Ma’ruza №-2 magnitli ishga tushirgichlar (Yuritgichlar). Magnitli ishga tushirgichning
Download 110.53 Kb.
|
Ma\'ruza 2
10.13-расм.
10.1-rasmda PME seriyadagi yuritgichning umumiy ko’rinishi keltirilgan. Xarakatlanuvchan kontakt 1 ko’prik shaklida yasalgan. Tok uzatuvchi shinachalar 3 qo’zg’almas kontakt-detali 4 ga shunday tartibda ulanganki, bunda xosil bo’layotgan elektrodinamik kuchlar xosil bo’lgan yoyni kontaktdan tashqariga siqib chiqarishga (puflashga) yo’naltirilgan bo’ladi. To’g’ri xarakatlanuvchan tipdagi elektromagnit SH-shakldagi o’zak 5 va yakorp 6 ni o’z ichiga oladi. Yuritgich, boshlang’ich xolatga, prujina7 yordamida keltiriladi. Qisqa tutashgan cho’lg’amlar (‘alqalar) 8 o’zakning ikki chekkadagi sterjenplarga o’rnatilgan. Elektromagnitning yakori 6 izolyatsion traversa 9 bilan bog’liqdir. Izolyatsion traversa 9 ga kontakt prujinasi 2 bilan ta’minlangan xarakatlanuvchan kontaktlar 1 qotirilgan bo’ladi. Yuritgich beshta bosh (asosiy) va ikkita yordamchi kontakt 12 ga ega bo’lishi mumkin. Elektromagnit yakori bilan kontaktlarining bir ‘il masofa oralig’ida xarakatlanishi elektromagnit mexanizmining asosiy xususiyatlaridan biridir. Bunday elektromagnitlarning kamchiligi uning kontaktlarining uzoq tebranishi (1 ms dan ortiq) va nisbatan tez yemirilishidir. Bunday yuritgichlar kichik quvvatdagi elektr dvigatelplarini yuritishda ishlatiladi (nominal tok – 25A). Tok kuchi 25A dan yuqori xollarda PA seriyadagi yuritgichlardan foydalanish samarali ekan. Bunday yuritgichlarning kontaktlarining xarakatlanish masofasi yakornikidan 2,5 marta kichik. Dvigatelllarni yuklama tokidan ximoya qilish uchun uning ikkita fazasiga relelari ulanadi. Noreversiv magnit yuritgichning ulanish sxemasini ko’rib chiqamiz. 10.2-rasm. Noreversiv magnit yuritgichning ulanish sxemasi. Bosh (asosiy) kontaktlar L (ko’proq chiziqli kontakt shaklida) dvigatelni manba bilan tutashtiruvchi o’tkazgichlarga o’rnatiladi. Ushbu o’tkazgichlarning ikki fazasiga TRP1 va TRP2 issiqlik relelarining qizuvchi elementlari ulanadi. Elektromagnitning g’altagi K manbaga issiqlik relelarining uzuvchi kontaktlari T0 va boshqarish knopkasi orqali ulanadi. «Pusk» knopkasi bosilgandan so’ng, g’altak K, «Stop» knopkasining 1-2 kontaktlari va issiqlik relelarining yopiq xolatdagi kontaktlari T0 orqali, manba kuchlanishiga ulanadi. Elektromagnit yakori o’zakka tortilgandan so’ng BK blok kontakti ulanadi va «Pusk» knopkasining 3-4 kontaktlarini shuntlaydi. Bu esa o’z o’rnida «Pusk» knopkasini qo’yib yuborish imkonini beradi. Yuritgichni manbadan uzish uchun «Stop» knopkasi bosiladi. Yuklama toki ortib ketganda esa issiqlik relesi ishga tushadi va o’z kontaktlari T0 orqali g’altak K ni manbadan uzadi. Elektromagnit yakori boshlang’ich xolatga qaytadi va shunday tartibda yuritgich manbadan uziladi. Reversiv magnit yuritgichning ulanish sxemasini ko’rib chiqamiz. 10.3-rasm. Reversiv magnit yuritgichning ulanish sxemasi. «Vperyod» boshqarish knopkasi ulovchi 1-2 va uzuvchi 4-6 kontaktlariga ega. «Nazad» boshqarish knopkasi esa dvigatelpni teskari tomonga aylantirish uchun xuddi shunday kontaktlarga ega. SHuning uchun sxemadagi indekslarni belgilashlarda mos ravishda «v» ‘arfi «vperyod» knopkasiga tegishli bo’lib, «n» ‘arfi esa «nazad» knopkasiga tegishlidir. «Vperyod» knopkasi bosilganda ushbu knopkani 1-2 kontaktlari ulanadi va yuqorida noreversiv yuritgich uchun «Pusk» knopkasini bosganda ro’y bergan jarayon amalga oshadi, faqat mazkur xolda Kv g’altagi «Nazad» knopkasining 1-6 kontaktlari orqali manbaga ulanadi. SHu vaqtning o’zida «Vperyod» knopkasining uzuvchi 4-6 kontaktlari uziladi va Kn g’altagi manba zanjiridan uziladi. «Nazad» knopkasi bosilganda avval 1-6 kontaktlari uziladi, Kv g’altagi manbadan uzilib, «Vperyod» yuritgichi o’z ishini to’xtatadi. So’ngra 3-4 kontaktlari orqali «Nazad» yuritgichining elektromagniti ishga tushadi. «Vperyod» va «Nazad» knopkalari favqulotda birdaniga bosib yuborilsa yuritgichlarning birortasi ‘am ishlamaydi. Yuritgichlarning blok-kontaktlari ‘ozirgi kunda universal blok ko’rinishida chiqarilib, turli yuritgichlarda qo’llash imkonini bermoqda. Download 110.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling