Maruz a davlatning davriylikka qarshi siyosati Reja


Download 18.47 Kb.
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi18.47 Kb.
#1443024
1   2
Bog'liq
Humoyiddin 1.3mt

Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik o’zgarishlar, yangiliklar, 
ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg’arishning ko’payib 
ketishidagi rolini ko’rsatishadi. Monetar va nomonetar yo’nalish o’rtasidagi farq 
uncha katta emas, biri ikkinchisini to’ldiradi. Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat 
iqtisodiy faollikning kuchayishiga iste’mol emas, balki investitsiya sabab bo’ladi, 
degan fikrni ilgari suradi.
Iqtisodiy tsikllarni iste’mol tovarlariga talabning o’zgarishiga bog’lab, 
akseleratsiya printsipiga e’tibor qaratiladi. Bu printsip mohiyatiga ko’ra texnik 
sabablar tufayli iste’mol tovarlariga bo’lgan talabning ozgina o’zgarishi ishlab 
chiqarish uchun zarur tovarlarga talabning keskin o’zgarishiga olib keladi. 
Ko’proq jamg’arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni tsiklli 
rivojlanishining sababi qilib ko’rsatiladi: 
1) mablag’ni jamg’arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish 
turg’unlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablag’ investitsiyalash uchun 
foydalanilmaydi; 
2) pulni jamg’arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, 
chunki u iste’molga sarflanmaydi. 
3) natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg’arish hajmi o’sib borib, 
iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol 
tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi. 
Iqtisodiy tsikl ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion 
tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq. Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 
bilan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab 
chiqarish tsikllari o’rtasida katta farq bor. Kundalik iste’mol mollari doimiy ravishda iste’mol qilinadi. Ularning 
iste’mol miqdori o’zgargan taqdirda ham uncha katta o’zgarishlar sodir bo’lmaydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni domiy ravishda xarid qilinmaydi. 
Balki ular iste’molchi daromadi ko’paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat 
foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish 
uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur. 
Iste’mol o’sgan sari kapital tovarlarga talab ham ortadi. Bunda ishlab 
chiqarish tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya’ni iste’mol tovarlari, uzoq 
muddat foydalaniladigan va kapital tovarlar o’rtasida nisbatlar buziladi. 
Inqirozning sababi pul etishmasligi, bank rezervlarining kamligi emas, balki 
ana shu nisbatlarning buzilishidir. Lekin ko’pchilik iqtisodchilar etarli darajada 
iste’mol qilmaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb 
ta’kidlaydilar. Ya’ni iste’molchilar daromadlarini ko’proq jamg’arishga 
ajratganlari uchun emas, balki to’lov qobiliyatining etarli emasligi, ya’ni xarid 
qilish uchun pulning yo’qligidan kelib chiqadi. 
Iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishini tushuntirishda iqtisodiy nazariyalar bilan 
bir qatorda psixologik nazariyalar ham keng o’rin olib bormoqda. Psixologik 
nazariya tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kirtish 
mumkin. Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga 
ob’ektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir 
ko’rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro’y 
beradi. 
Kreditning kengayishi, talab va ishlab chiqarishning o’sishi odamlarning 
kayfiyatini ko’taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi 
yuqori bo’lgan pul jamg’arishga moyilligi ortib borishi va o’z navbatida iqtisodiy 
rivojlanishga ta’sir etishini ko’rsatishadi. 
Download 18.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling