Ma’ruza № shaxta maydonlarini quritish. Shaxtalarda suv chiqarib tashlash. Kon lahimlarini yoritish


Download 17.03 Kb.
bet3/3
Sana02.06.2024
Hajmi17.03 Kb.
#1837864
1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza-17 (1)

Kon lahimlarini yoritish - Konlarni ishlashdagi kovlab o‘tish davrida lahim qazish joyi (zaboy) yoki lahimning o‘zi 127 V kuchlanishda ishlaydigan yoritish asboblari bilan yoritiladi. Doimiy lyuminessentli yoritish uchun 220 V liniyali yoritishga ruxsat beriladi. Qazish joyi (zaboy) tekisligi minimal yoritilishi 10 lk, asosda -15 lk bo‘lishi lozim. Bunday yoritilish lahimda 100 Vt li ko‘chma yoritish asboblari bilan, shuningdek, burg‘ulash karetalari va yuklash mashinalari yoritish chiroqlari bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qazish joyiga (zaboyga) tutashgan lahim uchastkasi va lahimning o‘zi ship bostirmasiga har 4 – 6 m da osilgan quvvati 100 Vt li yoritish asboblari bilan yoritiladi. Energiyani o‘chirish uchun har bir kovlab o‘tuvchi ko‘chma akkumulyatorli yoritish asbobi bilan jihozlangan bo‘ladi.
Quvvat uzatish tarmoqlari (127, 380 kuchlanishli va 6000 V li) kesim maydoni 95 mm2 gacha bo‘lgan zirhli kabeldan tayyorlanadi. SHuningdek, lahimda, quvvat uzatish kabellari joylashmagan lahim tomonida joylashtirish ko‘zda tutilgan 2 tadan 4 tagacha telefon va signalizatsiya kabellarini o‘rnatish ko‘zda tutiladi. Ochiq simlar izolyatorlarga yotqiziladi. Barcha kabellar Xavfsizlik qoidalariga muvofiq harakatlanuvchi tarkib tashqi o‘lchamlaridan yuqorida maxsus ilgaklarda mustahkamlanadi.
YOg‘och yoki metall bilan mahkamlangan lahimlarda kabellar brezentli tasmalarga, yog‘och kronshteynlarga va b.larga uncha qattiq mahkamlanmaslan osiladi. Ilgaklar nuqtasi o‘rtasidagi masofa uchun 3 m dan, kabellar o‘rtasida esa 5 sm dan kam bo‘lmagan masofa qabul qilinadi. Zirhli kabellarni qattiq mustahkamlash faqat mustahkamlagich bo‘lmagan, shuningdek, beton va temirbeton mustahkamlagichlar bilan mahkamlangan lahimlarda amalga oshiriladi.
Download 17.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling