Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi. Marketing imkoniyatlarini urganish
Download 76.87 Kb.
|
Marketing menejmenti
4. Korxonada marketing xizmati.
Korxona butun marqting faoliyati va rejalashtirishni amalga oshiruvchi marketing tizimini yaratishi kerak. Agar bu kichik korxona bo’lsa, marketing xizmatini bir kishi bajarishi kerak. U xam marketing tadkikotlarini olib boradi, xam savdo va reklamani tashkil etadi., xam mijozlarga xizmat ko’rsatishni amalga oshiradi. Agar korxona katta bo’lsa, marketing xizmati bilan marketing bo’limi shug’ullanadi. Bo’limda agentlar, marketing bo’yicha tadkikotchilar, reklama bo’yicha mutaxassislar, maxsulot ishlab chiqarishni boshqaruvchilar, bozor segmentlari bo’yicha boshqaruvchilar, mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar ishlaydi. Xar bir korxona marketing bo’limini u ishlab chiqarish barqarorlashuvi va maxsulot sotish ko’payishiga yordam berishi uchun to’ziladi. Marketing xizmatini tashkil etishning eng keng tarqalgan turi - funksional tur bo’lib, unda marketing bo’yicha mutaxassislar marketing faoliyatining turli vazifalarini bajarishga raxbarlik kiladilar. Ular faoliyatini tartibga soluvchi marketing bo’yicha vise-prezident (direqtor o’rinbosari)ga buysunadilar.(sxemaga qarang). Marketing xizmati Marketing buyicha vitse-prezident Reklama va savdoni ragbatlanti-rish xizmati boshkaruvchisi Savdo xizmati boshkaruv chisi Marketing xizmati boshkaruv chisi
Yangi maxsulot buyicha boshka ruvchi Marketing tadkikotlari xizmati boshkaruv chisi Sxemada beshta mutaxassis ko’rsatilgan. Bulardan tashqari mijozlarga xizmat ko’rsatish xizmati boshqaruvchisi, marketingni rejalashtirish bo’limi va tovar xarajati xizmati boshqaruvchisi bo’lish mumkin. Funksional xizmatning afzalligi - uni boshqarish osonligidadir. Shu bilan birga tovar assortimenti va korxona bozori kengayishi bilan bu sxema samaradorligi kamayib boradi, xar bir aloxida bozor uchun reja ishlash kiyinlashadi, butun marketing faoliyatini tartibga solish mushqullashadi. Marketing majmui - bu to’rtta tarkibiy qism: tovar, narx, taksimlash usullari, va savdoni ragbatlantirish usullarini birlashishidir. Butun marketing faoliyatini amalga oshirish uchun ishlab chiqarishda to’rt tizim - marketing axboroti, marketingni rejalashtirish, marketing xizmatini tashkil etish va marketing nazoratini yaratish kerak. Bularning xammasi marketingni boshqarish jarayonini tashkil etadi. Xulosa Bozor sharoitida korxonani boshqarish marketingni ishlab chiqarish siklining boshiga kuyadi, chunki xo’jalik qarorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridor extiyojlari yotadi. Oxir natijada korxona kulami, korxonani boshqarish tashkiliy tarkibini, boshqaruv tamoyil va usullarini, xizmat ko’rsatish yunalishlarini bozor belgilaydi. Download 76.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling