Ma’ruza 1 Farmakologiya fanining mazmuni, tibbiyotdagi o’rni, qisqacha tarixi va maqsadlari
Yangi dori moddalarini kashf qilinishi
Download 32.6 Kb.
|
farmakologiya tashmi
Yangi dori moddalarini kashf qilinishi.
Davolash va xastalikning oldini olish xususiyatlariga ega bo’lgan moddalar dori moddalari deb ataladi. Dori moddalarini olish yo’llari, manbalari ko’p, ular yovvoyi va ekib etishtiriladigan o’simliklardan (yurak glikozidlari, narkotik analgetiklar), xayvonlarning a’zo va to’qimalaridan (gormonal moddalar, fermentlar), mikroorganizmlardan (antibiotiklar), minerallardan ( temir, kobalt, alyuminiy, ko’mir moddalari) xamda kimyoviy sintez yo’li bilan (sulfanilamidlar) olinadi. Dori moddalarini ayniqsa maqsadga muvofiq yo’naltirish yo’li bilan sintezlab olish katta axamiyatga ega. Bunda kimyogarlar va farmakologlar xamkorlikda davolash xususiyatiga ega bo’ladigan moddalarni sintezlashni oldindan rejalashtirib oladilar. Organizmning o’zida xosil bo’ladigan moddalar, masalan, bir qator gormonlar, adrenalin, noradrenalin, prostaglandinlar laboratoriyalarda xam sintez qilinadi. Sintez yo’li bilan tabiiy metabolitlarning qarama-qarshilari, ya’ni antimetabolitlar olinadi. Sintez yo’li bilan biologik faolligi aniq moddalar, masalan, barbiturat kislotani unumlari, sulfanilamidlarga kimyoviy o’zgarishlar kiritiladi. Bundan maqsad ta’siri sezilarli, kam zaxarli yangi moddalarni kashf qilishdir. Organizmdagi tabiiy metabolitlarning (tabiiy mediator atsetilxolinni ingibitorlari, monoaminoksidaza fermentini ingibitorlari) kimyoviy o’zgarishlarini o’rganish yo’li bilan xam yangi moddalar kashf qilinadi. O’simliklardan, xayvonot olamidan, mikroorganizmlardan olingan moddalar asosida xam sintez yo’li bilan yangi yarim sintetik moddalar yaratiladi. Dori moddalari tasodifiy, kutilmagan xolatda xam kashf qilinishi mumkin. Masalan, xininning aritmiyaga qarshi ta’siri tasodifan bezgak bilan og’rigan bemorni (unda aritmiya xam bo’lgan) davolashda aniqlangan. Empirik yo’l bilan yangi dori moddalarni kashf qilishda “skrining” (inglizcha elakdan o’tkazish) axamiyatga ega. Bunda olingan kimyoviy moddalarning hammasi har xil usullar bilan biologik faolligi aniqlanadi, elakdan o’tkaziladi va ulardan eng faoli tanlab olinadi. Yangi dori modda kashf qilingandan keyin u farmakologiya laboratoriyasiga, kafedrasiga tekshirish uchun topshiriladi (1 jadval). Bu erda moddaning asosiy ta’siri, ta’sir mexanizmi, joyi, ta’sir davomiyligi aniqlanadi. Dori moddalarning asosiy ta’siridan tashqari boshqa ta’sirlari, keyin nojo’ya ta’sirlari xam aniqlanadi. Dori moddaning farmakokinetikasi (surilishi, taksimlanishi, uzgarishi, organizmdan chikishi) urganiladi. Dori moddalarining zaxarliligi – o’tkir zaxarliligi – bir marta yuborilganda xamda surunkali zaxarliligi – davomli qo’llanganda aniqlanadi. Ularning teratogenligi, kansterogenligi, mutagenligi o’rganiladi. Keyin moddaning asosiy ta’siri kasallik chaqirilgan xayvonlarda o’rganiladi. Tajribalar o’tkazilganda fiziologik, biokimyoviy, biofizikaviy, morfologik va boshqa usullar qo’llaniladi. O’tkazilgan tajribalarda yangi dori moddaning ta’siri tibbiyotda qo’llanayotgan dorilardan ustun ekanligi aniqlansa, modda Sogliqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmakologiya qo’mitasiga topshiriladi. Qo’mita ekspertlari – farmakologlar, klinististlar natijalarni ko’rib chiqadilar, agar tekshirishlar tasdiqlangan qonun -qoidalarga javob bersa, bu moddani dori sifatida qo’llash mumkin bo’lsa, uni klinik sinovlardan o’tkazishga ruxsat etiladi. Modda 7-8 ta klinikadagi bemorlarda sinab ko’riladi (dori qanchalik ko’p bemorlarda sinab ko’rilsa, shunchalik ishonchli natijalar olinadi), yangi modda xozirgi kunda shu kasallikda keng qo’llanib kelingan moddaning ta’siri bilan albatta solishtiriladi. Yanada ishonchli natijalar olish uchun klinik sinovlar o’tkazilganda “platsebo” qo’llanadi, – dorining shakli, tashqi ko’rinishi, xidi, ta’mi sinovdagi moddaga o’xshash bo’ladi, faqat platseboda tekshirilayotgan moddani o’zi bo’lmaydi. “Platsebo” sinalayotgan dori modda bilan bemorlarga qo’llaniladi, bemor dorining qaysi biri “platsebo”, qaysi biri sinalayotgan dori ekanidan bexabar bo’ladi, buni faqat davolovchi shifokor biladi, ba’zi xolatlarda bundan faqat uchinchi shaxs (biror tibbiyot xodimi) xabardor bo’ladi, davolovchi shifokor xam, bemor xam “platsebo” yoki dori moddani iste’mol qilinmoqdami bilishmaydi, bunday xolat ikki marta “ko’zga ko’rinmaydigan” nazorat deb ataladi. Sinovlar natijasida statistik ma’lumot olinadi. Agar sinalgan dori modda ishonchli, uning ta’sirida bemorlar axvoli yaxshilangan bo’lsa, modda nisbatan kam zaxarli, hamma ko’rsatkichlari solishtirilgan moddadan ustunroq, iqtisod jixatidan ham foydali bo’lsa, klinik sinov natijalari yana Farmakologik qo’mitaga topshiriladi, ekspertlar olingan natijalarni ko’rib chiqishadi, yangi modda barcha qonun – qoidalarga javob bersa, uni tibbiyotda keng qo’llashga ruxsat beriladi. Keyin bu modda kim’yo – farmatsevtika sanoatiga ishlab chiqarish uchun topshiriladi, shunday mashaqqatli yo’l bilan kashf qilingan yangi modda dori sifatida tibbiyot amaliyotida o’z o’rnini oladi. Download 32.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling