Ma’ruza №15 Oʻrash-qadoqlash mahsulotlari tendensiyalari


dunyo bo'ylab mamlakatlar o’z mahsulotlarini qadoqlash uchun ekologik


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1627425
1   2   3
Bog'liq
Safayeva-D.R

dunyo bo'ylab mamlakatlar o’z mahsulotlarini qadoqlash uchun ekologik
materiallar ishlab chiqarmoqda. 
Misol:Yevropaning "Tuproqni sev",AQSHning"Tabiiy do'stlik",Xitoyning
"Ekologik Mark" va boshqalar.




Aqlli etiketka va qadoq ham zamonaviy tendensiyalardan biridir. 
Yangi texnologiyalar sababli etiketka va qadoqlar qo’shimcha
funksiyalarga ega bo’ldi. Qadoq va etiketkalarga QR-kodlar va
turli belgilar qo’yilishi , haridorning mobil ilovalari yordamida
mahsulot haqida turli ma’lumotlar olish imkonini beradi.



Qadoq va etiketkalardagi emotsionallik ya’ni kayfiyat
berish hususiyati ham katta ahamiyatga ega. Ya’ni, qadoq
va etiketkalarning istemolchiga ta’sir ko’rsatishi, 
ilhomlantirishi, qiziqtirishi, orzularga eltishi va
kayfiyatga ijobiy ta’sir qilish hususiyatlari keyinchalik
bu mahsulotni sevimli mahsulotga aylanishiga olib
keladi.Albatta bu iqtisodiy tomondan ijobiy
ko’rsatkichlarga olib keladi.



Dizaynda ham ortiqcha detallardan voz kechish, optimal 
o’lcham, ergonomik konstruksiya – etiketka va
qadoqning minimal o’lchamlari estetik va iqtisodiy
tomondan juda qulaydir. Oddiy tipografika, bitta tasvir
va yorqin rang asosiy trendlardan biridir. Bunday dizayn
e’tibor tortuvchi zamonaviy dizayn hamdir.


Oddiy rangli politralar va bitta rangli yozuv qadoq va
etiketkalarni peshtaxtada boshqa analog mahsulotlardan
ajratib turib, e’tiborni tortadi. 


Kichik hajmdagi qadoqlar


Tabiiylikni ko’rsatuvchi va minimalizmni
ifoda etuvchi qadoqlar


Qadoq va etiketkalardagi emotsionallik ya’ni kayfiyat berish
hususiyati ham katta ahamiyatga ega. Ya’ni, qadoq va
etiketkalarning istemolchiga ta’sir ko’rsatishi, ilhomlantirishi, 
qiziqtirishi, motivatsiya beruvchi va kayfiyatga ijobiy ta’sir
qilish hususiyatlari keyinchalik bu mahsulotni sevimli
mahsulotga aylanishiga olib keladi.Albatta bu iqtisodiy
tomondan ijobiy ko’rsatkichlarga olib keladi
.



Biror bir g’oya yoki fikrni yetkazish uchun ham 
qo’llaniladigan yozuvli yoki tasvirli etiketka va
qadoqlar zamonaviy trendlarga ham aylandi. 



Yirik brendlar o’z mahsulotlarini
istemolchilarga shahslantirishga ahamiyat
berish katta iqtisodiy samaralarga olib kelishini
tavsiya etadilar.Har bir iste’molchi
mahsulotlarning maxsus u uchun ishlab-
chiqarilganlik xissi ijobiy natijalar berdi. 


Bunday jalb qiluvchi etiketka va qadoqlarga nostalgik
dizaynni ham qo’llash mumkin, albatta bu odamlarda
o’tmish xotiralar va kayfiyat uyg’otadi.



Qadoqlarning Atipik dizayni ham analog mahsulotlar orasida
ajralib turib, haridorgir hisoblanadi. Misol: Oddigina dorining
inson sog’lig’iga bosqichma-bosqich ta’sir ko’rsatishi
qadoqlardagi domino rasmlari sigfatida taqdim etilgan.
Interferesion tasvirlar shaklida qadoqlangan mahsulot ochilish
paytida harakatlanadi. 



Zamonaviy tendensiyalarga tekstil etiketkalar va taralarni
ham aytib o’tish lozim.Mahsulot dizayni bu oddiy estetika
bo’lmay, etiketkaning teksturasi va mahsulotni his etish
imkoniyati ham muhim. Buni albatta onlayn holda xis qila
olmaymiz.Shuning uchun xam etiketka va qadoqlarga
turli zamonaviy ishlovlar berish zamon talabiga aylandi. 



Odatda qadoq va etiketkalar har 5-7 yilda almashtilishi
tavsiya etiladi.Ammo o’rganilgan dizayndan mutlaqo
qochish har doim ham muvaffaqiyat olib kelmaydi. 
Shuning uchun qadoq va etiketkalar dizaynida yengil
o’zgarishlar kiritilishi ham yangilik bera oladi. Har qanday
holatda ham ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlari
“redizayn”idan qo’rmasliklari va zamon talabi sifatida
qa’bul qilishlari zarur. 



E’tiboringiz uchun
rahmat!!!!

Document Outline

  • ‎C:\Users\User\Desktop\ochiq dars\Ochiq dars.pptx‎

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling