Bozordagi holat | | | | - «Ishg‘ol qilish» «Himoya»
| | - Bozor yetakchilarini ta’qib qiluvchilar
| - «Hujum» «Kurs bo‘yicha yorib o‘tish»
| - «Kurs bo‘yicha bo‘ylab borish» «Qo‘rshab olish»
| | - «Maydonlarda kuchlarni to‘plash»
| - «Holatlarni saqlash» «Aylanib o‘tish»
| - 5.5-rasm. Raqobatchilar ustunligi matritsasi
- Korxonaning harakatlar tavsifi va bozordagi egallagan o‘rni u yoki bu strategiyani tanlashni oldindan belgilaydi. Shunday qilib, ko‘pgina raqobatchilar uchun «sanash nuqtasi» sifatida bozorda ustun o‘rinni egallovchi bozor yetakchisi xizmat qiladi. Bozordagi vaziyatdan qanoatlangan korxonalar, odatda, to‘g‘ri raqobatdan qochadilar.
- Biroq, raqobatchi ustunliklari yig‘ilishi bilan yetakchiga ochikdan ochiq qarshi chiqa oladigan va hujum qila oladigan korxonalar yetakchilarni ta’qib qiluvchilarga aylanadilar.
- Oldindan harakat qiluvchi strategiyalarni (aktiv) yoki passiv turlarni tanlash, asosan, korxonaning bozordagi holatiga bog‘liq bo‘ladi.
- «Bozorni ishg‘ol qilish» — bu strategiya narxli yoki mahsulotli yetakchilikni qo‘llash, yangi iste’molchilarni izlash, iste’mol intensivligini oshirish va boshqa yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
- «Bozorni himoyalash» — korxonaning faoliyat sohasida «vafodor» iste’molchilarni servis xizmati, reklama vositalarini samarali ishlatish, rag‘batlantirish yordami bilan ushlab qolishga intilish.
- «Tutib olish» — qabul qilingan zarur choralarni harakat samarasini pasaytirish maqsadida raqobatchita’qibchilarning yangi kiritishlariga javob harakatlar.
- «Bozorni bloklash» — raqobatchita’qibchilar tomonidan marketing-miksni (tovar, narx, siljitish, taqsimlash) ishlatish borasida biror ustunlikka erishish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymaslik.
- «Hujum» («ro‘paradan qilingan hujum») — raqobatchining o‘zi qo‘llagan vositalari bilan raqiblarga ta’sir qilishdan iborat. Muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun ro‘paradan qilingan hujum hujum qiluvchidan yirik kuch ustunligini talab qiladi (harbiy strategiyaga nisbatan analog bo‘yicha bu munosabat 3:1 ga teng deb qabul qilingan).
- «O‘pirish» («yon tomondan yorib o‘tish») — yetakchi bilan uning zaif joylari ko‘rinuvchi strategik yo‘nalishda olib boriladigan kurashni nazarda tutadi. Bu strategiyadagi klassik yondashuv — narx orqali hujum qilish, ya’ni o‘sha tovarlarni pastroq narxlarda taklif etish.
- «Kurs bo‘yicha borish» — o‘zining yechimlarini raqiblar yechimi bilan moslashtirgan, kunikuv xatti-harakatni tanlagan, bozorning katta bo‘lmagan qismida faoliyat olib boruvchi raqobatchining strategiyasidir. Bunday firmalar «tinch birga yashash» va bozorni oldindan belgilab o‘ylab bo‘lib olish maqsadini ko‘zlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |