi Marketingning asosiy kategoriyalari berilgan qatorni toping. A. bozor, ayirboshlash Yakuniy isteʼmolchi kim? A. shaxsiy isteʼmol uchun tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchi oila yoki shaxs Marketing asosida bozorni har taraflama oʼrganish yoʼnalishlarining asosiylari koʼrsatilgan qatorni toping. A. bozor tarkibini aniqlash va sotish shakli va uslublarini tahlil etish Marketingni mohiyati – bu... A. isteʼmolchiga yoʼnaltirilgan tovar ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish, ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga moʼljallashdan iborat Isteʼmolchilar bilan asosiy muloqot obʼyekti nima? A. kommunikatsiya Marketing mohiyatidan kelib chiqadigan asosiy tamoyillardan biri toʼgʼri keltirilgan qatorni toping. A. bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki isteʼmolchilarn muammolarini yechish vositalari bilan ishlash Konsepsiya atamasiga toʼgʼri taʼrif berilgan qatorni toping. A. obʼekt, hodisa, jarayon, predmet boʼyicha asosiy nuqtai nazar Marketingning tahliliy funktsiyasiga nimalar kiradi? A. bozorni, firmani va tovarni toʼliq oʼrganish Marketing kontseptsiyasi evolyutsiyasining 1-bosqichidagi asosiy gʼoya toʼgʼri berilgan qatorni toping. A. imkoniyati boricha ishlab chiqarish Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 “P” modeli ilk bora kim tomonidan taklif etilgan? A. Makkarti Marketing-miksdagi 4P lar toʼgʼri berilgan qatorni toping. A. product, place, price, promotion 1960-1980 yillardagi marketing kontseptsiyasi toʼgʼri berilgan qatorni toping. A. anʼanaviy marketing Tashqi muhit bu – A. tashkilot va uning marketing boʼlimi tomonidan boshqarib boʼlmaydigan elementlardir Raqobatchilarning turlari toʼgʼri berilgan qatorni toping. A. istak buyicha, safdosh tovar buyicha, tovar turi buyicha, tovar markasi buyicha Marketing vositachilar turlarini toʼgʼri berilgan qatorni toping. A. savdo vositachilari, moliyaviy vositachilar va logistik vositachilar Marketing mikro muhiti tarkibi toʼgʼri berilgan qatorni toping. A. taʼminotchilar, raqobatchilar, mijozlar va xaridorlar, marketing boʼyicha vositachilar Makromuhitning asosiy omillari toʼgʼri berilgan qatorni toping. A. ijtimoiy, texnologik, iqtisodiy va raqobat, siyosiy omillar Xaridorlarning munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil nima hisoblanadi? A. daromad Koʼpgina mamlakatlarda daromad boʼyicha necha guruhga segmentlashdan keng foydalaniladi? A. 3 Isteʼmol bozorini segmentlash tamoyillari toʼgʼri berilgan qatorni toping. A. geografik, psixografik, demografik va xulq-atvor tamoyillari Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar toʼgʼri berilgan qatorni toping. A. tovarlar-xaridorlar tomonidan dastlabki koʼnikmaga, odatga koʼra tanlovsiz, qiyoslashsiz sotib olinadi Аlohida talabdagi tovarlar toʼgʼri berilgan qatorni toping. A. xaridor uchun oʼta qadrli sanalayotgan, oʼta nufuzli, mashhur firmalar tovari Passiv talabdagi tovarlar toʼgʼri berilgan qatorni toping. A. xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam oʼylaydigan tovarlardan tarkib topadi Marketing tadqiqotlari - A. axborot toʼplash, uni izohlash, tahlil qilish, qayta ishlash va qaror qabul qilishdan iborat Marketing tadqiqotlarida eng keng tarqalgan uslub bu A. soʼrov Reklama soʼzining maʼnosi nima? A. baqirmoq, qichqirmoq Mahsulot lotin tilidagi qaysi soʼzdan olingan? A. productus Аnʼanaviy OАVlari toʼgʼri koʼrsatilgan qatorni toping. A. televidenie, radio, gazeta va jurnallar, bevosita pochta Аnketalardagi savollarining ... turlari boʼladi. A. ochiq va yopiq Yozma, ogʼzaki, telefon orqali soʼrov oʼtkazish qanday shaklga kiradi? A. intervyu Korxonaning marketing muhiti qanday guruhlarga boʼlinadi? A. ichki va tashqi Tovarlarni shaxsiy isteʼmoli uchun eng zarur segmentatsiya mezonlari. A. toʼlovga layoqatli talab darajasi yoki isteʼmolchining ehtiyojini toʼliq qondirish Reklamaning asosiy maqsadi nima? A. kommunikatsiya vositasi boʼlib, u firmaning bevosita muloqot oʼrnatilmagan potentsial xaridorlarga axborot uzatish imkonini beradi Ierarxik ehtiyoj tizimi asosida motivatsiyalash nazariyasining muallifi kim? A. А. Maslou Marketingda isteʼmolchilar deganda... tushuniladi. A. oʼz ehtiyojini qondiruvchi bozor subʼekti Mahsulotni xaridorlarga yetkazish deganda nimani tushunasiz? A. ishlab chiqrarishdan to xaridorlarga sotish kanallari orqali yetkazish Tovarning oʼsish bosqichida marketingni maqsadi nima? A. sotuvni maksimal darajaga chiqarish Individ shaxsning madaniy darajasiga asosan oʼziga xos shaklga kirgan muhtojlik nima deyiladi? A. ehtiyoj Isteʼmolchilarning xaridorlik xulq-atvori qanday shaxsiy omil taʼsirida oʼzgaradi? A. shaxs turi, oʼz oʼzini idrok etish, yashash davri, hayot tarzi; Sotish funktsiyalari qaysi amallarning bajarilishini koʼzda tutadi? A. tashish, taqsimlash, saqlash, saralash, aloqa oʼrnatish, axborot Yangi tovarni ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda nima qilinadi? A. texnik koʼrsatkichlarini shakillantirish Marketingda sotish – bu: A. mavjud bozordagi tovar va xizmatlarning oldi-sotdi jarayoniga bogʼlik munosabatlar Marketing axborot tizimini amalga oshirish uchun kanday asosiy jarayonlarni tashkil etish zarur? A. toʼplash, kayta ishlash, taxlil, maʼlumotlarni uzatish va saklash Download 44.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling