Marotaba takidlaganman
Download 189.69 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5242535736896391868
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’lim Qobiliyat
@linguabarno tarafidan yaratildi. (Instagram va Telegram sahifalariga a’zo bo’ling)
IELTS o’qishni boshlash uchun, kamida INTERMEDIATE (o’rta) darajada bo’lish kerak ekanligi haqida, ko’p marotaba takidlaganman. Ingliz tilini B1 darajasida bilishingizni qanday bilasiz? Quyidagi Jadval O'rta darajaga ega bo'lgan odam qanday bilimga ega bo'lishi kerakligini ko'rsatadi. SIz uchun yaratilgan check-list dan foydalaning, va IELTS kursiga borishdan oldin, jadvalda ko’rsatilgan bilimlarni mustahkamlang.
Bo’lim Qobiliyat
Grammar (Grammatika) Siz ingliz tilining barcha zamonlarini bilasiz: Present, Past va Future Simple; Present, Past va Future Continuous; Present, Past va Future Perfect; Present, Past va Future Perfect Continuous.
“I used to play football” va “I’m used to playing football” jumlalarini farqini bilasiz (Used to va to be used to konstruktsiyalari)
I’m visiting John tomorrow at 5 o’clock (Present Continuous kelajakni bildirish uchun) I’ll visit John next month (Future Simple). Jumlalarni farqini bilasiz
to do exercises” gaplari orasidagi farqni bilasiz (modal fellar)
iboralarini farqini bilasiz (gerund va infinitiv)
hotter-hottest).
“little/few” va “a little/a few” qaysi hollarda ishlatilishini tushuning (ingliz tilida miqdorni bildiruvchi so'zlar).
@linguabarno tarafidan yaratildi. (Instagram va Telegram sahifalariga a’zo bo’ling)
“If you come home, we’ll go shopping”, “If you came home, we would go shopping” va “If you had come home, we would have gone shopping” gaplari orasidagi farqni tushunasiz. (shartli gaplarning birinchi, ikkinchi va uchinchi turi).
Biror narsaga oydinlik kiritish uchun siz savollarni qiynalmay berasiz: You don’t like coffee, do you? (savol jumlalari)
(So’z boyligi)
Sizning so'z boyligingiz 2000 dan 3000 gacha so'z va iboralarni qamrab oladi. (3000 ta so’zni to’liq ishlata olasiz)
Siz ba'zi iboralar va iborali fe'llarni yaxshi bilasiz. (idioms, phrasal verbs)
Siz biznes sheriklar bilan maxsus biznes terminologiyasini o'rganmasdan muloqot qilishingiz mumkin (siz biznesning asosiy so'z boyligini bilasiz).
from, due to, because of.” Konstruktsiyalarini erkin ishlata olasiz.
Speaking (So’zlashuv) Siz ravon gapira olasiz, talaffuzingiz yaxshi va boshqalar sizning nutqingizni oson tushunishadi.
Siz jumlalarda mantiqiy pauzalarni (to’xtashlarni) qayerda qilishni, gapning qaysi qismida ovozingizni ko'tarish yoki tushirishni tushunasiz.
Siz juda ravon gapirasiz, suhbat davomida uzoq to’xtab qolmaysiz.
Siz tashqi ko'rinishingiz, ta'limingiz va ish tajribangiz haqida bemalol gaplashasiz, turli masalalar bo'yicha o'z fikringizni bildira olasiz, deyarli har qanday mavzuda suhbatlashish qo’lingizdan keladi.
Siz nutqingizda phrasel verbs va (idioms) iboralarni ishlatasiz.
@linguabarno tarafidan yaratildi. (Instagram va Telegram sahifalariga a’zo bo’ling)
Siz nutqni soddalashtirmaysiz, juda murakkab grammatik tuzilmalardan foydalanasiz: shartli gaplarning har xil turlari, passive voice, turli xil zamonlarni qiynalmay ishlatasiz
Reading (O’qish) Internetda, gazeta va jurnallarda umumiy maqolalarni tushunasiz, notanish so’zlarga duch kelsangiz ham.
Siz oddiy adabiyotlarni asl nusxada o'qishni boshlaysiz, o'qigan narsangizning ma'nosini tushunasiz, ammo notanish so'zlarni uchratishingiz mumkin.
Listening (Eshitish)
Sizning darajangizga moslashtirilgan audio yozuvlarni mukammal tushunasiz.
Siz ba'zi bir so'zlarni bilmasangiz ham, original audiolarni, radio loyihalarni tushuna olasiz.
Siz til egalarini (native speakers) aksentini ingliz tilida bo'lmaganlarning aksentidan ajratib turasiz.
Siz subtitr bilan asl tilida filmlar va seriallarni tomosha qilasiz.
Siz o'zingizning darajangiz uchun murakkab bo'lmagan original audiokitoblarni tinglab, tushuna olasiz.
Writing (Yozish)
tuza olasiz.
Siz norasmiy xat yoki kichik rasmiy xat yozishingiz mumkin.
Agar kerak bo'lsa, rasmiy hujjatlarni ingliz tilida to'ldirishingiz mumkin.
Siz har qanday joylar, voqealar, odamlar haqida yozma tavsif berishingiz va har qanday matnga sharh berishingiz mumkin.
Download 189.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling