Marshrutizatsiyalash va uning variantlari, paketlarni filtrlash


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana23.12.2022
Hajmi1.11 Mb.
#1047070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
6-rasm. 
6-rasmda ko'rsatilgan ko'rinishda, marshrutizatorlarning tarmoqli manzili va 
tarmoqlar raqamlari uchun shartli belgilarni ishlatib, marshrutizatorda 
marshrutlash jadvali qanday ko'rinishda bo'lishini ko'rib chiqamiz. 
Paket tarkibiy tarmoqning har qanday tarmog„iga yuborilish mumkinligi 
sababli, marshrutlashning har bir jadvali tarkibli tarmoqqa kiruvchi hamma 
tarmoqlar to'g„risida yozuvlarga ega bo'lishi kerak deb qaralishi mumkin. Lekin 
bunday yondoshishda, katta tarmoq bo'lsa, marshrutlash jadvalining hajmi katta 
bo'lishi mumkin. Bu esa uni ko'rib chiqish vaqtiga ta'sir etadi va saqlash uchun 
ko'p joy talab etadi.
Shuning uchun marshrutlash jadvalida yozuvlar sonini maxsus yozuv- 
―Sukut saqlash bo'yicha marshrutizator‖ (default) ishlatish hisobiga 
kamaytiriladi. haqiqatda, tarkibiy tarmoq topologiyasini inobatga olsak, unda 
tarkibiy tarmoq tashqarisida joylashgan marshrutizatorlar jadvalida, ushbu 
marshrutizatorga bevosita ulangan yoki yaqin orada, boshi berk yo'nalishda 
joylashgan tarmoqlar raqamini yozish kifoya bo'ladi. Qolgan hamma tarmoqlar 
to'g„risida, ushbu tarmoqlarga boruvchi yo'llar o'tuvchi marshrutizatorni 
ko'rsatuvchi yagona yozuv jadvalida yoziladi. Bunday marshrutizator, sukut 


O’lcha
m
mm
m
 
varaq 
 
Hujjat:
 
 
Imzo 
 
Sana
varaq 
 
 
NDK va TU 60711400.
39sA-21TJA Kurs ishi 
 
 
 
 
saqlash marshrutizatori deyiladi, tarmoqraqami o'rniga, muvofiqqatorda, alohida 
yozuv joylashtiriladi, masalan, default. Bizning misolimizda S5 tarmoqi uchun 
bunday marshrutizator bo'lib, 5-marshrutizator, to'g„rirog„i uning M5(1) porti 
hisoblanadi. Bu shuni bildiradiki katta tarkibiy tarmoqning qariyb hamma 
tarmoqlariga S5 tarmog„idan yo'l marshrutizatorning ushbu porti orqali o'tadi.
Keyingi marshrutizatorga paketni uzatishdan oldin hozirgi marshrutizator, 
o'zining bir nechta portlaridan qaysi biriga joylashtirishini aniqlab olishi kerak. 
Buning uchun marshrutlash jadvalining uchinchi ustuni xizmat qiladi, yana bir 
marta ta'kidlab o'tamizki, har bir port o'z tarmoqmanzili bilan aniqlab olinadi. 
Tarmoq protokollarning ayrim amalga oshiruvchilari marshrutlash jadvalida 
bir vaqtda bitta tayinlash tarmoqmanziliga muvofiq bir nechta qator bo'lishlariga 
ruxsat beradi. Bu holda yo'nalish tanlashda ―Tanlash tarmog„igacha bo'lgan 
masofa‖ ustuni inobatga olinadi. Shu bilan birga masofa deganda tarmoq 
paketining berilgan mezoniga (ko'pgina servis sinfi deyiladi) muvofiq 
ishlatiladigan har qanday metrika tushuniladi. Masofa xoplar, aloqa liniyalari 
bo'yicha paketning o'tish vaqti, ushbu yo'nalishda aloqa liniyalari ishonchligining 
bironta tavsifi yoki berilgan mezonga nisbatan bu yo'nalishning sifatini aks 
ettiruvchi boshqa kattalik bilan o'lchanishi mumkin. Agar marshrutizator 
paketlarning bir necha servislar sinfini quvvatlasa, unda servisning (yo'nalishni 
tanlash mezoni) xar bir turi uchun yo'nalishlar jadvali aloxida tuziladi va 
qo'llaniladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling