Marketingda axborotlarning ahamiyati


Download 81.48 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi81.48 Kb.
#1532629
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MARKETING AXBOROTI

birlamchi axborot — aniq marketing muammosini yechish uchun maxsus dala (bozor) tadqiqotlari va modellash asosida hozirgina olingan ma’lumotlar massivi;
ikkilamchi axborot — qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq muammo yechimi bilan bog‘liq bo‘lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir tomonidan to‘plangan ma’lumotlar to‘plami.
Axborotning ikkala turi ham o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega. Masalan, ikkilamchi axborot arzonroq tushadi, uni olish va ishlatish oson, shuningdek, u nisbatan haqqoniydir. Biroq O‘zbekiston sharoitida, aniqrog‘i uning axborot makonida hozircha malakali marketing ma’lumotlari juda kam, -rasmiy, shu jumladan, qaydnomali va regional statistika esa tarqoq, kamdan-kam holda tizimli ko‘rinishda berilgan va shuning uchun hamma vaqt ham kuzda tutilayotgan marketing faoliyatining maqsadlarini aks ettirmaydi. Bunday holatda tadqiqotchilar oddiga qo‘yiladigan vazifalarning aniq maqsadlariga ko‘ra to‘planadigan, har doim eng yangi va ishonchli bo‘lgan birlamchi marketing axborotlariga ko‘proq tayanishga to‘g‘ri keladi.
Axborotni, ayniqsa, tashqi muhit haqidagi axborotni izlash va shakllantirishda kompyuter axborot tarmoqlari muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda ikki turdagi tarmoqlar kanallari mavjud. Internet — 45 mingdan ko‘proq kichik lokal tarmoqlardan iborat bo‘lgan global kompyuter tarmog‘idir. U butun yer kurrasi bo‘yicha uzluksiz va markazlashgan axborot almashishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda undan jahonning 150 mamlakatida 56 milliondan ko‘proq kishilar foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani yuborishlari, xarid qilishlari, tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin. Tijorat kanallari — ta’sischi kompaniyalarning abonent to‘lovlari asosida ishlaydigan axborot va marketing xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish (yangiliklar, kutubxonalar, ma’lumotlar va boshqalar), xarid qilish, hordiq chiqarish va muloqot qilish (elektron taxtalar, o‘yinlar, forumlar), elektron pochtadan foydalanish imkoniyatlari beriladi.



Download 81.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling