Ma’ruza №1 Мavzu: Kirish. Reja


Download 74.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.06.2023
Hajmi74.59 Kb.
#1651309
  1   2
Bog'liq
Ma 1



1-modul Andozaviy texnik majmualarning zamonaviy ishlab chiqarishda tutgan 
o‘rni, turlari va ularga qo‘yiladigan talablar. 
 
Ma’ruza № 1 
Мavzu: 
Kirish. 
Reja: 
1.1 Bakalavr tayyorlashda o‘quv fanining o‘rni va ahamiyati.
1.2 Fanning maqsadi va vazifalari.  
1.3 Fan rivojining tarixi
1.4 Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida sifatli maxsulot ishlab chiqarishda 
andozaviy texnik majmualarining avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarining 
tutgan o‘rni. 
Oʻzbekiston Respublikasi koʻp tarmoqli xujaligiga ega. Turli sohalarda ishlab 
chiqarishni oshirish maqsadida sanoat mexanizmlarni mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish ahamiyatlidir. 
«Andozaviy texnik mexanizmlarining avtomatlashtirilgan elektr yuritmalari» 
fani «EEE» ixtisosligi buyicha taxsil olayotgan talabalarga oʻrgatilib, sanoat 
korxonalarida qoʻllaniladigan sanoat mexanizmlari to‘g‘risida ma’lumot beladi. 
Fanning asosiy maqsadi turli vazifani bajaruvchi texnologik mashinalarni 
harakatga keltiruvchi elektr yuritmalarning turi, tuzilmaviy sxemalari, texnikaviy 
xususiyatlari hamda koʻrsatgichlari to‘g‘risida nazariy tushunchalar va amalda 
mavjud bulgan andozaviy sxemalarni urgatish bilan belgilanadi. 
«Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi» ixtisosligi buyicha 
tahsil olayotgan talabalar fanni uzlashtirish oqibatida sanoat mexanizlarining 
avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarini aniq topshiriqqa koʻra loyihalash 
koʻnikmalariga ega boʻlishlari, mustaqil ravishda muxandislik masalalarini echishga 
imkon beradi. 
Ushbu fanni оʻkitish davomida kuyidagi vazifalar beriladi: 
- turli umumsanoat mexanizm tarkibidagi uskunalar to‘g‘risida ma’lumotni 
oʻrganish; 


- elektr yuritmaning tuzilmaviy sxemasini har qaysi elementini ishchi 
prinsipini oʻrganish; 
- mexanizmlarning texnik ekspluatatsiya va texnik xavfsizligi masalarini 
echish; 
- sanoat mexanizmlarining ishlab chiqarishdagi unumdorligini oshirish 
yullarini aniqlash koʻnikmalariga ega bulish; 
- aniq texnologik masalani echishda elektr yuritmaning imkoniyatidan toʻla 
foydalanish ; 
- umumsanoat mexanizilarini xususiyatiga koʻra elektr ta’minotiga ta’sir 
qilishini to‘g‘ri tahlil qilish. 
Fanning namunaviy va ishchi dasturiga koʻra : 
- ekskovatorlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, elektr yuritmaning tarkibiy 
qismi va boshqarish sxemasi tavsifi beriladi; 
- metall qirquvchi va prokat stanoklar boʻyicha umumiy ma’lumotlar, elektr 
yuritmalarining tuzilishi va ishlash prinsipi batafsil beriladi. 
Xalq xujaligini rivojlanishi ishlab chiqarish korxonalarining zamonaviy, yuqori 
darajada mexanizatsiyalangan va avtomatlashtirilganligi bilan belgilanadi. 
Texnologik jarayonni samarasini oshirish hamda ishlab chiqarilayotgan 
maxsulotni xajmi va sifatini oshirishda andozaviy avtomatlashtirilgan elektr 
yuritmani ahamiyati katta. Har qaysi mexanik qurilmani yaratishda uning elektr 
jixozlanishi asosiy masalalardan biri xisoblanadi. 
Bugungi kunda koʻplab bino va inshootlar koʻrilmoqda. Kotlovanlarni 
qazishda ekskovatorlar asosiy mexanizmdir.Bundan tashkari ekskovatorlar turli 
qurinishdagi er ishlarini bajaradilar. Ekskovatorlar konlarda va yirik magistral 
kanallarni qurishda ishtirok etadi.
Zamonaviy va keng tarkalgan EKG-4,6 turdagi bir chumichli ekskovator va 
ESH-25/100 turdagi ekskovator-draglayn (kadam tashlovchi) Respublikamizda kop 
uchraydi. Ekskovatorlar yuqori samra bilan ishni bajaradi va unlab-yuzlab odamlarni 
ogir mexnatdan xoli kiladi. Yuqorida aytib ketilgan (ishchi sikli kiska 


takrorlanuvchan bulgan) ekskovatorlardan tashkari uzliksiz rejimda ishlaydigan koʻp 
choʻmichli va rotorli ekskovatorlar ham ishlatiladi. 
Ekskovatorlarni harakatga keltirish uchun «dizel-generator» manbasidan 
oziqlanuvchi kop yuritmali agregat ishlatiladi.Bir chumichli ekskovator beshta 
kinematik qismdan iborat boʻlib, har biri uzining yurituvchi dvigateli (yoki bir nechta 
dvigatel) bilan jixozlangan boʻladi. 
Ishchi jarayonida hamma kinematik tugunlarni bir biriga mos holda ishlashini 
ta’minlash uchun eritmalarni bir tizimga avtomatika yordamida boglash bilan amalga 
oshiriladi.SHu sababdan har qaysi tugun uchun optimal variantda tanlangan 
vajamlangan avtomatlashtirilgan elektr yuritma butun ekskovator konstruksiyasini 
unumli ishlashini ta’minlaydi. 
Texnologik uskuna va agregatlarni yaratishda metalsozlik korxonalar oʻz 
xissasini qoʻshadi. Mashinasozlikni jadallashtirish, uning samaradorligini oshirish va 
chiqariladigan maxsulotning raqobatlasha olashini ta’minlash uchun ishlab chiqarish 
unumini va texnologik usullarning aniqligini jiddiy oshirish, shuningdek uni keng 
koʻlamda avtomatlashtirish talab etiladi. 
Xozirgi mashinasozlikda ishlab chikariladigan maxsulotlarning konstruksiyasi 
uzluksiz murakkablashib, turi ortib bormokda, ishlab chiqarish ob’ektlari tez-tez 
almashinib, ya’ni mahsulotni uzlashtirish muddatlari qisqartirilmoqda. 
Yuqorida keltirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun moslashuvchan ishlab 
chiqarish tizimlarini keng koʻlamda qoʻllanishi talab qilinadi. 
Yirik seriyalab va yalpi ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirish maxsus va agregat stanoklaridan, rotorli avtomatik liniyalardan 
tuzilgan an’anaviy avtomatik liniyalarning qullanishiga asoslangan. 
Metall kirkuvchi stanoklar bir yoki bir nechta instrument orqali metalldan 
bajarilgan maxsulotni ishlovini beradi. Texnologiyaga mos ravishda stanoklar 
kuyidagilarga ajraladi: 
a) tokarlik stanogi; 
b) randalash stanogi; 
v) uyish-parmalash stanogi; 


g) frezerlash stanogi
d) silliklash stanogi. 
Metall kirkuvchi stanoklar murakkab elektromexanik uskuna boʻlib, ularni 
harakatga keltirishda optimal komplektda yigilgan, yuqori aniqlik bilan vazifasini 
bajaruvchi, boshkarish sxemasi sodda va ishonchli bulgan avtomatlashtirilgan elektr 
yuritmani loyihalash va sozlash maqsadga muvofiq. 

Download 74.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling