Marosim folklori
Mavzu: Shermuhammad Munis. G’azallar
Download 1.18 Mb.
|
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.
Mavzu: Shermuhammad Munis. G’azallar.
R E J A: Shermuhammad Avazbiy o'g'li Munisning hayot yo’li. Shoir ijodi to’g’risida "Base g'am boridin" g'azali tahlili Munis 1778-yilda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida Avazbiy mirob oilasida tug'ildi. Otasi Avazbiy Xiva xonligining bosh mirobi edi. Miroblik xonlikdagi eng katta mansabiardan biri bo'lib, bugungi kun bilan qiyoslasak, Qishloq va suv xo'jaligi vaziri lavozimiga to'g'ri keladi. Shermuhammad boshlang'ich ta'limni qishlog'idagi maktabda oldi. So'ng Xiva madrasalarida tahsil ko'rdi. Tabiatan tirishqoqlik va tabiiy iste'dodi yuksak yosh Shermuhammad tez orada arab, fors tillarini puxta o'zlashtirdi, tarix ilmini chuqur o'rgandi, mohir xattot bo'lib yetishdi. Shoirning bolalik yillari va yoshlik davri juda zavqli, beg'am va xursandchilik bilan o'tgan. Shoir keyinchalik bu osoyishta hayotini eslab, "Munis ul-ushshoq" devoni debochasida jumladan shunday yozgan edi: "Bu yo'sinda ne zamon inqilobotidin zarrae g'amim bor edi, ne jahon hodisotidan lahzae alamim". Munisning bu betashvish, farahli hayoti ko'p o'tmay intiho topdi. 1800-yilda otasi vafot etdi. Bu judolik yarasi bitmay onasi, so'ng inisi dunyodan o'tdi. Taqdirning shafqatsiz hukmi bilan adoqsiz g'am-u hasrat, cheksiz tashvishlar girdobiga tashlangan Munis: Tiyra qildim dudi ohimdin jahon koshonasin, Har birining so'gi anduhidin aylab nolalar; yoki: Nasib g'amuza bo'ldi charxi gardondin, Musibat uza musibat yetushti davrondin, — kabi misralarida o'zining hasbi holini bayon etgan edi. Bu davrda Xivada Avazbiy inoq hukmdor edi. U o'zining adashi Avazbiy mirobning o'g'li yosh Shermuhammadni tashlab qo'ymadi. Huzuriga chaqirib, farmonnavislik vazifasiga tayinladi. Bu hol Munisni saroyga yaqinlashtirdi. 1804-yilda xon Avazbiy vafot etgach, Muhammad Rahimxon taxtni egalladi va Munisga bosh miroblik lavozimini berdi. Taqdir bundan keyin ham Munisga mehribonlik qilmadi. Shafqatsiz o'lim undan o'g'lini, ayolini tortib oldi. Munisning o'zi esa 1829-yili xonning Xurosondagi harbiy yurishlaridan biridan qaytayotganda, vabo kasaliga yo'liqib, vafot etdi. Shoirning qabri o'zi tug'ilgan Qiyot qishlog'ida. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling