Ma’ruza №15 Oʻrash-qadoqlash mahsulotlari tendensiyalari
dunyo bo'ylab mamlakatlar o’z mahsulotlarini qadoqlash uchun ekologik
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Safayeva-D.R
dunyo bo'ylab mamlakatlar o’z mahsulotlarini qadoqlash uchun ekologik
materiallar ishlab chiqarmoqda. Misol:Yevropaning "Tuproqni sev",AQSHning"Tabiiy do'stlik",Xitoyning "Ekologik Mark" va boshqalar. Aqlli etiketka va qadoq ham zamonaviy tendensiyalardan biridir. Yangi texnologiyalar sababli etiketka va qadoqlar qo’shimcha funksiyalarga ega bo’ldi. Qadoq va etiketkalarga QR-kodlar va turli belgilar qo’yilishi , haridorning mobil ilovalari yordamida mahsulot haqida turli ma’lumotlar olish imkonini beradi. Qadoq va etiketkalardagi emotsionallik ya’ni kayfiyat berish hususiyati ham katta ahamiyatga ega. Ya’ni, qadoq va etiketkalarning istemolchiga ta’sir ko’rsatishi, ilhomlantirishi, qiziqtirishi, orzularga eltishi va kayfiyatga ijobiy ta’sir qilish hususiyatlari keyinchalik bu mahsulotni sevimli mahsulotga aylanishiga olib keladi.Albatta bu iqtisodiy tomondan ijobiy ko’rsatkichlarga olib keladi. Dizaynda ham ortiqcha detallardan voz kechish, optimal o’lcham, ergonomik konstruksiya – etiketka va qadoqning minimal o’lchamlari estetik va iqtisodiy tomondan juda qulaydir. Oddiy tipografika, bitta tasvir va yorqin rang asosiy trendlardan biridir. Bunday dizayn e’tibor tortuvchi zamonaviy dizayn hamdir. Oddiy rangli politralar va bitta rangli yozuv qadoq va etiketkalarni peshtaxtada boshqa analog mahsulotlardan ajratib turib, e’tiborni tortadi. Kichik hajmdagi qadoqlar Tabiiylikni ko’rsatuvchi va minimalizmni ifoda etuvchi qadoqlar Qadoq va etiketkalardagi emotsionallik ya’ni kayfiyat berish hususiyati ham katta ahamiyatga ega. Ya’ni, qadoq va etiketkalarning istemolchiga ta’sir ko’rsatishi, ilhomlantirishi, qiziqtirishi, motivatsiya beruvchi va kayfiyatga ijobiy ta’sir qilish hususiyatlari keyinchalik bu mahsulotni sevimli mahsulotga aylanishiga olib keladi.Albatta bu iqtisodiy tomondan ijobiy ko’rsatkichlarga olib keladi . Biror bir g’oya yoki fikrni yetkazish uchun ham qo’llaniladigan yozuvli yoki tasvirli etiketka va qadoqlar zamonaviy trendlarga ham aylandi. Yirik brendlar o’z mahsulotlarini istemolchilarga shahslantirishga ahamiyat berish katta iqtisodiy samaralarga olib kelishini tavsiya etadilar.Har bir iste’molchi mahsulotlarning maxsus u uchun ishlab- chiqarilganlik xissi ijobiy natijalar berdi. Bunday jalb qiluvchi etiketka va qadoqlarga nostalgik dizaynni ham qo’llash mumkin, albatta bu odamlarda o’tmish xotiralar va kayfiyat uyg’otadi. Qadoqlarning Atipik dizayni ham analog mahsulotlar orasida ajralib turib, haridorgir hisoblanadi. Misol: Oddigina dorining inson sog’lig’iga bosqichma-bosqich ta’sir ko’rsatishi qadoqlardagi domino rasmlari sigfatida taqdim etilgan. Interferesion tasvirlar shaklida qadoqlangan mahsulot ochilish paytida harakatlanadi. Zamonaviy tendensiyalarga tekstil etiketkalar va taralarni ham aytib o’tish lozim.Mahsulot dizayni bu oddiy estetika bo’lmay, etiketkaning teksturasi va mahsulotni his etish imkoniyati ham muhim. Buni albatta onlayn holda xis qila olmaymiz.Shuning uchun xam etiketka va qadoqlarga turli zamonaviy ishlovlar berish zamon talabiga aylandi. Odatda qadoq va etiketkalar har 5-7 yilda almashtilishi tavsiya etiladi.Ammo o’rganilgan dizayndan mutlaqo qochish har doim ham muvaffaqiyat olib kelmaydi. Shuning uchun qadoq va etiketkalar dizaynida yengil o’zgarishlar kiritilishi ham yangilik bera oladi. Har qanday holatda ham ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlari “redizayn”idan qo’rmasliklari va zamon talabi sifatida qa’bul qilishlari zarur. E’tiboringiz uchun rahmat!!!! Document Outline
Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling