Шрифт – belgilarni o’zgartirish uchun «шрифт» tanlanadi.
Нечертание – tanlangan «шрифт»ning ko’rinishi o’zgartiriladi.
Размер – belgining o’lchami o’zgartiriladi.
Подчеркивание – belgining ostiga har xil chiziqlar chiqarish mumkin.
Цвет – belgiga rang tanlanadi.
Образец – tanlangan o’zgartirishlarni ko’rsatib turuvchi oyna.
По умолчанию – barcha o’zgartirishlardan keyin bu tugma bosilsa, tanlangan o’zgartirishlar Word dasturini qayta ishlatganda ham saqlanadi.
Jadval yaratish uchun «Вставка» menyusidagi “Таблица”dan “Вставить таблицу” buyrug'i bajariladi. Erkanda oynacha paydo bo’lib oynachada yangi jadval uchun qator va ustunlar soni ko’rsatilib “OK” tugmasi bosiladi. Matnning kursor turgan joyida yangi jadval payda bo’ladi. Jadvallarning ustun bilan qator kesishgan joyi yacheyka deyiladi. Yacheykaga matn, formula yoki grafika kiritish mumkin.
Jadvallarni taxrirlash deganda jadvalga satr, yacheka, ustun qo’shish yoki olish tashlash tushuniladi.Yaratilgan jadvalga satr, ustun qo’shish kerak yoki olib tashlash kerak bo’lsa, “Макет” menyusidan quyidagi amallar bajariladi.
Yachekalarni birlashtirish uchun, birlashtirish kerak bo’lgan yacheykalar belgilanadi va “Макет” menyusidan “объединить ячейки” buyrug’i bajariladi. Yacheykalarni bo’lish uchun “Макет” menyusidan “разделить ячейки” buyrug’i bajariladi. Bunda oynacha paydo bo’lib, yacheykalarni nechta qator va ustunga bo’lish keraklagini ko’rsatish kerak. Jadvallarni ikkita alohida jadvallarga ajratib bo’lish uchun “Макет” menyusidan “разделить таблицу” buyrug’i bajariladi. Agar kursor jadvaldagi eng ohirgi qatordagi ohirgi yacheykada turgan bo’lsa, TAB tugmasini bosish bilan ham jadvaldagi ohirgi qator davomiga yangi qator qo’shish mumkin.
Jadvalga tekstlarni xar xil yo’nalishda kiritish mumkin. Buning uchun “Макет” menyusidan “Направление текста” buyrug’dan foydalanamiz.
Turli ko’rinishdagi rangli jadvallar yaratish uchun yaratilgan jadval soha ustida sichqonchaning chap tugmasi 2 marta tezlik bilan bosiladi. Paбота стаблицами oynasi hosil bo’ladi.
Klaviaturada mavjud bo’lmagan belgilarni hujjatga joylashtirish uchun «Вставка» menyusining «Символ» buyrug’ini tanlash kerak. Bunda quyidagi muloqat oyna ochiladi.
Bu yerdagi «Шрифт» – maydonidan foydalanilayotgan shrift tanlanadi. Kerakli belgi tanlangandan so’ng «Вставить» tugmasi orqali hujjatga qo’yiladi.
Hujjatga grafikli rasm o’rnatish uchun «Вставка» menyusining Risunоk yoki Kаrtinkа buyrug’ini tanlash kerak, ekranda quyidagicha muloqat oynasi paydo bo’ladi:
Avtofiguralardan foydalanish uchun yuqoridagi «Вставка» menyusining “Фигуры” buyrug’ini tanlash kerak
Tanlangan rasmni hujjatga joylashtirish uchun “Вставить” tugmasini bosish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |