Ma’ruza №1: Tabiiy sharoitlar. Reja


Download 0.61 Mb.
bet2/5
Sana06.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1433693
1   2   3   4   5
Bog'liq
pri 1


a) yer qazuvchi, suruvchi mashinalar va gidromexanizatsiya yordamida tuproqni surish, o‘ra va chuqurlarni to‘ldirish, tepaliklarni tekislash;
b) ochiq yoki yopiq (yashirin) shakldagi oqova suvlarni qochirish tizimini qo‘llash;
v) sug‘orish tizimini tashkil etish;
g) sizot suv sathini pasaytiruvchi drenaj tizimini qo‘llash;
d) relefning o‘zgarmasligini ta’minlovchi va boshqa maqsadlarda foydalanuvchi inshootlarni qurish (tirgak devorlar, damba va hokazolar);
e) turli xil tabiiy va sun’iy qiyaliklarni mustahkamlash.
Tabiiy sharoitlar va hududlar tavsifi.

Har bir shaharning o‘ziga xos tabiiy shart-sharoitlari mavjud. Ushbu shart-sharoitlar jihatdan yaqin bo‘lgan hududlarda ham ular bir-biriga o‘xshamaydi. SHu sababdan shaharlarning tabiiy shart-sharoitlari umumlashtirilgan holda baholanib, keyin ulardan foydalanish yo‘llari izlab ko‘riladi.

Iqlim sharoiti – shamolning yo‘nalishi, joyning past- balandligi, suv havzalariga yaqinligi, ko‘kalamzor maydonlarning mavjudligini bildiradi. Iqlim sharoiti ma’lumotlaridan foydalanib, sanoat korxonalarining aholi yashaydigan joydan qancha masofada bo‘lishini aniqlash, yo‘llarni rejalashtirish, qurilish usullarini tanlash, qor-yomg‘ir suvlarini qochirish yoki sug‘orish tizimini asoslash, muhandislik tarmoqlarini loyihalash (erning muzlash qatlamini aniqlash) kabi qator masalalarni echishda hisobga olinadi.

Turar-joylarning o‘rni shamolning asosiy yo‘nalishiga qarab tanlanadi. SHamolning asosiy yo‘nalishi “shamol guli” nomi bilan ataluvchi shakl asosida aniqlanadi. “SHamol guli” ko‘p yillik kuzatish natijasida oy, fasl va yil uchun quriladi. SHaharsozlikda shamolning asosiy yo‘nalishidan tashqari uning kuchi ham hisobga olinadi, ya’ni imoratlar shamol kuchiga bardosh berishi hisob-kitob qilinadi.

  • Turar-joylarning o‘rni shamolning asosiy yo‘nalishiga qarab tanlanadi. SHamolning asosiy yo‘nalishi “shamol guli” nomi bilan ataluvchi shakl asosida aniqlanadi. “SHamol guli” ko‘p yillik kuzatish natijasida oy, fasl va yil uchun quriladi. SHaharsozlikda shamolning asosiy yo‘nalishidan tashqari uning kuchi ham hisobga olinadi, ya’ni imoratlar shamol kuchiga bardosh berishi hisob-kitob qilinadi.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling