Ma’ruza-1 mavzu


Download 1.5 Mb.
bet18/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1369448
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ma\'ruza

Birinchi usul: shundan iboratki, sementitlanib, so‘ngra normal temperaturagacha sovitilgan detallar, po‘lat rusumiga qarab, 850 – 900 0C gacha qizdiriladi, shu temperaturada ma’lum vaqt tutib turilgandan keyin tez sovitiladi (toblanadi). Toblangan detaldagi ichki kuchlanishlarni yo‘qotish uchun u past (150 – 170 0C) temperaturada bo‘shatiladi.
Ikkinchi usul: sementitlangan detalning mexanikaviy xossalari ayniqsa yuqori bo‘lishi talab etilgan hollarda qo‘llaniladi, Bu usulning mohiyati shundan iboratki, sementitlangan detal 850 – 900 0C gacha qizdirilib, shu temperaturada ma’lum vaqt tutib turilgandan keyin moyda sovitiladi (birinchi toblash). Birinchi toblashdan maqsad metalning sirtqi qatlamidagi sementit turini yuqotish va ichki qatlami donalarini maydalashtirishdan iborat. Detalning sirtqi qatlamida mayda ninasimon martensit hosil qilish va qoldiq austenit miqdorini kamaytirish uchun detal 760 – 800 0C gacha qizdirilib, shu temperaturada zarur vaqt tutib turilgandan keyin tez sovitiladi (ikkinchi toblash). Ikkinchi marta toblangan detal past (150 – 170 0C) temperaturada bushatiladi.
Uchinchi usul: Shunday detallar borki, ularning faqat sirtqi qatlamigina qattiq bo‘lishi talab etiladi va boshqa mexanikaviy xossalarining ahamiyati katta bo‘lmaydi. Bunday detallar sementitlangandan keyinoq, ya’ni sementitlanish temperaturasining (925 – 950 0C) ning o‘zidanoq sovitilib (toblanib), so‘ngra past (150 – 180 0C) temperaturada bo‘shatiladi. Sementitlash vaqtida yiriklashgan austenit donalari detal sovitilganda uning sirtqi qatlamida yirik martensit, ichki qatlamida esa yirik donali ferrit va perlit hosil qiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, birinchidan, detal toblanganda kam deformatsiyalanadi va ikkinchidan, jarayon arzonga tushadi.
Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling