Marketing–bozor talabalari asosida korxona faoliyatini tashkil qilish


Download 13.49 Kb.
Sana04.01.2023
Hajmi13.49 Kb.
#1077567
Bog'liq
Marketing–bozor talabalari asosida korxona f (1)


Aim.uz

Marketing–bozor talabalari asosida korxona faoliyatini tashkil qilish

Marketingda chakana savdoni tashkil qilish-bu bevosita iste’molchining shaxsiy ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan tovarlar va xizmatlar savdosidir. Har qanday tashkilot bu faoliyat bilan shug‘ullanar ekan, u chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi hisoblanib, tovar va xizmatlarning qay tarzda (shaxsiy savdo, pochta orqali, telefon orqali yoki savdo avtomati orqali) va qayerda (do‘konda, ko‘chada yoki iste’molchining uyida) sotilishi umuman ahamiyatga ega bo‘lmaydi.


Chakana savdo AQSHda eng katta tarmoqlardan biri bo‘lib, ular savdo korxonalarining 25% ini tashkil qiladi va mamlakatda ishchi-xizmatchilarni ish bilan bandligini ta’minlashda uchinchi o‘rinda turuvchi manbadir. Uning tarkibiga 1,5 milliondan ko‘proq bitta turli va 340 ming ko‘p turli savdo inshootlari kirib, tovar aylanishining umumiy hajmi 1981-yilda 1038. mlrd AQSH dollarini tashkil etgan. Xo‘sh, bu chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi kimlar bo‘lishi mumkin?
1981-yil yirik 10 ta chakana savdo bilan shug‘illanuvchi korxonalar safiga «Sbire Robak» 27,3 mlrd. dollar tovar oborotiga ega. «Seyvuey stors» (16,5 mlrd. dollar), «K-Mart» (16,6 mlrd. dollar), «Dj.K.Penne» (11,8 mlrd. dollar), «Kroger» (11,2 mlrd. dollar), «F.U.Vulvort» (7,2 mlrd. dollar), Ameriken stors» (7,1 mlrd. dollar), «Laki store» (7,2 mlrd. dollar), Federayted departament stors» (7,0 mlrd. dollar) va «Ey end Pi» (6,8 mlrd. dollar) lar kirishadi.
Yirik chakana savdo korxonalari - bular birinchi navbatda har xil turdagi univermaglar va universamlar bo‘lib hisoblanadi.
Vaqt o‘tishi bilan chakana savdo xodimlari ham jadal sur’atda rivojlanayotgan iqtisod shartlari asosida harakat qilishlari lozim. Chunki bugungi kunga kechagi kunning sharoiti to‘g‘ri kelmasligi katta ahamiyatga ega edi. Buning natijasida, «U.T. Grant», «Fud Feyr» kabi mashhur firmalar inqirozga uchradilar.
Zamonaviy chakana savdo xodimidan o‘zgarishlarni kuzatish va o‘z uslubini shunga qarab o‘zgartirishni va buni iloji boricha avvalroq bajarishga tayyor bo‘lishni talab qilinadi. Ammo uslubni o‘zgartirish oson kechmaydi, chunki yirik chakana savdo xodimi o‘zining boshqaruv uslubiga va o‘zining umumiy, ya’ni do‘kon o‘zgarganda ham xaridorlarning xotirasida saqlanib turuvchi mehnat tarziga uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Download 13.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling