Marketingning xorijiy tajribalari va undan O’zbekistonda ijodiy foydalanish imkoniyatlari
Buyuk Britaniya va O‘zbekiston aloqalari
Download 39.98 Kb.
|
Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniya va O‘zbekiston aloqalari
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya munosabatlarida yangi ijobiy tendentsiya kuzatilib, ular ko‘p qirrali va istiqbolli bo‘lib bormoqda. 2007 yildan 2019 yilgacha O‘zbekistonga Buyuk Britaniya hukumati, parlamenti va boshqa muassasalari a'zolaridan iborat 70 ga yaqin delegatsiya tashrif buyurdi. O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning vakillik organlari tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha guruhlar tuzilgan bo‘lib, ular doirasida samarali hamkorlik amalga oshirilmoqda. Britaniya savdo tasnifida O‘zbekiston "strategik bozorlar" guruhiga kiritilgan. 2019 yilda ikki tomonlama savdo hajmi 193 million dollardan oshdi, import va eksport ko‘rsatkichlari esa deyarli teng. Faol iqtisodiy hamkorlik O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan britaniyalik sarmoyadorlar sonidan ham dalolat beradi. Bugungi kunda respublikamizda 400 dan ortiq Britaniya ishtirokidagi korxona mavjud bo‘lib, shundan 120 tasi 100 foiz Britaniya kapitali bilan tuzilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotida British-American Tabacco (tamaki ishlab chiqarish), Worley Parsons (dizayn va muhandislik markazi), Rio Tinto (konchilik), ITE (ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish) va boshqalar yetakchi mavqeni egallab turibdi. Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya Kengashi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning so‘nggi 24-uchrashuvi o‘tgan yil 28 fevral-1 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi. Bundan qariyb bir yil avval, 14 fevral' kuni London fond birjasiga 5 va 10 yil muddatga O‘zbekistonning birinchi davlat xalqaro obligatsiyalari (Evrobondlar) 1 milliard AQSh dollari miqdorida joylashtirildi. O‘zbekiston-Britaniya madaniy-gumanitar aloqalari, jumladan, ta'lim sohasida ham izchil rivojlanmoqda. 2002 yildan boshlab Toshkentda xalqaro Vestminster universiteti faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Kembrij universiteti bilan birgalikda Toshkentda yuqori texnologiyalar bo‘yicha o‘quv-tajriba markazi tashkil etdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rganish tizimini takomillashtirish va madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Britaniya Kengashi vakilligining 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan oltita loyihasi amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslari 23 ta hujjatdan iborat bo‘lib, ulardan 15 tasi hukumatlararo va 8 tasi idoralararo mazmunga ega. So‘nggi hujjatlardan biri 2019 yil 31 oktyabr' kuni Toshkentda imzolangan Sheriklik va hamkorlik bitimi bo‘lib, u Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi munosabati bilan ikki tomonlama aloqalarning uzluksizligini saqlash, shuningdek, Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi Sheriklik va hamkorlik bitimidagi ishtirokini to‘xtatishni ta'minlaydi. Xulosa XX asrda Britaniyadagi dunyo pozitsiyalarining evolyutsiyasi. Turli xil yirik korxonalar guruhlari o'rtasidagi manfaatlar farqini hisobga olmasdan tushunish mumkin emas. Tarixga chuqur kirib boradigan iqtisodiy taraqqiyotning o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan sanoat va bank kapitali o'rtasidagi muayyan ajratishdir. Mamlakatning jahon bozorida oldingi monopol mavqei sanoatning katta miqdordagi qarz mablag'lariga ehtiyoj sezmasligiga olib keldi. Bugungi kunda ushbu begonalashtirish bartaraf etilgan bo'lsa-da, hozirgi kunga qadar Buyuk Britaniya boshqa Evropa mamlakatlaridan ajralib turadi, tashqi kompaniyalarning moliyalashtirish manbalari ulushi kam. Download 39.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling