Ma’ruza №1 Ajratish va konsentrlashning asosiy metodlari


Download 95.2 Kb.
bet1/9
Sana29.12.2022
Hajmi95.2 Kb.
#1072415
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ажратиш ва концентрлаш


MA’RUZA №1
Ajratish va konsentrlashning asosiy metodlari.
Analitik kimyo fani-kimyoviy moddalarni analiz qilish haqidagi fandir.
Analitik kimyo metodlarini quyidagicha bo‘lish mumkin:



Bu metodlar o‘z navbatida bir necha turga bo‘linadi. Bu haqda keyinroq to‘xtalib o‘tiladi.
Biror ob’ektdan moddani aniqlashda metodning sezgirligining kamligi, tanlab ta’sir etuvchanligi va selektivligining kamligi tufayli ajratish va konsentrlash metodining zarurati tug‘uladi.
Masalan Pb2+ va Ba2+ ionlari aralashmasini aniqlashda tanlab ta’sir etuvchn metod bo‘lmaganligi tufayli ularni bir-biridan ajratish zarur.

Shuningdek Ba2+ va Ag+ ionlarini bir-biridan ajratishda, jarayonni quyidagicha amalga oshirish mumkin:

  1. Ba2+ + Ag+ + SO42+ = BaSO4Ag2SO4 (cho‘kma 1)

  2. (cho‘kma 1) + HNO3 (kons) = BaSO4 + 2Ag+ + SO42+

Moddalar aralashmasini analiz qilishda quyidagi analitik sikln amalga oshiriladi.

  1. Namunani tanlash, ya’ni namunani analiz uchun tanlab olish:

  2. Namuna tayyorlash, ya’ni namunani analiz uchun tayyorlash:

a) quruq yoki ho‘l zolga aylantiriish:
b) kislotaliligini (рНini) keltirish:
v) so‘ngra ajratish va konsentrlash:
3) Miqdoriy aniqlash:
4) Analiz natijalarini statistik qayta hisoblash.
Ajratish va konsentrlash analitik kimyoning bir bo‘limi bo‘lib asrimizning 60-chi yillaridan shaklangan.
Ajratish va konsentrlash metodlarining asosiy tushunchalari.
Mikroelement yoki mikrokomponentning mikdoriy tarkibi S<10-2 %,bo‘lsa,uni mikroelement deb hisoblash kabul qilingan.
Makrokomponent yoki matritsa komponenti (yoki matritsa), analiz qilinayotgannamunaning asosi hisoblanadi. Ya’ni matritsa —bu asosiy komponent hisoblanadi. Smakro>>Smikro
Namuna — analiz qilinadigan aralashmaning bir qismi.
Konsentrat — bu namuna tayyorlashning hamma jarayonlaridan o‘tkazilgan(ajratish va konsetrlashni ham birga qushib hisoblaganda) namunadir.
Ajratish. Bu jarayonda yoki usulda aralashmani tashkil etuvchi moddalar bir-biridan ajratiladi. Bunda qaysi moddani qaysinisidan ajratishning ahamiyati yo‘q.
Konsentrlash. Bu jarayon yoki usulda mikroelementning konsentratdagimiqdorining uning namunadagi mikdoriga nisbatan ortishi kuzatiladi. Bundamakro —va mikroelementlarning konsentratsiyalaridagi farqi muhum ahamiyatgaegadir.
Ajratib olish. Bunda kerakli komponentlar mustaqil faza yoki uning bir qismi sifatida ajratib olinadi.
Ajratish konsentrlash bir —biri bilan uzviy borlik. Shuning uchun ularniajratish va konsentrlash metodlari deyiladi.
Konsentrlash turlari.
1.Absolyut konsentrlash.
2. Nisbiy konsentrlash
3.Individual konsentrlash
4. Gruppaviy konsentrlash
1. Absolyut konsentrlash. — Mikroelementni katta hajmdan kichik hajmga o‘tkazish. Bunda mikroelementning konsentratsiyasi oshadi.
2. Nisbiy konsentrlash. Bu usul natijasida matritsa komponenti ajratiladi va matritsaning ajaratilishi, ya’ni uning halaqit berish ta’siri yo‘kotilishi hisobiga metodning tanlab ta’sir etishi ortadi. Matritsasi ajratib olingan eritma qo‘shimcha ravishda bug‘latiladi va natijada eritma konsentrlanadi.
Masalan, germaniy elementi bilan Su, Zn, Ni- mikroelementlari (10-7%) uchraganda (bunda germaniy matritsa), namuna konsentrlangan xlorid kislotada eritiladi va haydaladi. Haydash germaniyning xloridlarining uchuvchanligiga asoslangan
Ge + 4HCI(kons) GeCI4 + 2H2
Qolgan eritma bug‘latilib Su, Zn, Ni konsentrlanadi.

  1. Individual (yoki tanlab ta’sir etuvchan) konsentrlash.

Bunda faqat bitta element ajratib olinadi yoki ketma-ket bir necha element ajratib olinadi. Masalan, geologik ob’ektlarda oltin, simob va bosh.

  1. Gruppaviy konsentrlash. Bunda bir yo‘la bir necha element ajratib olinadi va konsentrlanadi.

Gruppaviy konsentrlashda analitik kontrol soddalashadi, reaktiv sarfi kamayadi va analiz uchun sarflanadigan vaqt kamayadi.
Bu usul emission-spektral, rentgen – fluorissent, atom- absorbsion analizlar uchun, yani ko‘p elementli analiz uchun qulaydir. Masalan oqava suvlaridan Be, Cd, Bi, Pb, Hg va boshqa elementlar, ba’zi ob’ektlardan So, Mn, Mo va boshqalarni ajratib konsentrlash va miqdoriy aniqlashda.


Download 95.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling