Ma’ruza 10. Amir temur davlatidagi madaniy va ma’naviy hayot. Reja
Download 44.89 Kb.
|
10- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- 1.Amir Temurning ilm-fan va madaniyat ahliga munosabati.
Ma’ruza 10-. AMIR TEMUR DAVLATIDAGI MADANIY VA MA’NAVIY HAYOT. Reja: 1. Amir Temurning ilm-fan va madaniyat ahliga munosabati. 2. Me’morchilik. 3. Tasviriy va amaliy san’at. 4. Amir Temur davrida minatyura. 5.Tomosha san’ati va musiqa. Tayanch so‘z va iboralar: Taraqqiyot, inqiroz, Dashti qipchoq, Temuriylar, Shayboniylar, Markazlashgan davlat, Amir Temur, «Loy jangi», Ilyosxo‘ja, Sarbardorlar, Temur davlati, harbiy yurishlar, Anqara jangi, suyurg‘ol, devonbegi, arkbegi, tarxon, «Kuch-adolatdadir», «Temur tuzuklari», Temur davri ma’naviyati. 1.Amir Temurning ilm-fan va madaniyat ahliga munosabati. Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat g‘oyat darajada rivojlandi. O‘rta Osiyoda madrasa ta’limi H asrlarda paydo bo‘lgan, ammo uning haqiqiy mukammal rivoji Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. Ba’zi manbalarda uni Sharqda oliy ta’limning asoschisi deb ataydilar. Amir Temurning harbiy, nazariy va amaliyot sohasidagi kashfiyotlarining o‘zi dorilfunundir. Ayrim mualliflarimiz Temur davrida ilm-fanning rivojida, yurishlar davrida chetdan olib kelingan ilm-fan, adabiyot namoyondalarining faoliyati bilan bog‘laydilar. Albatta bu gapda ma’lum darajada hakikat bor deb ham hisoblaylik, ammo Temurga qadar ham Turonzamin dunyoning o‘zlarining komusiy olimlari bilan lol qoladirgan edi. Ikkinchidan, Amir Temurgacha ham istilochilar ilm-fan, madaniyat, san’at o‘z yurtlariga amr qilib olib ketib, izsiz yo‘qolganlar ham bo‘lganku, masalan Chingizxon. Temur zamonasida ilm-fan, adabiyotning bark urib rivojlanish sababi quyidagiicha.: Amir Temurning o‘zi o‘kimishli,savodxon va ma’rifatparvar inson bo‘lgan. Shu sababli u ilmli, ziyoli kishilar mehnatini qadrlay bilgan. Uz ona tilidan tashqari fors va mo‘g‘ul tillarini yaxshi bilgan Amir Temur mamlakati taraqqiyotida, xalqning madaniyat va ma’naviy kamolotida ilm-fan va ma’rifatning ahamiyatini qadrlaydi. Shu bois ulug‘ amir o‘z yurtida bo‘lsin, harbiy yurishlar qilib borgan mamlakatlarida bo‘lmasin, ularning millati, irkidan qat’iy nazar, kasb-hunar egalari, ustalar, me’morlar, olimu-fuzalolar, adabiyot va san’at arboblarini juda-juda qadrlar, ular bilan doimo maslaxatlashar, ularning fikr va xulosalariga doimo kuloq solar edi. Ma’naviy-madaniy hodimlarining ishlash, yashash va ijod qilishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bu o‘rinda «Temur tuzuklari»da quyidagiilarni o‘kiymiz: Yettinchisi sayidlar, ulamoi-mashoyih, oqilu-donolar, muhaddislar, xabarchilar (tarixchilar)ni tanlagan e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini joyiga ko‘ydim. Sakkinchi toifa-hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislarni, ular saltanat qorxonasiga rivoj beruvchilardir. Ularni o‘z atrofimga to‘pladim. («Temur tuzuklari» 55-56 betlar). Amir Temo‘rni yomon ko‘rgan Ibn Arabshoh hakikatni tan olib quyidagii so‘zlarni aytgan edi:»Temur olimlarga mehribon bo‘lib, sayidu-shariflarni o‘ziga yaqin tutardi. Ulamolar va fozillarga to‘la-to‘kis izzat ko‘rsatib, ularni har qandayy kimsadan mukaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, o‘z ikromu-hurmatini unga izhor etardi. Ularga nisbatan o‘z muruvvati bisotini yoyardiki, bu muruvvati uning haybati bilan aralash edi. Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar ediki, bu bahsida insofu-himmat bo‘lardi. Temur tarix (kitob)lari, hudoning rahmati va salomi bo‘lg‘ur anbiyolar kissalarini, podshohlar siyratlarini va o‘tgan salaflar haqidagi hikoyatlarni doimo safarda ham, xatarda ham o‘kitib kunt bilan tinglar edi» (Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. 2-kitob, 71 b) Sharofuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida Amir Temurning mamlakatda adolat o‘rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqarolarning turmushini yaxshilash, yurtimizda kurilishlarni kuchaytirish, davlatimizni rivojida ilm-fan, din peshvolarining maslaxatini inobatga olganini takidlab o‘tilgan. Amir Temurning ilm-fan, ijodqor ahli uchun yaratib bergan shart-sharoiti tufayli, Samarqand dunyoning ma’rifat markazlaridan biriga aylandi. Buning natijasida Kozizoda Rumiy Turkiyaning Bursa shahridan o‘z ixtiyor bilan Samarqandga keladi. Bu bilan hamma ziyolilar Samarqandga o‘z ixtiyor bilan kelganlar degan fikrdan yiroqmiz. Temur Samarqandga olib kelgan olimlar orasida tabib Husomiddin Ibrohimshoh Kermoniy, falakiyotshunos Mavlono Ahmad kabilar bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek uning zamondoshlari, muarrixlarning xabar berishlaricha sharq mutafakkirlari, ular orqali yunon mumtoz ilmiy asarlaridan xabardor bo‘lgan. G‘iyosiddin Koshiyning yozishiga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek o‘ta zukko va juda ilmli shaxs bo‘lib, Qur’oni karimni yod bilgan, arab va fors tillarini yaxshi bilib, tafsir va hadis ilmi bobida bilimdon inson bo‘lgan. Ulug‘bek islom olamida ilk bora hukmdorlik va olimlikni birgalikda olib bordi. U Movarounnahrni musulmon olamining ilmiy markaziga aylantirishga harakat qildi. Xususan Samarqand, Buxoro, Kesh (Shahrisabz) ilm-fan markazlariga aylandi. U 1417 yil Buxoro, 1420 yili Samarqandda, 1433 yillarda G‘ijduvonda madrasalar barpo etdi. Samarqandning obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo‘lib, Go‘ri Amir, Shohizinda me’moriy majmualarini oxiriga etkazadi. Marvda ham bir qator diniy muassasalar qurdiradi. Hadisi sharifdagi ”Ilm olmakka intilmoq har bir muslim va muslima uchun ham farz, ham qarz” degan iborasi Buxoro madrasasi peshtoqiga shior sifatida o‘yib yozdirib qo‘yiladi. Xususan, u Samarqandga o‘z zamonasining yirik, taniqli olimlarini chorlashga harakat qilgan. Buyuk olimning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (Ko‘ragoniyning yangi astronomik jadvali) nomli asari diqqatga sazovordir. Bu asar 1437 yil yozib tugatilgan bo‘lsa-da, olim umrining oxiriga qadar unga yangi natijalarni kiritib borgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, enda keng muqaddima va 1018 ta yulduzlarning o‘rni berilgan. Undan tashqari Ulug‘bekning “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy asari va musiqaga bag‘ishlangan beshta risolasi ham mavjuddir. Ulug‘bekning o‘ta salohiyatli olim bo‘lganligini uning zamondoshlari G‘iyosiddin Jamshid, Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy va boshqalar ham e’tirof etganlar. Ulug‘bek davrida, shuningdek, Samarqand Sharqning madaniy markaziga aylanganligi uchun mashhur faylasuf Ali ibn Muhammad Jurjoniy, taniqli tabib Mavlono Nafis, shoir Xayoliy Buxoriy, “Yusuf va Zulayho” dostonining muallifi Durbek, qasida janrining taniqli namoyondasi o‘zbek shoiri Sakkokiy, mashhur xattot Abdurahim Xorazmiy va boshqalar Ulug‘bek homiyligi ostida Samarqandda yashab ijod qildilar. Shuningdek, Sharqning ko‘plab taniqli olim va shoirlari fuzaloi-ulamolari Samarqandga tez-tez kelib turdilar. Ulug‘bek davrida o‘ziga xos tarixnavislik maktabi ham paydo bo‘ldi. XV asrdagi taniqli tarixchilar, “Zubdat at tavorix” (Tarixlarning yuqori qismi) asarining muallifi Hofizi Abro‘, “Matla as-sadayin va majmuai al-bahrayn” (Ikki dengizning qo‘shilishi va ikki saodatli yulduzning bolqishi) asarining muallifi Abdurazzoq Samarqandiy, “Ravzat as safo” (Jannat bog‘lari) asarining muallifi Mirxond, “Habib us siyar” (Do‘stga maktub) va boshqa qator asarlarning muallifi Xondamir Ulug‘bek yaratgan madaniy sharoitda o‘sib ulg‘aydilar. Ulug‘bek davridagi madaniy markaz keyinchalik ”Ulug‘bek akademiyasi” nomini olib, dastavval mashhur fransuz yozuvchisi va olimi Volter (1694-1778) tomonidan e’tirof etilgan edi. Ajdodlarimiz tarixida 1010 yilda tuzilgan Ma’mun akademiyasidan so‘ng, Ulug‘bek akademiyasi O‘rta Osiyo tarixida ikkinchi akademiya sifatida yuzaga keldi. XV asrning zabardast o‘zbek shoirlari ichida, Navoiy Lutfiy, Durbek, Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy va boshqalarning ham nomlari ma’lum va mashhur bo‘lgan. Jumladan, Navoiydan avval eng mashhur turkigo‘y shoir Lutfiy (1366-1465) bo‘lgan. Uning o‘z vaqtida 20 dan ziyod ajoyib asarlari mavjud bo‘lib, bizgacha faqat mashhur “Gul va Navro‘z” va g‘azallar devoni etib kelgan xolos. Bu davrlarda shuningdek, Sharafiddin Ali Yazdiyning (1454 yili vafot) Temur tarixiga bag‘ishlangan, Nizomiddin Shomiydan so‘ng yozilgan bir xil nomdagi “Zafarnoma” asari yaratildi. Fors-tojik adabiyotida ayniqsa mashhur shoir va olim, Navoiyning zamondoshi hamda do‘sti Nuriddin Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) roli buyuk bo‘ldi. Jomiy va Navoiyning do‘stligi esa, tarixda xalqlarimiz ittifoqligining buyuk ramzi bo‘lib qoldi. Download 44.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling