Ma’ruza № kirish
Download 29.04 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Ma’ruza № 1. KIRISH Reja: 1. Mexanika fanining ahamiyati. 2. Mexanika fani bo’limlari. 3. Mexanika fanida asosiy o’lchov birliklari. 4. Mexanika fanining rivojlanish bosqichlari. Tayanch iboralar: Mexanika, kinematika, statistika, dinamika, fizik hodisa, fizik kattalik, fizik tajriba, vaqt, metr. Fizika – jonsiz tabiat qonunlarini o‘rganadigan eng asosiy fanlardan biridir. Olam doimiy o‘zaro ta’sirda va uzluksiz harakatda bo‘ladigan moddiy jismlar majmuasidan iborat. Tabiatda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar muayyan qonunlar asosida ro‘y byeradi. Hozirgi zamon fizikasi umumiy fizika fanini bir butun sifatida qarab umumiy fizikani bir nyecha bo‘limlar sifatida alohida o‘rganishni lozim topadi. Ular mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom fizikasi va yadro fizikasi kabilardir. Tabiatdagi barcha harakatlar mexanik, elektromagnit, issiqlik va boshqa ko‘rinishlarga ega. Materiya harakatning eng sodda ko‘rinishlari turli jismlarning bir-biriga nisbatan ko‘chishi va jismlar shaklining o‘zgarishidan iborat bo‘lgan mexanik harakatdir. Mexanik harakat qonunlari fizikaning birinchi bo‘limi mexanikada o‘rganiladi. Mexanikaning o‘zini ham maxsus uch qismga kinematika, statika va dinamika kabi bo‘limlarga ajratib o‘rganiladi. Kinematikada jismlarning harakati shu harakatni yuzaga keltiruvchi sababga bog‘lanmasdan qaraladi. Statikada jismlar muvozanati va uning qonuniyatlari tekshiriladi. Dinamikada jismlarning harakat qonunlari shu jismlarning harakat sabablarga bog‘lab o‘rganiladi. Fizikaning umumiy kursida mexanikani o‘rganishdan oldin ba’zi bir o‘rganilishi juda zarur bo‘lgan tushunchalar bilan tanishamiz. Fizik hodisa - deganda muayyan jismlardan vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘luvchi qonuniy bog‘langan o‘zgarishlar majmuasi tushiniladi. Fizik hodisa yuz beruvchi o‘zgarishlar bevosita o‘lchashlar orqali miqdoriy baholanadi. Fizik tajriba - jismlarda sodir bo‘luvchi o‘zgarishlar o‘rganilayotgan fizik hodisaning vaqt o‘tishi bilan miqdoriy o‘zgarishlarini kuzatishlar ya’ni fizik tajribalar tufayli amalga oshiriladi. Fizik kattaliklar - fizik tekshirishlarda jismlarninig xossalarini xarakterlaydigan xarakteristikalardan iborat bo‘lib, ularning o‘zgarishini vaqt o‘tishi bilan o‘lchashlar orqali amalga oshiriladi va muayyan birliklarga taqqoslanadi. Kuzatish va tajribalarda fizik kattaliklarni aniq va to‘g‘ri o‘lchash har qanday ilmiy tekshirishning asosini tashkil qiladi. Kuzatish va tajribalar yordamida tabiatda yuz berayotgan fizik hodisalarning bog‘lanish qonunlari - fizik qonuniyatlari ochiladi va o‘rganiladi. Bu qonuniyatlarni ochish ko‘p sonli kuzatishlar, tajribalarga asoslanadi. Shu kuzatishlarda asosiy qonuniyatlarda qo‘shimcha yoki ikkinchi darajalilardan ajratib olishga harakat qilinadi va bu jarayonda maxsus ilmiy abstraksiyalardan foydalanib, hodisalarning shartli sxemasi yaratiladi. Masalan: harakatlanuvchi mashinani moddiy nuqta deb qarash kabi, shuningdek fizik qonuniyatlarni o‘rganishda bu jarayonlar birmuncha soddalashtiriladi. Fizika fani eksperimental fandir. Uning barcha xulosalari tajribalar tufayli yuzaga kelgan. Ammo ma’lum qonuniyatlarni ochishda nazariy taxminlar, modellarga ham tayanadi ya’ni jarayonni to‘la tasavvur etish uchun ma’lum bir modellarga asoslanib ish ko‘riladi va eksperimental tekshiriladi. Keyingi yillarda bunday modellar yaratish va shu asosda ilmiy xulosalar chiqarish yanada kengaymoqda. Biror fizik hodisa ruy bersa biror joyda va biror vaqtda ro‘y beradi. Shuning uchun shu joyni, vaqtni aniqlash alohida ahamiyatga ega. Joyni - koordinata sistemasini tanlab, ma’lum uzunliklar orqali uning sodir bo‘lishi o‘rni aniqlanadi. Har qanday jism muayyan o‘lchovga ega. Jismning o‘lchovlari uzunligi, yuzasi, hajmi, massasi va boshqa kattaliklar bilan aniqlanadi. Jismlarning fazodagi xossalarini aniqlashda kattalik sifatida uzunlik birligi qabul qilingan. Uzunlik birligi sifatida etalon sterjenning ikkita tamg‘asi orasidaga masofa - metr (m) olinadi. Yuza va hajm m 2 va m 3 larda o‘lchanadi. Tabiatda jismlar harakatini kuzatganda bir jism vaziyatning boshqa jism yoki jismlarga nisbatan o‘zgarishiga qarab xulosa qilinadi. Boshqacha aytganda har bir harakatda kamida ikkita jism ishtirok etadi. Shu tufayli shu jismlarning birini sanoq jismi sifatida olinadi, sanoq jismi bilan bog‘langan fazoviy sistemani tasavvur qilish mumkin. Bu sistemani o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan uchta koordinata o‘qlari orqali tasvirlansa vaziyat yanada oydinlashadi. Bu o‘qlardagi uzunlik birligi - koordinatalar deyiladi. Tajribaning ko‘rsatishicha harakat tanlangan sanoq jismga va harakat yo‘nalishiga bog‘liq emas. Mexanik harakat deb, fazodagi jism vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishiga aytiladi. Vaqt - shu jarayonning davomiyligi o‘lchovidir. Vaqt birligi qilib Quyosh sutkasining ya’ni yer o‘z o‘qi atrofida bir marta to‘la aylanishi vaqtining 86400 dan bir qismi qabul qilingan. Hozirgi vaqtda xalqaro birliklar sistemasida (XBS) uzunlik birligi - metr, vaqt birligi – sekund, massa birligi kilogram (kg) qabul qilingan. Quyosh sutkasi yil davomida bir muncha o‘zgarganligi tufayli o‘rtacha Quyosh sutkasi tushunchasidan foydalanadi. Asosiy etalon sifatida tropik yil ya’ni quyosh markazining bahorgi teng kunlik nuqtasidan ikki marta ketma-ket o‘tishi oralig‘idagi vaqt qabul qilingan edi. Lekin vaqtni bunday aniqlash juda yaxshi takrorlanuvchanlikka erishib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Shuning uchun hozirgi vaqtda halqaro kelishuviga muvofiq 1 sekund sifatida tashqi maydon bo‘lmaganda "Seziy 183" atomi asosiy holatining ikkita aniq o‘ta nozik satxlari orasidagi o‘tishga mos keluvchi elektromagnit nurlanishning 9. 192. 631. 770. ta tebranishi yuz berishi uchun ketgan vaqt oralig‘i olingan. 1 metr deb, "Kripton 86" atomi zarg‘aldoq chizig‘ining, aniqrog‘i 2r 10 5d 15 satxlari orasidagi o‘tishlarga mos keluvchi chiziqning vakuumdagi 1. 650. 763. 73. ta yorug‘lik to‘lqini uzunligiga mos keluvchi uzunlik birligi qabul qilingan. Massa birligi sifatida kg qabul qilingan. Kilogrammning prototipi platina va irridiy qotishmasidan maxsus tayyorlangan bo‘lib, fransiyaning Sevr shahrida etalonlar byurosida saqlanadi. Ta’kidlash kerakki, jismning uzunligi ham, vaqt ham, massasi nisbiy ya’ni u ham qanday sanoq sistemada o‘lchanayotganligiga bog‘liq. Nisbiylik nazariyasi tinch holatdagi l 0 uzunlikdagi sterjen harakatlangandagi 1 uzunligidan farq qilishini ko‘rsatdi. Xuddi shuningdek vaqtning o‘tishi ham, jismning massasi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bunday farq norelativik jarayonlarda ) ( Download 29.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling