Ma’ruza : Analog va raqamli signallarga ishlov berish
Download 1.93 Mb.
|
7.Signallarni filtrlash. Analogli filtrlash
Ma’ruza : Analog va raqamli signallarga ishlov berish.Analogli signallarni raqamli signallarga aylantiruvchi qurilmalar ikki qismdan–amplitudaviy-impulsli modulyator va kvantlovchi qismlardan iborat. Signallarni kvantlash quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi usulda kvantlanuvchi kuchlanish 2n-1 ta komparator yordamida tayanch kuchlanishlari bilan solishtiriladi (1-rasm). Tayanch kuchlanishlari rezistorli taqsimlagichlardan olinadi. Agar kvantlanuvchi kuchlanish n-tayanch kuchlanishidan kichik bo’lsa, n-komparatorning chiqishida mantiqiy “0” signali, agar katta bo„lsa, “1” signali hosil bo’ladi. Signal komparatordan chiqib shifratorga beriladi va unda n – xonali parallel kodga aylanadi. SHu sababli bu usul parallel sxema deb ataladi. Bu qurilmalarda bitta sanoqni o’zgartirish vaqti 20-100 ms atrofida bo’ladi. Ikkinchi usul xonalar bo’ylab tenglashtirish deb ataladi. Bunga ko’ra kvantlanuvchi kuchlanish UA(k), n marta ketma-ket, n ta tayanch kuchlanish bilan solishtiriladi (2-rasm). Oldin UA(k) kuchlanish katta xonali tayanch kuchlanishi bilan solishtiriladi: Agar UA(k)>U10......0 bo’lsa, kodning katta xonasi Xn=1 deb olinadi. Agar UA(k) Uchinchi usul - ketma-ket hisoblash usuli deb ataladi. Bu usul kvant qadami ∆ga teng bo„lgan minimal tayanch kuchlanishlarini, kvantlanuvchi UA(k) kuchlanishga tenglashguncha yoki undan kattaroq qiymatlarga erishgunga qadar necha marta qo’shib chiqish kerakligini hisoblashga asoslangan. Bu usulni ortib boruvchi tayanch kuchlanishli manba yordamida amalga oshirish mumkin. Agar i-taktli intervalda tayanch kuchlanishi Uoi=Umin+∆I bo„lsa, UA(k)≥U0 shart bajarilganda, i–sonining kodi raqamli signal UD(kn) ning kodini beradi. Bu tipda ishlovchi bir nechta sxemalar mavjud. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling