Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari


Download 298.1 Kb.
bet27/67
Sana21.04.2023
Hajmi298.1 Kb.
#1373937
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67
Bog'liq
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari

Tashqi siyosat

Hindiston tashqi siyosatida muhim muammolar- dan biri Pokiston bilan munosabatlardir. 1947- yildan beri Kashmir masalasida ikki mamlakat janjal qilib keladi. Deyarli har 10 yilda qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib turadi. Hindiston tashqi siyosatida tinch-totuv yashashning o‘zi tashabbuskor bo‘lgan besh tamoyiliga (pancha chila — 1955-yilgi Bandung konferensiyasida Osiyo xalqlari o'rtasida xalqaro munosabatlarga asos qilib olingan) amal qiladi. (qarang: Xitoy mavzusi). J. Neru SEATO va SENTO bloklarining tuzilishini qoraladi. U bir qancha mahalliy janjallarni tinchtishda o‘z hissasini qo'shdi.
Sovet davlati Hindistonga 60 dan ortiq sanoat korxonalarini qurishda yordam berdi. Harbiy texnika bilan ta’minladi.
Qo‘shilmaslik harakatining rahbarlaridan biri va «olti mamlakat guruhi» a’zosi boTmish Hindiston qurollanish poygasini to'xtatishga, qurolsiz- lanishga, yadro urushi xavfini yo‘q qilishga, kosmosni harbiylashtirishga yo'l qo‘ymaslikka, yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatishga qaratilgan muhim takliflar bilan bir necha bor xalqaro maydonga chiqdi.
Hindiston Hind okeanini tinchlik zonasiga aylantirish yo‘lidagi kurashga salmoqli hissa qo'shdi. AQSHning Diyego-Garsiya harbiy oroliga bazasini joylashtirishiga qarshi chiqdi. Yangi mustamlakachilikka, irqiy kamsitish va aparteidga qarshi faol kurashib keldi. Hindiston Janubiy Osiyo mahalliy hamkorligi uyushmasi (SAARK) faoliyatida ishtirok etmoqda. Shri Lanka va Janubiy Osiyodagi ahvolni yaxshilashga muhim hissa qo'shmoqda.



    1. Hindiston — O'zbekiston munosabatlari

O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi aloqalar mustaqillikdan oldin ham ancha rivojlangan edi. O‘zbekiston mustaqilligidan keyin bu aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi. Ikki mamlakat o‘rta- sidagi munosabatlarning rivojlanishida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mustaqillik arafasidagi Hindistonga tashrifi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Sho'rolar zamonidagi mavjud tamoyillarni buzib, Hindiston bilan mustaqil hamkorlikni kengaytirishga birinchi bo‘lib kirishdi.
Natijada Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida birinchi marta teng huquqli mamlakatlar kabi iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar tuzildi.
Hindiston yordami bilan Toshkent, Buxoro va Samarqandda zamona- viy mehmonxonalar qurildi. Respublikamizga uskunalar va boshqa xil tovarlar xarid qilish uchun 1993-yilda Hindiston 10 mln. dollar mablag1 ajratdi.
1993-yil may oyida Hindiston Bosh vaziri Narasimxo Rao O‘zbekis- tonga rasmiy tashrif buyurdi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, havo yo‘llarini ochish, yangi zamonaviy mehmonxonalar qurish bilan shug‘ullanuvchi hind-o‘zbek qo‘shma korxonalarini ochish haqida 10 ta bitim tuzildi. Undan tashqari hind firmalari respublikamizdagi sheriklari bilan jami 100 mln. dollarlik mahsulot yetkazib berish bo'yicha 15 ta savdo shartnomasiga imzo chekishdi.
O‘zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarishda hindlar katta yordam ko'rsatmoqda. Buning uchun Surxondaryoda maxsus qo‘shma korxona tashkil etildi. O‘zbekiston FAning yigirmadan ortiq ilmiy-tadqiqot instituti Hindistondagi sheriklari bilan hamkorlik qilmoqda.
«O‘zbeksanoat» davlat assotsiatsiyasi Hindistonning «Xabar grup» firmasi bilan yiliga 4000 tonna ip-kalova ishlab chiqaradigan korxona qurdi. Hindistonning «Modi», «Rotan», «Shri eksport» va boshqa firmalari O‘zbekistonda katta obro‘ qozondi.
2005-yil aprel oyida Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Hindistonda bo‘ldi. 2004-yilda Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash 150 mln. dollarga yetdi. 1993-yildan beri 800 ga yaqin o'zbek mutaxassis- lari axborot texnologiyalari, bank ishi, kichik biznes yo'nalishlari bo‘yicha Hindistonda ta’lim olishdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalami rivojlantirish uchun 45 ta shartnoma imzolangan.
Shunday qilib, Hindiston — hozirgi kunda metall quyish, to‘qimachi- lik, mashinasozlik, tog‘-kon ishlari, neftni qayta ishlash, elektronika, ximiya sanoati tez rivojlanayotgan mamlakat. U 2004-yilda 12,5 mlrd. dollarlik axborot texnologiyalarini xorijga eksport qildi.
Yalpi ichki mahsulotning 30 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Hin­diston g‘alla bilan o‘zini o‘zi to‘la ta’minlaydi. Sholi yetishtirishda dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Turli texnik ekinlarini katta miqdorda yetishtiradi. Lekin mamlakat janubida millionlab odamlar qashshoqlikda yashaydi. Eng muhim muammo — inflatsiyaning kuchayishi va tashqi qarzning o‘sishidir.




  1. Download 298.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling