Maruza 10. Texnologik boshqaruv obyektlarining statik va dinamik xususiyatlari. Fizik jarayonlarni boshqaruv obyektlarii sifatida. Gidromeliorativ, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari
Ko`p sig’imli rostlash ob`ektlarining o`tish xarakteristikalari
Download 68.48 Kb.
|
Maruza 10
Ko`p sig’imli rostlash ob`ektlarining o`tish xarakteristikalari. Ko`plab ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda ikki, uch va undan ko`p sig’imli ob`ektlarga duch kelinadi. Bunday ko`p sig’imli ob`ektlar ketma-ket bog’langan bir sig’imli zvenolar zanjiridan iboratdir. Masalan ikki sig’imli ob`ektga misol tariqasida haroratni rostlash ob`ekti bo`lgan burma isitgichli issiqlik almashtirgichini ko`rib chiqish mumkin. Bu ob`ekt ketma-ket ulangan ikki zvenodan iborat. Birinchi zveno bu isituvchi burmalar, ikkinchi zveno esa issiqlik almashtirgichning o`zi. Haroratni rostlashda birinchi zvenoning dinamik xossalarini issiqlik sig’imi orqali aniqlanadi, ikkinchi zvenoning xossasi esa isitilayotgan modda issiqlik sig’imi orqali baholanadi. Ko`p sig’imli ob`ektlar ham o`z-o`zini tug’irlovchi yoki astatik xossalarga ega bo`lishi mumkin. Agar ketma-ket ulangan zvenolar zanjirida birgina zveno o`z-o`zini to`g’irlash xususiyatiga ega bo`lmasa, u holda butun ob`ekt astatik ob`ekt hisoblanadi.
10.4-rasm. Ko`p sig’imli rostlash ob`ektlarining o`tish xarakteristikalari a) astatik ob`ekt b) statik ob`ekt (o`z-o`zini to`g’irovsi). Bunday ob`ektlarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ularga ta`sir berilgandan so`ng rostlanayotgan parametr sezilarli o`zgarmaydi. Bunday ob`ektlarning chiqishidagi parametrlar vaqt bo`yicha orqada qoladi. Bu orqada qolish ob`ektning kechikishi deyiladi va orqali belgilanadi. 10.5-rasm. Transport kechikishli rostlash ob`ektining o`tish xarakteristikalari. Ishlab chiqarish jarayonlarining ishlayotgan uskunalarida uzoq ta`sir etuvchi birlik pog’onali ta`sirning berilishi doim ham mumkin emas. Agar ishlab chiqarish sharoitiga ko`ra ish rejimini uzoq buzilishi mumkin bo`lmasa u holda ob`ektning dinamik xususiyatlari o`tish xarakteristikalari orqali emas, balki impuls xarakteristikalar orqali aniqlanadi. Boshlang’ich shartlar nolga teng bo`lganda kirishiga beriladigan birlik impul’s signalga ob`ektning ko`rsatadigan reaktsiyasiga impulsli xarakteristikasi deyiladi. Bir sig’imli rostlash ob`ekti o`z-o`zini to`g’irlash xususiyatiga ega bo`lmasa impul’s xarakteristika quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi (10.6- rasm, a). Bu holda ob`ektning faqat birgina parametri – tezlab ketish tezligi ni aniqlash lozim. ( agar k=1 bo`lsa). Lekin , shuning uchun , YOki , bu erda , - ta`sir impul’si egallagan yuza. O`z-o`zini to`g’irlovchi rostlash ob`ekti uchun impuls xarakteristika 11-rasm b da keltirilgan. Bu holda tezlab ketish tezligi , tezlab ketish vaqti va o`z-o`zini to`g’irlash darajasi ( uzatish koeffitsienti ) ham aniqlanadi. 10.6-rasm. Bir sig’imli rostlash ob`ektining impuls xarakteristikalari: a) o`z-o`zini to`g’irlamaydigan, b) o`z-o`zini to`g’irlaydigan. Download 68.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling