Marksheyderlik ishi va geodeziya
Karerlarda tayanch tarmoqlarini barpo qilish
Download 2.9 Mb.
|
Abbosbek (2)
3.2. Karerlarda tayanch tarmoqlarini barpo qilish
Ochiq konlarda planli va balandlik geodezik asos punktlari triangulyatsiya yoki poligonometriya va nivelirlash usullarida barpo etiladi. Karerlarda tayanch tarmoqlari 1962 – yil qabul qilingan klassifikatsiya boʻyicha barpo qilinib, ular quyidagilarga boʻlinadi: 1. Davlat geodezik tarmoqlari (triangulyatsiya, poligonometriya va nivelirlashning I, II, III, IV klasslari). 2. Triangulyatsiya va poligonometriyaning 1 va 2 – razryadli zichlash tarmoqlari. Qoida tariqasida korxona hududidagi tayanch tarmoqlari aslida zichlash tarmoqlari boʻlib, ular davlat geodezik tarmoqlari asosida barpo qilingan boʻladi. Tayanch tarmoqlarini konstruksiyalari qatlam formasiga, relyefga, kon ishlari harakteriga bogʻliq boʻlib ular uchburchakli, toʻrtburchakli, markaziy sistema koʻrinishlarida va boshqa koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Karerlarda marksheyderlik ishlari hajmining kattaligini va turliligini hisobga olib, har bir alohida joylashgan kon korxonalarining kattaligi va chuqurligidan qatʼiy nazar ularning maydonlarida eng kamida ikkita tayanch punkti bilan, yirik karerlarda uchta punkt bilan taʻminlangan boʻlishi shart. Tayanch tarmoqlarini barpo qilishda quyidagi shartlarga amal qilish kerak: - Karer agʻdarma va bortlarida punktlar bir xil uzunliklarda joylashishi kerak. - Har bir punktni kon ishlari teritoriyasidan koʻrininshini taʻminlash. - Punktlarni uzoq muddat saqlanishini taʻminlash. - Ish olib borilmaydigan bortlarga punktlarni nisbatan yaqin joylashtirish. - Kon ishlari rivojlanish perspektivini va yerni rekultuvatsiya qilishini hisobga olish. Tayanch tarmoqlarining koʻrinishi, aniqlik meʻyorlari va punktlarni mahkamlash usullari marksheyderlik ishlari yoʻriqnomasida keltirilgan. Marksheyderlik ishlarini kerakli aniqlik bilan taʻminlash uchun tayanch tarmoqlari punktlarini oʻzaro joylashishini asosiy marksheyderlik planni masshtabida 0,1 mm dan katta boʻlmagan xatolik bilan aniqlash kerak. Karer hududida asosiy geodezik punktlar boʻlmasa tayanch tarmoqlari punktlarini 1 va 2 razriyadli mustaqil tarmoq koʻrinishida boʻladi. Shu bilan birga bir biridan koʻpi bilan 10 ta uchburchak narida boʻlgan uchburchaklarning eng kamida 2 ta bazis tamoni oʻlchanadi. Triangulyatsion tayanch tarmoqlari poligonometrik bilan almashtirilishi mumkin. Agar karerga tegishli maydonda qurilmalar koʻp boʻlsa, oʻrmonzor boʻlsa u holda tayanch tarmogʻi punktlarini poligonometrik usulda barpo qilinadi. Poligon formasi iloji boricha chiziq formaga ega boʻlib, oʻrta qismida burchak 135 dan kichik boʻlmasligi va oʻrtacha tomon uzunligi 0,5, 0,3, 0,2 km boʻlishi kerak. Poligonometrik yoʻllarni oʻtkazishda yoʻqori aniqlikdagi asboblardan foydalanilib burchakdagi bogʻlanmaslik: berk yoʻllarda 5 , 10 va 20 , dan oshmasligi kerak, bu yerda n– oʻlchangan burchaklar soni; chiziqli bogʻlanmaslik 4 – klass yoʻllarda 1: 25000 dan oshmaslik kerak. Boshlangʻich punktlar oraligʻidagi yoʻl uzunligi 10 km dan oshmasligi, bogʻlovchi nuqtalar oraligʻi 5 – 7 km dan oshmasligi kerak. Kalmakir karerida tayanch tarmoqlari 1967-yilda asosan 4-klass nevillerlash va trangulyatsiya ishlari orqali geodezik ishlar olib borilib tayanch tarmoqlari barpo etilgan. 2016-yilda Kalmakir kareri chetki qismiga poligonometrik teodalit yoʻl orqali syomka tarmoqlari barpo qilingan. Ular quyidagi jadvalda hisob kitob natijalari koʻrsatilgan. 14-rasm. Teodalit yoʻli sxemasi. 1-rasm. Kalmakir koni tayanch tarmoqlari. Download 2.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling