Marosim folklori
Download 1.18 Mb.
|
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.
Ahmad Donish (1826-1897). Ahmad Donish taxallusi bilan mashhur bo'lgan Ahmad Mahdum XIX asr Buxorosining qomusiy olimi bo'lib, u yirik ma'rifatparvar olim va faylasuf, yozuvchi va astronom, tarixchi va arxitektor, musavvir va musiqago'y sifatida o'z davrining ma'lum va mashhurlaridan. Uning bizgacha "Qomus al-a!zam" ("Ulug’ qonun"), "Muntaxab al-ahkom" ("Tanlangan qarorlar"), "Navodir ul-vaqoe"' ("Nodir voqealar"), "Risolai muxtasare az ta'rixi saltanati xonadoni amironi Mang'it" ("Mang'it amirlari xonadoni saltanatining qisqacha tarixi"), "Majmuai hikoyati Ahmad kalla" (Ahmad kalla hikoyatiari to'plami) (1877), "Isloh miyoni shia va sun" ("Shia va sunniyni yarashtirish haqidagi malumot") kabi risolalari, "Daftari taqvim" ("Kundaliklar") kabi muhim ahamiyatli asarlari yetib kelgan. Ahmad Donish 1826-yilda Buxoroning Shofirkon tumanida mudarris oilasida nash'u namo topdi. Ilk ibtidoiy tahsilni otasidan oldi. Yoshligidanoq har narsaga qiziquvchan, zehnli Ahmad ulg'aya borgach, naqqoshlik, rassomlik, xattotlik san'atini o'rgandi. Tarix va falsafa ilmidan ham boxabar edi. Ana shu fazilatlari bilan el orasida nomi chiqa boshlaydi. Buxoro amiri elchisining kotibi vazifasida bir muncha muddat ishlaydi. Xizmat yuzasidan uch marta Rossiyada bo'ldi. Bu safarlar taassuroti tushirilgan qog'oz, ya'ni Ahmad Donish o'z qo'li bilan yozgan 16 qo'lyozma asari O'z FA Sharqshunoslik institutining Qo'lyozmalar fondida saqlanadi.
Ahmad Donish qarashlari faylasufona, o'g'itlari go'yo jon ozig'i. Uning "Navodir ul-vaqoe1" asari (1870— 1885) falsafiy memuar asar. Bunda Rusiyaga qilgan safar taassurotlaridan tortib, inson bilan bog'liq barcha voqeliklarni — ota-ona va farzand munosabatlari, olimlik va johillik, mol-dunyo, safar qoidalari, ilm-ma'rifat foydasi, taqdir tilsimlari, Bedil baytlari-yu hadis talqinlarigacha fikr mulohazalar sodda va jonli ifodalarda berilgan. Bu asarni shoirning falsafasi deyish yoki hayotiy tajribalarining xu-losasi sifatida talqin qilish va yana ilm-fanning buyuk namoyondasining avlodlarga vasiyatnomasi deb ham atash mumkin. Bu vasiyatnoma ta'limiy-axloqiy jihatdangina emas, ijtimoiy-siyosiy jihatdan ham muhimdir. Donish ana shunday yuqon arashlari bilan ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling