Ma’ruza № kirish


Download 29.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi29.04 Kb.
#1526637
  1   2


Ma’ruza № 1. 
KIRISH 
 
Reja: 
1. Mexanika fanining ahamiyati. 
2. Mexanika fani bo’limlari. 
3. Mexanika fanida asosiy o’lchov birliklari. 
4. Mexanika fanining rivojlanish bosqichlari. 
 
Tayanch iboralar: 
Mexanika, kinematika, statistika, dinamika, fizik hodisa, fizik kattalik, fizik 
tajriba, vaqt, metr. 
 
Fizika – jonsiz tabiat qonunlarini o‘rganadigan eng asosiy fanlardan biridir. 
Olam doimiy o‘zaro ta’sirda va uzluksiz harakatda bo‘ladigan moddiy jismlar 
majmuasidan iborat. Tabiatda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar muayyan qonunlar 
asosida ro‘y byeradi. 
Hozirgi zamon fizikasi umumiy fizika fanini bir butun sifatida qarab umumiy 
fizikani bir nyecha bo‘limlar sifatida alohida o‘rganishni lozim topadi. Ular 
mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom fizikasi va yadro 
fizikasi kabilardir. 
Tabiatdagi barcha harakatlar mexanik, elektromagnit, issiqlik va boshqa 
ko‘rinishlarga ega. Materiya harakatning eng sodda ko‘rinishlari turli jismlarning 
bir-biriga nisbatan ko‘chishi va jismlar shaklining o‘zgarishidan iborat bo‘lgan 
mexanik harakatdir. 
Mexanik harakat qonunlari fizikaning birinchi bo‘limi mexanikada o‘rganiladi. 
Mexanikaning o‘zini ham maxsus uch qismga kinematika, statika va dinamika kabi 
bo‘limlarga ajratib o‘rganiladi. 
Kinematikada jismlarning harakati shu harakatni yuzaga keltiruvchi sababga 
bog‘lanmasdan qaraladi. 
Statikada jismlar muvozanati va uning qonuniyatlari tekshiriladi. 
Dinamikada jismlarning harakat qonunlari shu jismlarning harakat sabablarga 
bog‘lab o‘rganiladi. 
Fizikaning umumiy kursida mexanikani o‘rganishdan oldin ba’zi bir 
o‘rganilishi juda zarur bo‘lgan tushunchalar bilan tanishamiz.
Fizik hodisa - deganda muayyan jismlardan vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘luvchi 
qonuniy bog‘langan o‘zgarishlar majmuasi tushiniladi. Fizik hodisa yuz beruvchi 
o‘zgarishlar bevosita o‘lchashlar orqali miqdoriy baholanadi. 
Fizik tajriba - jismlarda sodir bo‘luvchi o‘zgarishlar o‘rganilayotgan fizik 
hodisaning vaqt o‘tishi bilan miqdoriy o‘zgarishlarini kuzatishlar ya’ni fizik 
tajribalar tufayli amalga oshiriladi. 
Fizik kattaliklar - fizik tekshirishlarda jismlarninig xossalarini xarakterlaydigan 
xarakteristikalardan iborat bo‘lib, ularning o‘zgarishini vaqt o‘tishi bilan o‘lchashlar 
orqali amalga oshiriladi va muayyan birliklarga taqqoslanadi. Kuzatish va 


tajribalarda fizik kattaliklarni aniq va to‘g‘ri o‘lchash har qanday ilmiy 
tekshirishning asosini tashkil qiladi. 
Kuzatish va tajribalar yordamida tabiatda yuz berayotgan fizik hodisalarning 
bog‘lanish qonunlari - fizik qonuniyatlari ochiladi va o‘rganiladi. 
Bu qonuniyatlarni ochish ko‘p sonli kuzatishlar, tajribalarga asoslanadi. Shu 
kuzatishlarda asosiy qonuniyatlarda qo‘shimcha yoki ikkinchi darajalilardan ajratib 
olishga harakat qilinadi va bu jarayonda maxsus ilmiy abstraksiyalardan foydalanib, 
hodisalarning shartli sxemasi yaratiladi. Masalan: harakatlanuvchi mashinani 
moddiy nuqta deb qarash kabi, shuningdek fizik qonuniyatlarni o‘rganishda bu 
jarayonlar birmuncha soddalashtiriladi. 
Fizika fani eksperimental fandir. Uning barcha xulosalari tajribalar tufayli 
yuzaga kelgan. Ammo ma’lum qonuniyatlarni ochishda nazariy taxminlar, 
modellarga ham tayanadi ya’ni jarayonni to‘la tasavvur etish uchun ma’lum bir 
modellarga asoslanib ish ko‘riladi va eksperimental tekshiriladi. Keyingi yillarda 
bunday modellar yaratish va shu asosda ilmiy xulosalar chiqarish yanada 
kengaymoqda. 
Biror fizik hodisa ruy bersa biror joyda va biror vaqtda ro‘y beradi. Shuning 
uchun shu joyni, vaqtni aniqlash alohida ahamiyatga ega. 
Joyni - koordinata sistemasini tanlab, ma’lum uzunliklar orqali uning sodir 
bo‘lishi o‘rni aniqlanadi. Har qanday jism muayyan o‘lchovga ega. Jismning 
o‘lchovlari uzunligi, yuzasi, hajmi, massasi va boshqa kattaliklar bilan aniqlanadi. 
Jismlarning fazodagi xossalarini aniqlashda kattalik sifatida uzunlik birligi qabul 
qilingan. Uzunlik birligi sifatida etalon sterjenning ikkita tamg‘asi orasidaga masofa 
- metr (m) olinadi. Yuza va hajm m
2
va m
3
larda o‘lchanadi. 
Tabiatda jismlar harakatini kuzatganda bir jism vaziyatning boshqa jism yoki 
jismlarga nisbatan o‘zgarishiga qarab xulosa qilinadi. Boshqacha aytganda har bir 
harakatda kamida ikkita jism ishtirok etadi. Shu tufayli shu jismlarning birini sanoq 
jismi sifatida olinadi, sanoq jismi bilan bog‘langan fazoviy sistemani tasavvur qilish 
mumkin. Bu sistemani o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan uchta koordinata o‘qlari orqali 
tasvirlansa vaziyat yanada oydinlashadi. Bu o‘qlardagi uzunlik birligi - 
koordinatalar deyiladi. 
Tajribaning ko‘rsatishicha harakat tanlangan sanoq jismga va harakat 
yo‘nalishiga bog‘liq emas. 
Mexanik harakat deb, fazodagi jism vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan 
vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishiga aytiladi. 
Vaqt - shu jarayonning davomiyligi o‘lchovidir. Vaqt birligi qilib Quyosh 
sutkasining ya’ni yer o‘z o‘qi atrofida bir marta to‘la aylanishi vaqtining 86400 dan 
bir qismi qabul qilingan. 
Hozirgi vaqtda xalqaro birliklar sistemasida (XBS) uzunlik birligi - metr, vaqt 
birligi – sekund, massa birligi kilogram (kg) qabul qilingan. Quyosh sutkasi yil 
davomida bir muncha o‘zgarganligi tufayli o‘rtacha Quyosh sutkasi tushunchasidan 
foydalanadi. Asosiy etalon sifatida tropik yil ya’ni quyosh markazining bahorgi teng 
kunlik nuqtasidan ikki marta ketma-ket o‘tishi oralig‘idagi vaqt qabul qilingan edi. 
Lekin vaqtni bunday aniqlash juda yaxshi takrorlanuvchanlikka erishib 
bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Shuning uchun hozirgi vaqtda halqaro kelishuviga muvofiq 


1 sekund sifatida tashqi maydon bo‘lmaganda "Seziy 183" atomi asosiy holatining 
ikkita aniq o‘ta nozik satxlari orasidagi o‘tishga mos keluvchi elektromagnit 
nurlanishning 9. 192. 631. 770. ta tebranishi yuz berishi uchun ketgan vaqt oralig‘i 
olingan. 
1 metr deb, "Kripton 86" atomi zarg‘aldoq chizig‘ining, aniqrog‘i 2r
10

5d
15
satxlari orasidagi o‘tishlarga mos keluvchi chiziqning vakuumdagi 1. 650. 763. 73. 
ta yorug‘lik to‘lqini uzunligiga mos keluvchi uzunlik birligi qabul qilingan. 
Massa birligi sifatida kg qabul qilingan. Kilogrammning prototipi platina va 
irridiy qotishmasidan maxsus tayyorlangan bo‘lib, fransiyaning Sevr shahrida 
etalonlar byurosida saqlanadi.
Ta’kidlash kerakki, jismning uzunligi ham, vaqt ham, massasi nisbiy ya’ni u 
ham qanday sanoq sistemada o‘lchanayotganligiga bog‘liq. Nisbiylik nazariyasi 
tinch holatdagi l
0
uzunlikdagi sterjen harakatlangandagi 1 uzunligidan farq qilishini 
ko‘rsatdi. Xuddi shuningdek vaqtning o‘tishi ham, jismning massasi ham o‘zgarishi 
mumkinligini ko‘rsatadi. Bunday farq norelativik jarayonlarda 
)
(

Download 29.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling